Kalibrlar o’lchamlarini aniqlash. Kalibr joizligi. Kalibrlarga qo’yilgan talablar, afzallik va kamchiliklari
Kalibrlarning o’lchamlari va tayyorlash joizligi detalning joizligiga bog’liqdir. Hamma kalibrlarning og’ishlari mahsulot nominal o’lchamidan emas balki chekka o’lchamlariga nisbatan beriladi, ya’ni chegaralariga nisbatan olinadi. Ya’ni kalibrlar uchun nominal o’lcham bo’lib nazorat qilinayotgan detalning chekka o’lchamlar hisoblanadi. GOST 24853-81 yoki ST SEV 157-75 500 mm gacha bo’lgan teshiklar va vallar o’lchamlari nazorati uchun silliq kalibrlar joizliklari tizimini belgilaydi.
Shu standartlarda joizliklar lotin harflarida belgilanib, N– ishchi kalibr tiqinlar uchun (NS–shu kalibrlar, lekin sferik o’lchovli sirtlar uchun); N1–vallarni nazorat qilish ishchi kalibr-changaklar uchun; N–vallarni nazorat qilish nazorat kalibr-changaklar uchun.
6, 8 va 10 kvalitetlarda changaklar uchun N1 joizliklar taxminan 50% ga tiqinlar joizliklari N dan ko'p, chunki changaklarni tayyorlash ancha murakkabdir. 7, 11 va undan qo'pol kvalitetlarda N va N1 joizliklari teng, nazorat kalibrlar Nr joizliklari bir xildir.
Nazorat savollari
Shtangen asbob deb qanday asboblarga aytiladi?
Nonius bo’yicha hisoblash prinsipi nima?
Shtangensirkul, shtangenchuquro’lchagich, shtangenreysmuslar nima?
Shtangen asbob bilan o’lchagandagi xatolik va bu o’lchash xatoliklarining manbalari?
Mikrometr nima? Uning ishlash prinsipi, ko’rsatilishining o’qilishi qanday?
Mikrometrik chuquro’lchagich, mikrometrik icho’lchagich nima? Ular bilan ishlash prinsipi.Tuzilishlari va ularni o’lchash uchun sozlash.
Soat tipidagi indikator nima? Uning prinsipial sxemasi?
Indikatorli icho’lchagich nima? Uning ishlash prinsipi va qo’llanish sohalari?
Soat tipidagi indikator va indikatorli icho’lchagichlar bilan o’lchash uchun qanday sozlash kerak? Ular bilan qanday o’lchamlarni o’lchash mumkin va mumkin emas?
Do'stlaringiz bilan baham: |