Bu qarama - qarshiliklar ob’ektiv yoki sub’ektiv harakterga ega bo‘lishi mumkin. Tarbiya jarayonida ular sub‘ektivlikdan ob‘ektivlikka o’tishi yoki aksincha bo’lishi ham mumkin. Masalan, ota-onalarning axloqiy madaniyat darajasi sub‘ektiv faktor hisoblansa ham u bola uchun ob‘ektivlik harakteriga ega, chunki ota bilan onani tanlab olish mumkin emas.
Sub’ektiv qarama - qarshiliklar ham, ob‘ektiv qarama-qarshiliklar ham jiddiylashib, nizolar chiqishiga olib kelishi mumkin. Burch bilan istak o’rtasidagi, zarurat bilan erkinlik o‗rtasidagi ob‘ektiv qarama - qarshiliklar natijasida yuzaga keladigan nizolarni, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, ko‗pincha, rivojlanish usuliga aylanadi. Bunday konfliktlarni ijobiy hal qilish natijasida shaxs o’z tajribasida jamiyat o’rtaga qo‗yayotgan axloqiy talaablarni jamoatchilik va o‗qituvchi ta‘sirida anglab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |