Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o’qishga bo’lgan qiziqishlarning paydo bo’lish va rivojlanishning asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi: - 1. O’quv faoliyati shunday tashkil etilish kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va topishiga undalsin, muammoli xarakterga ega bo’lgan savollarni echsin.
- 2. O’quv faoliyati turli xil bo’lishi kerak. Bir xillikka ega bo’lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo’yadi.
- Z. Berilayotran materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini tushunish kerak.
- 4. Yangi berilayotgan material bilan yaxshi bog’langan bo’lishi kerak.
- 5. Engil bo’lgan va o’ta murakkab material qiziqishni uyg’otmaydi. O’qyv topshiriqlar bog’cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati etadigan darajada bo’lishi kerak.
- 6. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni stimullashtiradi.
- 7. O’qyv materiallari yorqin va emotsional bo’lishi kerak.
Ayni vaqtda ko’pincha ta’lim olishga tayyorlikning quyidari tarkibiy qismlari ajratiladi: - 1) tafakkur qila olish kabi faoliyatning umumlashganligi;
- 2) amaliy va so’z-mantiqiy tomonlarining o’zaro muvofiqini belgilovchi tafakkurning anglanilganligi;
- 3) tafakkur qilish faoliyatining elastikligi;
- 4) tafakkur qilish faoliyatining barqarorligi;
- 5) tafakkurning mustaqilligi hamda uning yordamga moyilligi.
A.P.Usova bog’cha yosh davridagi bolalarning o’quv faoliyatini o’zlashtirganligining aniq belgilarini ko’rsatadi. U tomonidan o’zlashtirilganlikning 3 saviyasi ajratilib, ular o’quv faoliyati rivojlanganligining turli darajalarini xarakterlaydi. - 1-darajasi- Bilish faoliyatining barcha protsesslari mahsuldorligi va maqsadga qaratilganligi bilan o’qishga nisbatan faol va qiziquvchanlik kabi munosabatning, o’zining harakatlarini nazorat qilish va natijalarini baholash qobiliyatiga egaligi bilan farqlanadi. O’zlashtirilganlar asosida bolalar amaliy va aqliy faoliyatda qurbi etadigan vazifalarni echa oladi.
- 2-darajasi - kuchsizroq, qo’rquv faoliyatini egallashning barcha ko’rsatkichlari etarli rivojlanmagan. Lekin shu bilan birga bolalar ta’lim olishi mumkin. Ba’zi bir og’ishishlar ham bundan mustasno emas.
- 3-darajasi- Mashg’ulotlarda tashqi intizomni xarakterlovchi o’quv faoliyati shakllanishining boshlanish davri.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |