Reja: O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi


Download 118.5 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1517029
  1   2   3   4
Bog'liq
PM 5-8 amal m (1)


8-Amaliy: O’QITUVCHINING KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ASOSIDAGI FAOLIYATI


REJA:

1. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi

2. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish


3. O‘qituvchining “axborot madaniyati” tushunchasini o‘zlashtirishi

1. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi


O‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun, avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida o‘qi­tishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maq­sadga erishishning iloji yo‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. O‘quv­chilarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli me­zonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga za­mo­naviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan didak­tik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin.
O‘QUVCHILAR BILIMINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ORQALI O‘QITUVCHI TOMONIDAN NAZORAT QILISHNING ASOSIY VOSITALARI:

nazorat funksiyasi;

o‘qitish;

tashxis qilish;

bashorat etuvchi;

rivojlantiruvchi;

yo‘naltiruvchi vazifa;

tarbiya qilish.

Tashxis va monitoringni ta’limda joriy etishda mavjud metodolo­giyani qo‘llash orqali axborotli o‘qitish muhitining tashxisiy vazifasini aniq­lash imkoniyati tug‘iladi.


2. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish


O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommu­nikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘lib, ushbu modelni ama­li­­yot­ga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘­­liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tar­moqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texno­logiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda..
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati pay­do bo‘ldi? Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qola­yotganligini ta’kidlash mumkin.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamo­naviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri –axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini tizimli integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib, o‘quv jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yan­gi­lash, kompyuterlashgan muhitda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati va o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu, o‘z nav­batida, o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yonda­shuv­larini talab etadi. O‘quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy eti­lishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o‘zgartiradi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasb­ga aylantiradi.
Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan:
- o‘quv kurslari dizayneri – o‘quv kurslarining yaratuvchisi;
- fasiliteytor – o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi;
- tyutor–o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha muta­xas­si­s;

  • invigilator ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha

mutaxassis bo‘lishni talab etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangi­cha tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Bunday ta’limda o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida o‘qituvchilarning yangicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish talab qilinadi. Masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda dastlab:
- kurslarning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling