Bumerang texnologiyasi – o‘quvchi (talaba)larni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyot, materiallar bilan ishlash, o‘rganilgan materiallarni saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi (talaba)larni baholay olishga qaratilgan.
Mazkur texnologik mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan.
U turli mazmun va xarakter (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashga imkoniyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash mantiqiy shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur interfaol usul ta’lim bilan bir qancha tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
jamoa bilan ishlash mahorati;
muomalalik;
ko‘nikuvchanlik;
o‘zgalar fikriga hurmat;
faollik;
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
ishga ijodiy yondashish;
o‘z faoliyatini samarali bo‘lishiga qiziqish;
o‘zini xolis baholash.
Tarmoqlar (klaster) interfaol texnologiyasi
«Tarmoqlar» interfaol metodi – o‘quvchi (talaba)ni mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan.
Fikrlashning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchi (talaba)larning bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushunchaga yoki aniq fikrni erkin va aniq ravishda ma’lum ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlanishlariga o‘rgatadi.
Mazkur interfaol metod bilan bir mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilish mumkin. SHuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchi (talaba)larni ushbu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |