Reja: Oldindan zoriqtirishning mohiyati


Oldindan zoriqtirish usullari


Download 290.69 Kb.
bet2/2
Sana08.11.2023
Hajmi290.69 Kb.
#1754658
1   2
Bog'liq
korxonadan xalq uchun

Oldindan zoriqtirish usullari


Oldindan zo‘riqtirilgan temir beton konstruksiyalar ikki usul bilan amalga oshiriladi:
  • konstruksiya armaturasi betonlashdan avval tayanchlarga mahkamlab taranglash yoli bilan (1rasm);
  • konstruksiya armaturasi beton yoki kam armaturalangan temir beton konstruksiyasi tanasida qoldirilgan kanallardan o‘tkazib beton tanasiga tortib taranglash yoli bilan.

1-rasm. Konstruksiyani oldindan zoriqtirish usullari.
  • armaturani tayanchlarga mahkamlab cho‘zish; I armatura tayanchlardan bo‘shatilguncha; II armatura tayanchlardan bo‘shatilgandan keyin;
  • armaturani betonga mahkamlab cho‘zish: III armatura betonga tortib cho‘zilguncha; IV armatura cho‘zilgandan keyin:1tayanch; 2domkrat; 3anker

Armaturani taranglash uchun konstruksiya turiga, qo‘llanilayotgan armaturaning turiga, oldindan zoriqtirishi uchun qo‘llaniladigan moslamalarning turiga qarab iqtisodiy jihatdan eng samarali bo‘lgan usul tanlanadi. Armaturalarni tayanchlarga tortib taranglashtirish usuli bilan asosan olchami katta bo‘lmagan oldindan zo‘riqtiriladigan konstruksiyalar tayyorlanadi. Bu usulda konstruksiya armaturasining bir uchi birinchi tayanchga mahkamlanadi, ikkinchi uchidan cho‘zib, armaturadagi kuchlanish ma’lum miqdorga yetgandan keyin, ikkinchi tayanchga mahkamlanadi. Qolibga qo‘shimcha ravishda ko‘ndalang va konstruktiv armaturalar joylashtirilgandan keyin qolib beton bilan to‘ldiriladi va beton zichlashtiriladi. Betonning mustahkamlikka ma’lum bir miqdorga yetgandan keyin armatura tayanchlardan bo‘shatiladi. Tayanchlardan bo’shatilgan oldindan cho‘zilgan armatura dastlabki holatiga qaytishga harakat qiladi.
Armatura bilan beton bir–biriga yaxshi bog‘langanligi sababli armaturaning qisqarishiga beton qarshilik ko‘rsatadi. Natijada armatura betonni qisa boshlaydi va betonda siquvchi kuchlanishlar hosil bo‘ladi.
Armaturani betonga tortish usuli ancha mehnat sarf qilishni talab etadi. Bu usul, asosan, tayanch orqali tortishni bajarib bo‘lmaydigan holatlardagina qo‘llaniladi. Konstruksiyalarni zoriqtirishning bu usulida armaturalar oldindan tayyorlangan beton yoki kam miqdorda armaturalangan temir beton tanasida qoldirilgan kanallardan o‘tkazilib cho‘ziladi. Armaturaning bir uchi maxsus ankerlar yordamida betonga mahkamlanib, ikkinchi uchidan cho‘ziladi. Armaturadagi kuchlanish ma’lum bir miqdorga yetgandan keyin armaturaning ikkinchi uchi ham ankerlar yordamida betonga mahkamlanadi. Armaturani cho‘zilish jarayonida beton siqiladi va betonda siquvchi kuchlanishlar hosil bo‘ladi.
Oldindan zoriqtirilgan konstruksiyalarning chetlarida ornatiladigan maxsus ankerlar zoriqtiruvchi kuchlarni uzatishni taminlashi uchun ishonchli bolishi kerak. Konstruksiyalarning taranglashtirilgan boylama armaturalar joylashgan sathlarida boylama yoriqlar paydo bolmasligi uchun konstruksiyalarning chetlari zoriqishni uzatish uchastkalarida qoshimcha ravishda payvandlangan kondalang armaturali torlar yoki spiral shaklidagi armaturalar Bilan jihozlanishi talab etiladi.
Bir necha simlardan toqilgan arqonlar qatoridan tashkil topgan baquvvat armatura toplami «stakan» tipidagi ankerlar bilan mustahkamlanadi. Armatura polatining turiga qarab, chozish usuli va boshqa bazi–bir omillarga qarab oldindan zoriqtirish usuli tanlanadi. Armaturani oldindan taranglashda beriladigan kuchlanish miqdori qancha katta bolsa, konstruksiya ishiga ijobiy tasiri shuncha yuqori boladi. Biroq, armaturani taranglashdan hosil boladigan kuchdan betondagi siquvchi kuchlanishlar miqdori chegaralanadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan temir beton konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash usullarini; temir beton konstruksiyalarni chegaraviy xolatlar usulida hisoblashning asosiy qoidalarini; armaturani taranglash usullarini va konstruksiyalarni armaturalash texnologiyasini; konstruksiyalarga tasir etuvchi yuklarni aniqlash va ularning kesimlarini tanlash malakalariga ega bolishi kerak.
XULOSA
  • A.M. Neville. Properties of concrete. 5 th edition. TA439.N48.2011.
  • Akramov X A., Usmonov, V F. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari. Darslik. Ozbekiston T. 2018.
  • Akramov X.A., Toxirov J.O. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalarini tayyorlash. Arxitektura qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. T. 2018.
  • Akramov X.A. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari. O’quv qollanma. Lotin imlosida. Arxitektura qurilish innovatsiya va integratsiya markazi.T. 2014.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 290.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling