Reja: O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi
Download 118.5 Kb.
|
PM 5-8 amal m (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi
- 2. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish
8-Amaliy: O’QITUVCHINING KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ASOSIDAGI FAOLIYATI REJA:1. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi2. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish3. O‘qituvchining “axborot madaniyati” tushunchasini o‘zlashtirishi 1. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishiO‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun, avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji yo‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. O‘quvchilarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan didaktik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin. O‘QUVCHILAR BILIMINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ORQALI O‘QITUVCHI TOMONIDAN NAZORAT QILISHNING ASOSIY VOSITALARI: nazorat funksiyasi; o‘qitish; tashxis qilish; bashorat etuvchi; rivojlantiruvchi; yo‘naltiruvchi vazifa; tarbiya qilish. Tashxis va monitoringni ta’limda joriy etishda mavjud metodologiyani qo‘llash orqali axborotli o‘qitish muhitining tashxisiy vazifasini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. 2. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirishO‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘lib, ushbu modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda.. Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo‘ldi? Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin. Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri –axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini tizimli integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib, o‘quv jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yangilash, kompyuterlashgan muhitda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati va o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. O‘quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o‘zgartiradi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasbga aylantiradi. Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan: - o‘quv kurslari dizayneri – o‘quv kurslarining yaratuvchisi; - fasiliteytor – o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi; - tyutor–o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha mutaxassis; invigilator – ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni talab etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Bunday ta’limda o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida o‘qituvchilarning yangicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish talab qilinadi. Masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda dastlab: - kurslarning maqsadi; - maqsadga erishish yo‘llari; - o‘quv materiallarini taqdim etish usullari; - o‘qitish metodlari; - o‘quv topshiriqlarining turlari; - muhokamalar uchun savollar; - munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari; - o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim. Download 118.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling