Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
4. Interfaol ta’limda dars jarayonini loyihalash (4-guruh uchun matn)
Dars jarayonini loyihalashda o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlash, ya’ni metodlarni darsning vazifalari va mazmuniga mosligi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. O‘qituvchi darsning loyihasini ishlab chiqishda quyidagi topshiriqlarni ketma-ket bir butunlikda amalga oshirishi kerak. bosqich: O‘qituvchi dastur, darslik, metodik qo‘llanma va sinf o‘quvchilarining umumiy tavsifi bilan tanishib chiqishi lozim. bosqich: Darsning asosiy vazifalari majmuasini: o‘qitish, ta’limiy maqsad, tarbiyaviy maqsad va rivojlantiruvchi maqsadlarni va vazifalarini belgilash. bosqich: Darsning asosiy bosqichlarini to‘g‘ri, aniq va izchillikda joylashtirish. bosqich: Darsning har bir bosqichi mazmunidagi asosiy o‘rinli ajratib olish. bosqich: Darsning har bir qismi uchun o‘qitish metodlarini, vositalarini, texnologiyalarni tanlash. bosqich: Darsning har bir qismi uchun o‘qitishning yetakchi; umumsinfiy, kichik guruh va individual shaklini tanlab olish. bosqich: Bo‘sh o‘zlashtiruvchi va tayyorgarligi kuchli bo‘lgan o‘quvchilar uchun tafovutlangan mashq va vazifalarni tanlash. bosqich: Tegishli sinf o‘quvchilari uchun vaqt meyorlariga muvofiq uy vazifasining maqbul hajmini tanlash. Interfaol ta’lim jarayonida kichik guruhlarda ishlashMuammoli ta’lim jarayonida kichik guruhlar ishini tashkil etish uchun o‘qituvchi quyidagilarni yaxshi tushunib olishi lozim: O‘quvchining individual harakatlari bilan jamoa bo‘lib ishlagandagi harakatlari nimasi bilan farqlanadi? Kichik guruhlarning birgalikdagi ishidan qanday natijalarni kutish mumkin? Guruhning hamfikrlilar jamoasiga aylanishi uchun nimalar qilish kerak? Kichik guruh va uning tarkibiga kiruvchi o‘quvchining ishini qanday baholash kerak? Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling