Reja: Oldindan zo’riqtirish usullari Taranglashtiriluvchi armatura elementlarining tuzilishi Armaturani taranglashtirishning mexanik usul
Armaturani taranglashtirishning elektrotermik usuli
Download 59.98 Kb.
|
TB8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Armaturani taranglashtirishning elektrotermomexanik usuli
- Mustaxkamlash uchun savollar.
Armaturani taranglashtirishning elektrotermik usuli
Armaturani taranglashtirishning elektrotermik usulining mohiyati shundaki armatura sterjeni elektr toki yordamida qizdirilib kerakli uzunlikkacha cho’ziladi va qoliplardagi yoki qolip tagidagi qattiq tirgaklarga maxkamlanadi. Ular esa sterjenlarni sovishi natijasida qisqarishiga qarshilik ko’rsatadi. Buning natijasida armaturada oldindan zo’riqish hosil bo’ladi va armatura bo’shatilgandan so’ng kuch konstruksiya betoniga uzatiladi va uni siqadi. Elektrotermik taranglashtirish uchun mo’ljallangan armatura sterjenlarining uchlarida tayanch yuzalari o’rtasidagi masofa qolipdagi tirgaklarning tashqi chegaralari orasidagi masofadan zarur darajada kichik bo’lgan o’lchamda ankerlar o’rnatiladi. Sterjenlarning elektrotermik usulda qizdirish ularni qizdirilgan xolda tirgaklarga bemalol o’rnatish imkonini berishi kerak. Armaturani taranglashtirishning elektrotermomexanik usuli Armaturani taranglashtirishning elektrotermomexanik usulining mohiyati shundaki elektr toki yordamida qizdirilgan armatura simi yoki arqoni statsionar yoki o’zi yuruvchi armaturani uzluksiz ma’lum mexanik kuch yordamida stend yoki qolipdagi tirgaklarga tortib o’raydilar. Uzluksiz o’rash davrida elektr tokidan maksimal ravishda foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu vaqtda tortish uchun mexanik kuchning sarfi kam talab etiladi. Elektr toki yordamida armaturani qizdirish harorati 3500S dan yuqori bo’lmasligi kerak. O’zi yuradigan o’rovchi mashinadan foydalanilganda ham uzluksiz armaturalashning sxemasi xuddi shunday. Bu xolda qolip yoki stend qo’zg’almas xolda bo’ladi. Ularning bo’yi bo’yicha mashina yuradi; bir vaqtning o’zida uning yo’nalishiga perpendikulyar yo’nalishda karetka yuradi. Armatura simini o’rash ana shunday usul bilan amalga oshiriladi. O’rovchi mashina avtomatik ravishda armatura simini o’rashni boshlash va tugatish vaqtida uni maxkamlaydi va kesadi. Temir-beton konstruksiyalarni uzluksiz armaturalash ko’p mehnatni talab etadigan armatura ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini beradi. Temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda uzluksiz armaturalash usulidan quyidagi ikki turdagi oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda foydalanish mumkin: a) armaturaning xamma qismi tayyorlanadigan konstruksiyaning ichida joylashadi va po’lat sim yoki arqon maxsus po’lat vtulkalar atrofidan aylantirib o’tkaziladigan ichki ankerli konstruksiyalar; b) tashqi vaqtinchalik anker-tirgakli bo’lib, po’lat sim yoki arqon ular atrofidan aylantirib o’tkazilib tortiladi va po’lat sim yoki arqon beton qotgunaga qadar ana shu anker-tirgaklarga tortilgan xolda turadi. Beton qotgandan keyin tashqi chiqib turgan ilmoq kesilgandan so’ng beton ichida xar xil yo’nalishda ankerlangan to’g’ri chiziqli armaturagina qoladi. Birinchi xolda armatura chiqindisi bo’lmaydi va ikkinchisida esa xalqalarni kesish oqibatida armaturaning kalta bo’laklari hosil bo’ladi. Zavod sharoitida oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarishda tashqi tirgaklardan foydalanish keng tarqalgan. Inshoot elementlarini bir biriga ulash maqsadida armatura xalqalarini xam hosil qilish zarur. Mustaxkamlash uchun savollar. 1.Oldindan taranglashtiriluvchi armaturaning qanday elementlarini bilasiz? 2.Anker deb nimaga aytiladi? 3.Ankerlarning qanday turlarini bilasiz? 4.Taranglashtiriluvchi armaturalar qanday usullar bilan ulanishi mumkin? Download 59.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling