Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
qadam. Kichik guruhlar qo‘shni guruhlar masalasi yechimini oxirigacha
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
qadam. Kichik guruhlar qo‘shni guruhlar masalasi yechimini oxirigacha yetkazishga o‘tish. har bir kichik guruh o‘z g‘oyalarini yozgan katta varaqni olmasdan doira bo‘ylab siljiydi. Variant sifatida guruh siljishi o‘rniga doira bo‘ylab ishlangan g‘oyalar yozilgan katta varaqni uzatish mumkin.
qadam. qo‘shni masalasi yechimini oxirigacha yetkazish. har bir kichik guruh varaqqa yozilgan qo‘shni guruh g‘oyalarini o‘rganadi; savol belgisi bilan rozi bo‘lmaganlarni belgilaydi; qo‘shni masalasi yechimi bo‘yicha o‘z g‘oyalarini yozadi. 5 minutdan keyin guruhlar doira bo‘ylab keyingi kichik guruhga o‘tib, yana joylari bilan almashadi. Siljishlar soni kichik guruh.lar (qo‘yilgan masalalar) soniga teng. qadam. O‘z masalasiga qaytish. Masaladan masalaga doira bo‘yicha o‘tishlar har bir kichik guruh o‘zining dastlabki masalasiga qaytish bilan tugallanadi. qadam. Taqdimot va ish natijalari muhokamasi. har bir guruh navbat bilan o‘zlarining qog‘oz varaqlarida yig‘ilgan natajalar g‘oyalarni tushuntirish va sharhlar bilan taqdim etadi. Boshqa guruhlar ular taqdimot qilayotgan guruh varag‘.iga yozgan g‘oyalarini tushuntiradilar va sharhlaydilar. Zarur hollarda g‘oyalar umumiy guruhda muhokama qilinishi mumkin. Masalan: 7-sinf O‘zbekiston tarixi fanidan “Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusini o‘rganish jarayonida ushbu metoddan foydalanish uchun o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. guruhga “Somoniylar davrida qishloq xo‘jaligining taraqqiyoti”,guruhga “Chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishidagi o‘ziga xoslikni aniqlash”, guruhga “Somoniylar davrida konchilikning rivojlantirilish sabablarini aniqlash”,guruhga “Ichki va tashqi savdo sohasidagi muvaffaqiyatlarni o‘rganish” masalalari topshiriladi. Guruh ishi tashkil etilgach, belgilangan vaqt ichida har bir guruh o‘z masalasini muhokama qilib, fikrlarni qog‘ozga tushiradilar. Vaqt tugagach, guruhlar o‘z qog‘ozlarini shu joyda qoldirib, soat strelkasi bo‘ylab qo‘shni guruhni o‘rniga siljiydilar va o‘sha guruhni masalasini muhokama qilib, o‘z fikrlarini yozadilar. Bu toki guruh o‘zining ish joyiga qaytib kelguncha davom etadi. Barcha guruhlar o‘z joyiga qaytgach, taqdimot o‘tkaziladi. Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling