Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


Yer kurrasi asosiy biomlarning maydoni, biomassasi va mahsuldorligi (T.A.Akilova, V.V.Xaskin 1998 yil)


Download 49.81 Kb.
bet3/5
Sana19.07.2023
Hajmi49.81 Kb.
#1661079
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 маруза

Yer kurrasi asosiy biomlarning maydoni, biomassasi va mahsuldorligi (T.A.Akilova, V.V.Xaskin 1998 yil).





Asosiy biomlar, Yer ka­te­goriyalari

Maydon mln.km2

Biomassa (qu­ruq modda hi­sobida)

Yillik mahsulot

1

Tundra, oʻrmon tundra

4,2

8,5

3,6

2,6

1,1

2

Eriydigan va togʻli nina bargli oʻrmonlar

12,2

127,0

162,0

7,9

10,1

3

Bargli nina bargli oʻrmonlar

6,2

185,0

114,7

9,8

6,1

4

Keng bargli oʻrmonlar

7,6

240,0

182,4

11,0

8,4

5

Subtropik oʻrmonlar

5,3

382,0

202,5

16,4

8,7

6

Namli tropik oʻrmon

10,3

581,0

598,5

27,8

28,6

7

Savanna, chapporel

6,2

68,0

42,2

9,1

5,6

8

Dashtlar (preriy)

2,8

10,0

2,8

6,0

1,7

9

Choʻllar

22,7

2,1

4,8

1,6

3,6

10

Haydaladigan yerlar

15,1

9,7

14,6

6,7

10,1

11

Oʻzlashtiriladigan, ma­daniy yerlar

26,3

8,9

23,4

6,8

18,1

12

Quruqlikdagi suvlar

2,4

0,3

0,1

0,7

0,2

13

Qurilish, yoʻllar, togʻ ishla­malari



9,8



0



0



0



0

14

Qutblardagi togʻli muz­lar

17,2

0

0

0

0




Yer yuzi quruqligi-jami

148,9

1352,2




102,2







Okeanlar

361,1

7,8




(36)







Hammasi

510,0

1360,0




138,2




Ular tayyor organik modda bilan oziqlanadi va oʻz hayot faoliyati jarayo­nida ularni oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar oʻz navbatida tabi­atga qaytariladi va avtortoflar tomonidan yangi moddalar davriy ayla­nishiga jalb qilinadi. Biosenoz qoʻyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
1) produsentlar (hosil qiluvchilar):
2) konsumentlar (isteʼmol qiluvchilar):
3) redusentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar)
Produsentlar avtotrof organizm boʻlib, quruqlikdagi va suvdagi yashil oʻsimliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalar­ning bir qismi konsumentlar (oʻtxoʻr hayvonlar) tomonidan isteʼmol qili­nadi , keyingilari esa oʻz navbatida goʻshtxoʻr hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Redusentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga­nizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida hayvon va oʻsimliklarning qoldiqlari (oʻlik tanasi) parchalanib organik modda­larga aylanadi, or­ganik moddalarni oddiy anorganik moddalarga par­chalaydi. Organik moddalarning koʻp qismi darhol parchalanmaydi, yogʻoch, tuproqning orga­nik qismi, suvdagi choʻkmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar koʻp ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilgʻiga (torf, koʻmir va neftga) aylanadi. Har yili yerda fotosintez­lovchi organizmlar 140 mlrd. tonnaga yaqin organik moddalarni sintez­laydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998 yil) Geologik davr (1 mlrd. yil) davomida organik moddalar parchalanishiga koʻra sintezlanishi koʻproq boʻlishi natijasida atmosferada SO2 miqdori kamayib O2 miqdorining tobora ortib bori­shiga sabab boʻlgan. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal ri­vojlanishi natijasida bu jarayonning aksi roʻy berish xavfi paydo boʻlmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining oʻzgarishiga olib kelishi mum­kin.
4. Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha
Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, oʻzaro bogʻlangan bir ne­chta turlar yoki organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi: Misol,

Saprofitlar organic qoldiqlarni parchalovchilar

Oʻsimlikxoʻr hayvonlar

Yirtqich hayvonlar

Avtotrof oʻsimliklar










Organik qoldiqlar
Oziq zanjiri — oʻsimliklar toʻplagan energiyani bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan oʻtkazishdir.
Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bogʻlanishdir (yunoncha "trofe" – oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof oʻsimliklar (produsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bogʻlar energiyasiga aylantiradi. Ikkinchi zvenosi oʻtxoʻr (birlamchi isteʼmol qiluvchilar) va goʻshtxoʻr (ikkilamchi isteʼmol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi mikroorganizmlar (redusentlar) hosil etadi. Tabiatda oziq zanjiri uch – toʻrt darajadan tashkil topadi. Bir daraja­dan ikkinchi darajaga oʻtishda energiyaning va moddaning miqdori taxmi­nan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90% ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini taʼminlashga sarf etiladi. Qolgan 10 foizigina orga­nizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf boʻladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi.
Masalan, oʻrtacha olganda 1000 kg oʻsimlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali oʻtxoʻr hayvonni yegan yirtqichlarning biomas­sasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progres­siv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik piramida produsentlar, konsumentlar va redu­sentlardagi biomassa va energiya nisbatining koʻrsatgichi hisoblanadi.
Piramidaning asosini avtotrof organizmlar hosil qiluvchilar tash­kil qiladi, ulardan yuqorida oʻtxoʻr hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng choʻqqisida yirik yirtqichlar joy­lashadi.
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton — zooplankton mayda baliqlar — yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik pira­mida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi.
Sunʼiy qishloq xoʻjalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. Shu­ning uchun ovqat ratsionida oʻsimlik oziqlarini kamaytirish hisobiga goʻshtning miqdorini koʻpaytirsak oʻsha muayyan ekologik ti­zimda oziq bi­lan taʼminlanishi mumkin boʻlgan odamlar soni kamay­ishi kerak.
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – oʻz oʻzini idora etishdir. Oʻz-oʻzini idora qilish — tabiiy sistemaning qandaydir ta­biiy taʼsiri yoki antropogen taʼsiridan keyin oʻz ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. Oʻz – oʻzini idora qilishning yorqin misoli keng bargli oʻrmonlardagi biogeotsenozdir. Bu yerda oʻsimliklar joy, yorugʻlik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli choʻllaridagi biogeotsenozlar ham bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu xil­dagi biogeotsenoz­larda yaruslik, yaʼni oʻsimliklar jamoasining verti­kal boʻylab bir nechta qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli oʻrmonlarning birinchi yarusini yorugʻsevar daraxtlar (eman, shumtol) ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorugʻsevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va toʻrtinchi yarusini oʻtsimon oʻsimliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqboʻgʻim) tashkil qiladi. Yarus qancha past boʻlsa, undagi oʻsimliklar shunchalik so­yaga chidamli boʻladi. Yuqori yarusdagi oʻsimliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi.
Keng bargli oʻrmonlarda yorugʻlik sharoiti yil davomida keskin oʻzgarib turadi. Shu tufayli qoʻyi yarusdagi oʻsimliklar bahorda daraxt­lar barglar chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyo­ning qumli choʻllaridagi ekosistemaning yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha, uchinchi yarusini sin­grenlar, shuvoqlar, toʻrtinchi yarusini qoʻngʻirbosh, yaltirboshlar va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenoz­larda oʻzga­rishlar iqlim ritmiga bogʻliq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haro­ratning pasayishi, kun uzunligining qisqarishi, namlik­ning oʻzgarishi natijasida koʻp oʻsimliklar bargini toʻkadi. Ularning jamgʻarish aʼzola­rida oziq moddalari toʻplanadi, daraxtlarda poʻkak hosil boʻladi. Oʻsim­liklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorgarlik koʻrishadi. Hushlar Janubga uchib ketadi. Sut emizuvchilar tulaydi, qishga oziq jamgʻaradi.
Muhit sharoiti oʻzgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi mumkin. Masalan, yongʻindan keyin oʻrmon biogeotsenozi oʻrniga oʻtloq biogeotsenozi paydo boʻladi. Biogeosenozlar almashinishi koʻpincha inson faoliyatiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Botqoqliklarning quriti­lishi natijasida botqoqlik biogeotsenozi oʻtloq biogeotsenozi yoki agro­senozlar bilan almashinishi mumkin.
Oʻziga xos oʻsimliklar dunyosi va landshaftga ega boʻlgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham chambarchas bogʻliq boʻladi.
Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regio­nal ekosistemalar yoki biosistemalar hosil boʻladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, oʻrmon, choʻl, dasht va tropik oʻrmonlar misol boʻla oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga koʻllar, daryo va botqoqliklar ki­radi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, sugʻoriladigan yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi.
Dengiz ekosistemalariga Yer sathining 70% ni egallovchi ochiq den­gizlardan tashqari qirgʻoqlar boʻyidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va oʻsimliklarning xilma-xilligi, plank­ton va bentosning (suvda muallaq holda boʻladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suvoʻtlarning juda koʻp miqdorda boʻlishligi bilan taʼriflanadi. Kontinental shelflarda aso­san sanoat baliqchiligi rivojlangan boʻladi. Dengiz limonlari, qirgʻoq koʻrfazlari va daryolarning qoʻyilish joylari ba­liqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy boʻladi.

Download 49.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling