Reja: O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish


Download 148.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana23.06.2023
Hajmi148.12 Kb.
#1651565
1   2
Bog'liq
Reja O`quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantiri

Estetik tarbiyaning vazifasi: 
1. O`quvchilarni go`zallikni ko`rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan 
farq qilishga o`rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog`lash; 
2. Tabiatda, mehnat jarayonida, o`z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda 
go`zallikni o`rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush 
madaniyati bilan bog`lash; 
3. Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani 
ma`naviyahloqiy qarashlar bilan uyg`unlashtirishga o`rgatishdan iborat. 
Biologiyani o`qitishda estetik tarbiya serqirrali bo`lib, uni dars, darsdan va 
sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. 
Iqtisodiy tarbiya.


Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tishi, ta`lim-tarbiya jarayonida 
o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi, O`quvchilar 
botanika, zoologiya, umumiy biologiya o`quv fanlarida o`simlik va hayvonlarning 
mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga nisbatan 
munosabatini tubdan o`zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor, xam sifat 
jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O`qituvchi o`rganilayotgan mavzu 
mazmuniga bog`liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur. 
Iqtisodiy tarbiya o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan 
tashqari mashg`ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanimizning iqtisodiyoti va 
xalq xo`jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda biologiya fanining tutgan 
o`rniga oid ma`lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Jismoniy tarbiya har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning 
ajralmas qismi bo`lib, o`quvchilarning ma`navi axloqiy, aqliy, estetik jihatdan 
uyg`un rivojlanishini ta`minlaydi. Jismoniy tarbiya o`quvchilarning aqliy va 
ma`navi axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan 
natijalar, jumladan, o`z salomatligini asrash va mustahkamlash, hattiharakatlarning 
gigiyenik me`yorlari, harakat ko`nikmalarini tarkib toptirish mumkin. Jismoniy 
tarbiya masalasi biologiyani o`qitish metodikasida inson organizmining tuzilishi, 
hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda o`rganish orqali amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiyaning muxim yo`nalishi gigiyenik ko`nikmalarni kundalik 
odatlarga aylantirish, hayotda gigiyenik me`yorlarga amal qilishga ongli 
munosabat, sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport 
bilan shug`ullanishga yo`naltirishdan iborat. Sport bilan shug`ullangan 
o`quvchilarda iroda va salomatlik mustaxkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, 
qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga 
kelishi ko`rsatib o`tiladi. Gigiyenik ta`lim tarbiya o`quvchilarning sog`liklarini 
saqlash va mustahkamlash shars`haroitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi 
bilimlarga asoslanadi. Biologiyani o`qitishda gagiyenik tarbiya asosiy o`rinni 
egallaydi va mavzu mazmuniga bog`liq holda amalga oshiriladi.


Masalan, botanikani o`rganipdda o`simliklarning inson salomatligiga 
ko`rsatadigan ijobiy ta`siri, ularniig atrofmuhitning mussafoligini saqlashdagi roli 
yoritiladi. Bakteriyalar bo`limi o`rganilganda, bakteriyalarning xilmaxilligi, 
xayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini o`rganish bilan bir 
qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqaridadigan kasalliklar, 
mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik choratadbirlari xaqida ma`lumot beriladi. 
Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi 
muhim rolь o`ynaydi. Shu sababli ham uzluksiz ta`lim tizimi oldiga qo`yilgan 
muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat 
ehtiyojlari, o`quvchilarning kiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb 
tanlashga 
yo`llash, 
ularda 
mehnat 
va 
o`quv 
mehnati 
ko`nikmalarini 
shakllantirishga e`tibor qaratish zarurligi ko`rsatilgan. Mehnat tarbiyasi 
o`qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog`liqligi prinsipini amalga oshirish, 
o`quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va 
qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o`quvchilar 
o`rtasida o`zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi. 
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni kasbga yo`llash, mehnat tarbiyasini amalga 
oshirishga imkon beradigan bilim va ko`nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: 
1. Qishloq xo`jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati 
faoliyatining ilmiy nazariy asoslari; 
2. Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o`simliklar va hayvonlarning 
mahsuldorligini oshirishni ta`minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari 
bilan tanishtirish; 
3.Biologik. qonuniyatlar va umumiy ko`nikmalardan amaliy faoliyat va turmushda 
foydalanish asoslari bilan tanishtirish. O`quvchilarni mehnat faoliyatiga 
tayyorlashda qishloq xo`jaligi mehnati ko`nikmalari muhim ahamiyatga ega.


Ular jumlasiga tuproqqa ishlov berish, o`g`itlash, o`simliklarni sug`orish, 
urug`ni ekishga tayyorlash, ekish, o`simliklarni parvarish qilish, hosilni yig`ish va 
saqlash, shuningdek, qishloq xo`jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga 
qarshi kurash, mehnat qurollari bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin. 
Baynalminal tarbiya. Respublikamizda qabul qilingan milliy istiqlol mafkurasining 
asosiy g`oyalaridan biri millatlararo totuvlik hisoblanadi. 
«Millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xil xalqlar 
birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, 
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo`lib xizmat qiladi. Bu g`oya bir 
jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va 
elatlarga mansub kishilar o`rtasidagi o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikning 
ma`naviy asosidir». «Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 
millatlarni o`zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining asosiy 
maqsadlaridan biridir.. U halqimizga xos bo`lgan olijanoblik va insonparvarlik 
fazilatlariga asoslanadi». 
Baynalminal tarbiya o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan 
tashqari mashg`ulotlarda amalga oshirish, bunda biologiya fanining rivojiga hissa 
qo`shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga 
bag`ishlangan kechalar tashkil etish va o`tkazish tavsiya etiladi 
1. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish o`quvchilar tomonidan fan asoslarini chuqur o`rganishi 
bilan uzviy bog`langan. Ilmiy dunyoqarash barcha ta`lim tarbiyaviy jarayonning 
asosi. 
2. Mehnat tarbiyasi o`quvchilarni ta`lim va kasbga yo`naltirish bilan uzviy 
bog`langan. O`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish, mehnat 
faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiynazariy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi,
vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga asoslanadi. 


Adabiyotlar: 
1. Tolipova. J, A.T. G`ofurov. Biologiya o`qitish metodikasi. Toshkent. 
Bilim.2004. 
2. Verzilin N.M, V.M. Korsunskaya. Biologiya o`qitishning umumiy metodikasi. 
Tosh. O`qit. 1983. 
3. J.G`. Yo`ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O`qit. 
2004. 
4. Tolipova J, G`ofurov , Biologiya ta`limi texnologiyalari. 
5. N.N.Azizxo`jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh. 
2006. 

Download 148.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling