Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet75/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni:
    • Tashkil etish


    • Hamkorlikda ish olib borish
    • Takomillashtirish


    • Tahlil qilish
    • Qiyoslash


    • Umumlashtirish
    • Xulosa chiqarish


    • Boshqarishni nazorat etish
    • Baholash kabilarni o‘z ichiga oladi.


Dars jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan bevosita, jamoa, guruhlarda individual shakllar asosida ish yuritadi. Bunda quyidagi uslub va texnologiyalardan foydalanadi:
  1. Algortmlash (tayanch komponentlar, tayanch chizma, diagrammalar, qisqa axborotli tezislar).


  2. Ijodiy topshiriqlar echish.
  3. Modellashtirish (tahlil etish, muammoli savollar, mantiqiy tahlillar, qiyosiy taqqoslashlar).


  4. Aqliy xujumlar.
  5. Sintetik (analoglar yordamida) echimlar.


  6. Nutq o‘stiruvchi darslar tizimi.

Evristik suhbatlar (quyi sinflarda yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan bilim berish, yuqori sinflarda: topqirlik, ziyraklik, faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim usullari).


Interfaol metodlarni qo‘llashga yondashgan o‘qitish jarayoni guruhdagi barcha o‘quvchilarning anglash va fikrlash, jarayonda ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Hamkorlikdagi faoliyatda ishtirokchilarning barchasi ish jarayoniga o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shadi, ish jarayonida bilimlar, g‘oyalar, faoliyat metodlari bilan almashinish ro‘y beradi. Individual, juftlikdagi va guruhdagi ish tashkil etiladi, proekt ishi, rolli o‘yin qo‘llaniladi, turli ma’lumot manbai va hujjatlar bilan ishlanadi.
SHu o‘rinda Xitoy Halq maqolini keltirishni lozim deb topdik: «Menga gapirsang, esdan chiqaraman, menga ko‘rsatsang, eslab qolishim mumkin, menga o‘zimga ishlashga imkoniyat ber, shunda bu batamom meniki bo‘lib qoladi».
YUqoridagilardan Interfaol metodlar o‘zaro harakat, o‘quvchilarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish, majburiy qayta aloqa tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik, ishtirokchilarning o‘zaro harakati, ularning dalillarini tengligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o‘zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan ta’limiy muloqot manbai yaratiladi.
Boshlovchi (o‘qituvchi, trener) yangi bilimlar bilan birga ta’lim ishtirokchilarini mustaqil izlanishga boshlaydi. Trenerning faolligi o‘rnini o‘quvchilarning faolligi egallaydi, boshlovchining vazifasi esa o‘quvchilarning tashabbuslari uchun sharoit yaratishdir.
Interfaol usuldagi mashqlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ta’lim mazmunini o‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytiribgina qolmasdan ikki taraflama faollashish demakdir. Trener (o‘qituvchi) o‘zidan o‘quv ma’lumotini o‘tkazuvchi o‘ziga xos filtr rolini bajaradi va ish jarayonida yordamchi funksiyasini bajaradi. SHuning uchun interfaol o‘qitish avvalambor katta yoshdagi o‘quvchilarni intensiv o‘qitish jarayonida qo‘llash uchun mo‘ljallangan xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol o‘qitish metodlarini qo‘llab mashg‘ulot o‘tilganda, materialni o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘ladi, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muhit yaratiladi.
Ta’lim jarayonida har qanday interfaol usul to‘g‘ri va maqsadli qo‘llanilganda o‘rganuvchilarni yoki o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.

Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling