Slayd - bu prezentastiyaning alohida kadri bo‘lib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va
diagrammalarni olishi mumkin.
Animastiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini
oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar yig‘indisidan iborat.
Taqdimot tuzish – slaydlardan iborat prezentastiya yaratish ularni tahrirlash, ketma-
ketligini ko‘rish va bezagini berishdir.
MS PowerPoint asosiy menyusi darchani yuqori qismida joylashgan bo‘lib u 10 ta
bo‘limdan iborat: Fayl, Glavnaya, Vstavka, Dizayn, Perexodы, Animastiya, Pokaz slaydov,
Restenzirovanie, Vid va Nadstroyka. Bu bo‘limlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda
joylashgan har xil matn, rasm hamda boshqa istalgan ob’ektlar ustidan turli xil amallarni
bajarishimiz mumkin. Fayl menyusini tanlaganda menyuning ―Poslednie bandi aktiv holda
ko‘rinadi va dastur oynasida 3 ta ustun ko‘rinishidagi takliflar hosil bo‘lib: birinchi ustunda ―Fayl
menyusi elementlari, ikkinchi ustunda so‘nggi taqdimotlar va uchinchi ustunda esa, so‘nggi (oxirgi)
saqlangan kataloglar ro‘yxati taklif etiladi.
Soxranit - Ekranda ochiq bo‘lgan takdimotni saqlash
Soxranit kak… - Ekranda ochiq bo‘lgan takdimotni yangi nom ostida saqlab qo‘yish yoki
boshqa bir katalogga nusxasin joylashtirish. Otkrыt… - Mavjud bo‘lgan (oldin yaratilgan)
takdimotni ko‘rish yoki o‘zgartirish uchun ochish
Zakrыt - Ekranda ochiq bo‘lgan taqdimotni berkitish.
Svedeniya - Ekranda ochiq bo‘lgan taqdimot haqidani ma’lumotlar
Poslednie - So‘nggi fayllar ro‘yxati
Sozdat – yangi taqdimot yaratish
Pechat – taqdimotni chop etish
Soxranit i otpravit – taqdimotni saqlab elektron pochta orqali jo‘natish.
Spravka – dastur haqida ma’lumot
Parametrы – dasur sozlamalari
Do'stlaringiz bilan baham: |