Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari


Download 49.81 Kb.
bet5/5
Sana19.07.2023
Hajmi49.81 Kb.
#1661079
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 маруза

Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari
Bu regionning fizik-geogrfik sharoiti va landshafti ham juda xilma — xildir. Shimoliy Gʻarbiy hududlar tipik choʻl va chala choʻllardan iborat boʻlib, yozi quruq issiq, qishi juda sovuq, yogʻingarchilikning juda kam boʻlishi bilan taʼriflanadi. Biologik mahsuldorlikning cheklovchi omili bu mintaqada namlikning yetishmas­ligi hisoblanadi. Yogʻingar­chilikning yillik miqdori 200 mm dan osh­maydi, u ham boʻlsa, asosan qish va bahor fasllarida boʻladi. Bu esa nafaqat oʻsimlik turlarining so­niga va yanada oʻsimliklar hayotiy shakllariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shu sababli bu mintaqadagi oʻsimliklar asosan bir yillik oʻsimliklar­dan tashkil topgan, ular oʻz hayot siklini qisqa bahor davridayoq tugatishga ulguradi. Bu joylarda koʻp yillik oʻsimliklardan yantoq koʻp oʻsadi, uning oʻq ildizi 15-20 m chuqurlikdagi yer osti suvlariga yetib boradi. Shunin­gdek, tuproq sharoi­tiga qarab, choʻl zonalarida saksovul, quyonsuyak va shu kabi boshqa xil buta va chala buta oʻsimliklari koʻp oʻsadi.
Choʻl zonasining pastqam joylarida yer osti suvlarining tarkibida tuzning miqdori juda ortiq boʻlganligi uchun shoʻrlangan yerlar ancha muncha uchraydi. Ana shunday shoʻrlangan yerlarda qora saksovul, cherkez, chogʻan, keyruk, danashoʻr, xaridondon, baliq koʻzi va shular kabi muhim yem-xashak va yaylov oʻsimliklari oʻsadi. Bu zonaning hayvonlari ham oʻsim­liklari kabi suvsizlikka oʻta moslashgan boʻladi. Choʻlda yashovchi sudralib yuruvchilar (ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar) mayda ke­miruvchilar (yumronqoziqlar, sichqonlar, kalamushlar) suvsizlikka fi­ziologik va etologik (feʼl-atvori bilan) moslashgandirlar. Bu hayvonlar ichimlik suvga uncha muhtoj emas, chunki ularning organizm­larida metabolik suv isteʼmol qilingan quruq ozuqaning parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Ularning siydigi juda konsentrasiyalash­ganligi uchun organiz­midan suv kam ajraladi. Saygʻoqlar va boshqa xil choʻl hayvonlarida ham uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni taʼmin­lovchi mexanizmlar rivoj­langan.
Choʻllarning sugʻorilishi, haroratning yuqori va yorugʻlikning yetarli miqdorda boʻlishi juda serhosil ekin maydonlarini yaratishga imkon be­radi. Lekin bu yerlarda suvning bugʻlanishi natijasida tuproqning shoʻrlanishi cheklovchi omil hisoblanadi. Bu esa tuproqning shoʻrini yuvish va hosildorlikni yuqori darajada ushlab turish uchun qoʻshimcha suv talab qiladi.
Togʻ oldi va togʻ hududlarida chala choʻllar, toʻqaylar, aralash oʻrmonlar, alp oʻtloqlari hamda sovuq togʻ choʻllari kabi biomlar uch­raydi.
Qishloq xoʻjaligining jadal rivojlanishi, archa oʻrmonlarning ke­si­lishi kabi antropogen taʼsirlar togʻ oldi va togʻ hududlarida bio­mning sezilarli buzilishlariga sabab boʻlmoqda. Natijada hozirgi vaqtda oʻsimlik va hayvonlarning juda koʻp turlari yoʻqolib bormoqda va shu tufayli Oʻzbekistonning «Qizil kitobi»ga koʻp turlar kiritil­gan.
Yoʻqolib ketayotgan turlarni va tabiiy biogeotsenozlarni muhofaza qilishning samarali choralaridan biri qoʻriqxonalarni koʻpaytirish va ularning maydonini kengaytirish, yoʻqolib ketayotgan turlarning sunʼiy oʻstiriladigan joylarini yaratish, ularni tabiatga reintro­duksiyalash (qaytadan ekish, koʻpaytirish, tiklash) hisoblanadi.
Download 49.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling