Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


Download 49.81 Kb.
bet1/5
Sana19.07.2023
Hajmi49.81 Kb.
#1661079
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4 маруза


4-maʼruza. Ekologik tizimlar. Organizmni muhit bilan oʻzaro taʼsiri
Maʼruza rejasi:
Reja:
1. Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi.
2. Okean va quruqlik ekotizimlari.
3. Ekotizmlarda organizmlar jamoasi. Ekotizimlarni gomeostaz holati. Ekotizimlarni mahsuldorligi.
4. Agroekotizimlar. Ekotizmlarda moddalar aylanishi.
5. O‘rmon cho‘l, o‘tloq, suv havzasi va boshqa ekotizimlari. Ekotop va biosenozlar.
Tanch iboralari:


Ekosistema, biogeotsenoz, birlamchi mahsulot, sof birlamchi mahsulot, ikkilamchi mahsulot, ekskrementlar, metobolizm, iyerarxiya, biom, produsent, konsument, redusent, ozuqa zanjiri, ekologik piramida, tabiiy ekosistema, sunʼiy ekosistema.
1. Jamoaning tuzilishi va shakllanishi
A.Tenslining «ekosistema» va V.N.Sukachevning «Biogeosenoz» tushunchalari toʻgʻrisida. Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa organizmlar va oʻlik tabiatning taʼsirida boʻlishi bilan birga oʻz navbatida oʻzlari ham ularga taʼsir koʻrsatadi.
Bir biri bilan va atrof muhit bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan organizmlarning populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz – bir — biriga bogʻliq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. Biogeosenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil oʻsimliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resurslari esa jonsiz komponentlarga kiradi.
Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, oʻsha joyda oʻsib unadigan oʻsimlik va hayvonlar bir-biriga monand va oʻzaro bogʻlangan boʻladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeosenoz tarkibiga odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeosenoz taraqqiy etib va oʻzgarib turadi. Bu oʻzgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham taʼsiri ostida roʻy beradi. Beogeosenozni oʻrganish qishloq xoʻjaligi va ayniqsa, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali oʻtadigan energiya oqimiga bogʻliqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil qiluvchi biotik komponentlar tomonidan oʻzlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda sifatida toʻplaydigan energiya tezligi birlamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr boʻlib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bogʻliq boʻladi.
Maʼlumki, oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda boʻladi. U koʻpincha geografik kenglikka, oʻsimliklar qopla­mining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasining taxminan 95 — 99% shu zahotiyoq qaytariladi, u yoki issiqlikka aylanadi yoki suvni bugʻlatishga sarf boʻladi va faqatgina 1 — 5% xlorofill tomonidan qabul qilinib organik molekulalarni hosil qilishga sarf boʻladi. Oʻsimliklar qabul qilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish yoki fotonafas olishga sarf boʻladi. Undan qolgan energiyaning organik moddalarni hosil qilishga ketgan qismi sof birlamchi mahsulot deyiladi. (S.B.M.).
Birlamchi mahsulotning mahsuldorligi yozda qishga nisbatan koʻp boʻladi. Bir organizmlarni ikkinchi organizmlar yeganda (isteʼmol qilganda) ovqat (modda va energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga oʻtadi. Hazm qilinmagan ovqat keyinchalik chiqarilib tashlanadi. Ovqat hazm qilish organlari boʻlgan hayvonlar qoldiqlarni ekskrementlar (chiqindilar) sifatida tashqariga chiqarib tashlaydi. Bu chiqindilar tarkibida ham maʼlum miqdorda energiya saqlanadi.
Hayvonlar ham, oʻsimliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning maʼlum bir qismini yoʻqotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovqat hazm qilishdan hamda chiqindilardan qolgan energiya oʻsimlik va hayvonlarning oʻsishi, koʻpayishi va hayot faoliyatini taʼminlashga sarf boʻladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan (toʻplangan) organik moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi.
Ovqat zanjirining har bir boʻlimi (zvenosi)da bir qism energiya yoʻqoladi. Demak ovqat zanjirining uzunligi koʻpincha shu energiyaning yoʻqolishi bilan chegaralanib turadi.
Oʻsimliklar tomonidan qabul qilinadigan yorugʻlik energiyasi miqdorining dastlabki sof mahsulotga boʻlgan nisbati ancha kattadir. Energiyaning keyingi bir-biriga berilishi (oʻtishi) birlamchi oʻtishga nisbatan ancha natijalidir. Masalan, oʻsimliklardan oʻtxoʻr hayvonlarga oʻtadigan energiyaning oʻrtacha effektivligi 10% ni tashkil qilgan holda, hayvonlardan hayvonlarga oʻtadigan energiyaning effektivligi 20% boʻladi. Umuman, oʻtxoʻr hayvonlarda yirtqichlarga qaraganda hazm qilish effektivligi past boʻladi. Buning sababi shuki, oʻsimliklarda koʻproq yogʻochlik va selyulloza boʻlib, hayvonlar organizmida yaxshi hazm boʻlmaydi, energiya manbai boʻlib hisoblanmaydi.
Nafas olish jarayonida yoʻqotilgan energiya boshqa organizmlarga oʻtmaydi. Ekskrementlarda metabolizm qoldiqlaridagi energiya esa detritofag va redusentlarga oʻtadi hamda ulardagi energiyalar ekosistemada qoladi. Detrit zanjirlari oʻlik organizmlar va oʻsimliklar qoldiqlaridan boshlanadi (toʻkilgan barg va poyalar). Toʻgʻridan-toʻgʻri detritlarga va redusentlar ozuqa zanjiriga oʻtuvchi dastlabki toza mahsulotlar hamma ekosistemalarda ham bir xilday emas. Oʻrmon ekosistemalarida dastlabki mahsulotlarning koʻp qismi detrit zanjiriga oʻtadi. Shu sababli oʻrmon ostidagi qoldiqlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun qulay sharoitdir. Biroq dengiz ekosistemalarida ham intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki mahsulotning yarmidan koʻpi yaylov ozuqa zanjiriga qoʻshilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov zanjirlariga qaraganda kamroq oʻrganilgan. Biroq energiya oqimi nuqtai nazaridan qaralganda ularning ahamiyati yaylov zanjiriga nisbatan koʻp boʻlsa koʻp, oz emas.
Agar ekosistema stabil (oʻzgarmaydigan) boʻlsa, unda umumiy biomassaning hajmi koʻpaymaydi. Yaʼni yilning boshida qancha boʻlsa, oxirida ham shunchaligicha qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda boʻlgan hamma energiya har xil trofik darajadagi organizmlardan oʻtadi va natijada uning toza mahsuldorligi nolga teng boʻladi.
Koʻpincha ekosistemalar oʻzgarib turadi. Masalan, yosh oʻrmonlarda oʻsimliklar vegetatsiya davrining oxiriga borib toʻplangan energiyaning bir qismi oʻsimliklar biomassasining ortishiga olib keladi. Oʻsimliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan davrlar (bahor, yoz)da dastlabki mahsulot koʻp boʻladi, ikkilamchi mahsulotning ortishi esa keyinroq kuzatiladi.
Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak boʻlgan energiya va ovqat manbaini koʻpaytirishda foydalanish mumkin.
Ilmiy analizlar yordamida oʻsimliklarni oʻstirish agrotexnik qoida­larni takomillashtirib ularni mahsuldorligini oshirish mum­kin. Har bir trofik darajada energiya yoʻqolar ekan, demak hamma nar­sani is­teʼmol qiluvchi (odamlarda ham) organizmlar uchun ekosistema­dan sama­rador energiyani ajratib olish usuli — bu oʻsimliklar hisoblanadi. Bi­roq, bu yerda boshqa omillarni ham eʼtiborga olmaslik mumkin emas. Ma­salan, hayvonlar oqsilida koʻpincha almashtirib boʻlmaydigan aminokis­lotalar boʻladi.
Bundan tashqari, oʻsimlik oqsillari hayvon oqsiliga qaraganda qiy­inroq hazm boʻladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir qancha eko­si­stemalarda madaniy ekinlarni parvarish qilish va moʻl hosil olish qiyin boʻlganligi sababli, bu ekosistemalardagi hayvonlar oʻzlari uchun kerakli ozuqani katta maydonlardan oladilar. Ana shunday eko­sistema­larga dasht, Oʻrta Osiyoning choʻl zonasi, bugʻilar yashaydigan tundra zonalarini misol qilib olish mumkin.

Download 49.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling