Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi
Yer kurrasi asosiy biomlarning maydoni, biomassasi va mahsuldorligi (T.A.Akilova, V.V.Xaskin 1998 yil)
Download 49.81 Kb.
|
4 маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy biomlar, Yer kategoriyalari Maydon mln.km 2
- 4. Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha
- Organik qoldiqlar
Yer kurrasi asosiy biomlarning maydoni, biomassasi va mahsuldorligi (T.A.Akilova, V.V.Xaskin 1998 yil).
Ular tayyor organik modda bilan oziqlanadi va oʻz hayot faoliyati jarayonida ularni oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar oʻz navbatida tabiatga qaytariladi va avtortoflar tomonidan yangi moddalar davriy aylanishiga jalb qilinadi. Biosenoz qoʻyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: 1) produsentlar (hosil qiluvchilar): 2) konsumentlar (isteʼmol qiluvchilar): 3) redusentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar) Produsentlar avtotrof organizm boʻlib, quruqlikdagi va suvdagi yashil oʻsimliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalarning bir qismi konsumentlar (oʻtxoʻr hayvonlar) tomonidan isteʼmol qilinadi , keyingilari esa oʻz navbatida goʻshtxoʻr hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi. Redusentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorganizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida hayvon va oʻsimliklarning qoldiqlari (oʻlik tanasi) parchalanib organik moddalarga aylanadi, organik moddalarni oddiy anorganik moddalarga parchalaydi. Organik moddalarning koʻp qismi darhol parchalanmaydi, yogʻoch, tuproqning organik qismi, suvdagi choʻkmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar koʻp ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilgʻiga (torf, koʻmir va neftga) aylanadi. Har yili yerda fotosintezlovchi organizmlar 140 mlrd. tonnaga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998 yil) Geologik davr (1 mlrd. yil) davomida organik moddalar parchalanishiga koʻra sintezlanishi koʻproq boʻlishi natijasida atmosferada SO2 miqdori kamayib O2 miqdorining tobora ortib borishiga sabab boʻlgan. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal rivojlanishi natijasida bu jarayonning aksi roʻy berish xavfi paydo boʻlmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. 4. Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, oʻzaro bogʻlangan bir nechta turlar yoki organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi: Misol, Saprofitlar organic qoldiqlarni parchalovchilar Oʻsimlikxoʻr hayvonlar Yirtqich hayvonlar Avtotrof oʻsimliklar Organik qoldiqlar Oziq zanjiri — oʻsimliklar toʻplagan energiyani bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan oʻtkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bogʻlanishdir (yunoncha "trofe" – oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof oʻsimliklar (produsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bogʻlar energiyasiga aylantiradi. Ikkinchi zvenosi oʻtxoʻr (birlamchi isteʼmol qiluvchilar) va goʻshtxoʻr (ikkilamchi isteʼmol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi mikroorganizmlar (redusentlar) hosil etadi. Tabiatda oziq zanjiri uch – toʻrt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga oʻtishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90% ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini taʼminlashga sarf etiladi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf boʻladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, oʻrtacha olganda 1000 kg oʻsimlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali oʻtxoʻr hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi. Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik piramida produsentlar, konsumentlar va redusentlardagi biomassa va energiya nisbatining koʻrsatgichi hisoblanadi. Piramidaning asosini avtotrof organizmlar hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida oʻtxoʻr hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng choʻqqisida yirik yirtqichlar joylashadi. Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton — zooplankton mayda baliqlar — yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi. Sunʼiy qishloq xoʻjalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. Shuning uchun ovqat ratsionida oʻsimlik oziqlarini kamaytirish hisobiga goʻshtning miqdorini koʻpaytirsak oʻsha muayyan ekologik tizimda oziq bilan taʼminlanishi mumkin boʻlgan odamlar soni kamayishi kerak. Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – oʻz oʻzini idora etishdir. Oʻz-oʻzini idora qilish — tabiiy sistemaning qandaydir tabiiy taʼsiri yoki antropogen taʼsiridan keyin oʻz ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. Oʻz – oʻzini idora qilishning yorqin misoli keng bargli oʻrmonlardagi biogeotsenozdir. Bu yerda oʻsimliklar joy, yorugʻlik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli choʻllaridagi biogeotsenozlar ham bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, yaʼni oʻsimliklar jamoasining vertikal boʻylab bir nechta qatorda joylashishi kuzatiladi. Keng bargli oʻrmonlarning birinchi yarusini yorugʻsevar daraxtlar (eman, shumtol) ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorugʻsevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va toʻrtinchi yarusini oʻtsimon oʻsimliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqboʻgʻim) tashkil qiladi. Yarus qancha past boʻlsa, undagi oʻsimliklar shunchalik soyaga chidamli boʻladi. Yuqori yarusdagi oʻsimliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi. Keng bargli oʻrmonlarda yorugʻlik sharoiti yil davomida keskin oʻzgarib turadi. Shu tufayli qoʻyi yarusdagi oʻsimliklar bahorda daraxtlar barglar chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyoning qumli choʻllaridagi ekosistemaning yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha, uchinchi yarusini singrenlar, shuvoqlar, toʻrtinchi yarusini qoʻngʻirbosh, yaltirboshlar va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenozlarda oʻzgarishlar iqlim ritmiga bogʻliq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haroratning pasayishi, kun uzunligining qisqarishi, namlikning oʻzgarishi natijasida koʻp oʻsimliklar bargini toʻkadi. Ularning jamgʻarish aʼzolarida oziq moddalari toʻplanadi, daraxtlarda poʻkak hosil boʻladi. Oʻsimliklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorgarlik koʻrishadi. Hushlar Janubga uchib ketadi. Sut emizuvchilar tulaydi, qishga oziq jamgʻaradi. Muhit sharoiti oʻzgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi mumkin. Masalan, yongʻindan keyin oʻrmon biogeotsenozi oʻrniga oʻtloq biogeotsenozi paydo boʻladi. Biogeosenozlar almashinishi koʻpincha inson faoliyatiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Botqoqliklarning quritilishi natijasida botqoqlik biogeotsenozi oʻtloq biogeotsenozi yoki agrosenozlar bilan almashinishi mumkin. Oʻziga xos oʻsimliklar dunyosi va landshaftga ega boʻlgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham chambarchas bogʻliq boʻladi. Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekosistemalar yoki biosistemalar hosil boʻladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, oʻrmon, choʻl, dasht va tropik oʻrmonlar misol boʻla oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga koʻllar, daryo va botqoqliklar kiradi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, sugʻoriladigan yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi. Dengiz ekosistemalariga Yer sathining 70% ni egallovchi ochiq dengizlardan tashqari qirgʻoqlar boʻyidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va oʻsimliklarning xilma-xilligi, plankton va bentosning (suvda muallaq holda boʻladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suvoʻtlarning juda koʻp miqdorda boʻlishligi bilan taʼriflanadi. Kontinental shelflarda asosan sanoat baliqchiligi rivojlangan boʻladi. Dengiz limonlari, qirgʻoq koʻrfazlari va daryolarning qoʻyilish joylari baliqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy boʻladi. Download 49.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling