MS Excel 2016 dasturi. Elektron jadvallar bilan ishlovchi MS Excel 2016 dasturi hisoblash
amallariga asoslangan xolda jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hamda
xisoblashlar natijasi bo‘lgan sonli qiymatlar asosida turli ko‘rinishdagi diagrammalar yaratishga
mo‘ljallangan. Kompyuterlar sonli ma’lumotlarni jadval shaklida ifodalanishi va uning ustida har xil
hisoblash amallarini bajarishga imkon yaratib beradi.
Jadval ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan kompyuter
dasturlari elektron jadvallar deb ataladi.
MS Excel 2016 dasturida xar xil jadval shaklidagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, ekran yacheykalardan iborat va xar bir yacheyka shaxmat taxtasiga o‘xshagan
o‘z adresiga ega. Bu ma’lumotlar bazasi bilan ishlaganda xar bir yacheykada joylashgan
ma’lumotdan foydalanish va undan foydalanib, boshqa bir yangi ma’lumot xosil qilishga imkon
beradi. Bu dastur asosan bank sistemasiga o‘xshagan ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar uchun
mo‘ljallangan va juda ko‘p imkoniyatlariga ega.
Dasturni yuklash uchun Windowsning asosiy menyusidan Pusk→Vse programmы→
Microsoft Office 2016 → Microsoft Office MS Excel 2016 bandlari tanlanadi. MS Excel 2016 da
har qanday hujjat ishchi kitob deb ataladi va .xlsx kengaytmali shablonlar bilan tasvirlanadi. Har bir
ishchi kitobda boshlang‘ich holatda 3 tadan sahifa beriladi. Bu sahifalar sonini ko‘paytirish va
kamaytirish ham mumkin. Birinchi ishchi kitobga Kniga1 degan nom beriladi.
MS Excel 2016 dasturining interfeysi sarlavhalar satri, menyular qatori, buyruqlar lentasi,
formula qatori, ishchi varoq va holatlar satridan iborat.
MS Excel 2016 dasturi menyular satri.
“Glavnaya” menyu satri elementlari
“Vstavka” menyu satri elementlari
“Razmetka stranistы” menyu satri elementlari
Do'stlaringiz bilan baham: |