Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet13/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Turg‘un bobom


Keng bepoyon vodiylarni, Ko‘rkam yoz bezar,
Tun qo‘ynida Turg‘un bobom, Dalani kezar.
Qo‘lidagi katta ketmon, YArqirab kunda, Egatlarga shildiratib, Suv quyar tunda.
O‘zi juda ishga chaqqon, Taniqli suvchi,
Uni sevar har dehqon, Har bir o‘quvchi.
Zilol suvlar paxtazorda, Shildirab oqar,
Gullayotgan ko‘m-ko‘k g‘o‘za, Bobomga boqar.
Matematika fanini ham ekologik tarbiyaga misol qilib olsak bo‘ladi. 4-sinf darsligida: «Hajmlarni o‘lchash» mavzusida O‘quvchilar bo‘yi 40 metr, eni bo‘yidan 10 metr qisqa maydonda bog‘ barpo etishdi. Bog‘ maydonining yuzini toping. Bog‘ atrofini qanday uzunlikdagi devor bilan o‘rash kerak?
Shu kabi odobnoma darsida ham ekologik tarbiya yuzasidan matnlar, darslar berilgan. 3-sinfda «Ona tabiat – go’zallik manbai» nomli uch soatlik bo‘lim berilgan bo‘lib, bular:
"Gullar rangni qaydan olar", " Qanotli me’morlar", "Tabiatni asrash odobi" nomli mavzulardir. O‘qituvchi bu mavzularni o‘tayotganda, tabiat haqida, ekologik tarbiya haqida ma’lumot beradi.
Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Estetik tarbiya o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalasini o‘z ichiga oladi. Estetik tarbiya bo‘yicha asosiy fan musiqa bo‘lib, rasm ya’ni tasviriy san’at bo‘lib, jismoniy tarbiya, mehnat, o‘qish, ona tili uni to‘ldirib mustahkamlab boradi.
Masalan: tasviriy san’at darsida did, ya’ni estetik did bilan rasm chizadi va estetik mulohaza bilan yondashadi.
Mehnat darsida ham bola estetik tarbiya orqali yondoshadi.
Masalan, qizlar kashta tikishni estetik did bilan tikadilar yoki dasturxon tuzatayotganda yoki kiyim tikayotganda.
Estetik tarbiyaga misol qilib jismoniy tarbiya darsini olsak, asosiy mashqlardan biri: tik turgan holda yurish va bayroqchalar bilan mashq qilish darsning maqsadi bo‘lsa, bu holatni bajarayotganda estetik mulohaza bilan, oyoq uchida asta-sekin ko‘tarilib, bayroqchalarni yon tomonlarga va keyin yuqori tomonga ko‘tarib estetik qiziqish bilan bajaradilar.
Yuqoridagi misollarni ko‘rib shuni aytish mumkinki, demak fanlararo integratsiya mavjud, ya’ni fanlararo uzviylik, bog‘liqlik mavjud.
Chunki, biror fanning maqsadi, ya’ni bolalardagi nutq o‘stirish, ahloqiy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya barcha fanlarda o‘z aksini topgan.

Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling