Reja: O‘rta asrlarda Arab tilshunosligi
Qoraxoniylar davrida tilshunoslik
Download 75.25 Kb.
|
4-ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmud Koshg‘ariyning lingvistik qarashlari.
Qoraxoniylar davrida tilshunoslik. Turkiy xalqlar tarixida qoraxoniylar davri deb yuritiladigan X-XII asrlar alohida ajralib turadi. Tarixiy manbalar shunga guvohlik beradiki, X asrlarga kelib xalifalik birmuncha kuchsizlashdi. Markaziy Osiyoda qarluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va Ettisuvda qoraxoniylar dinastiyasi yoki Ilikxon dinastiyasi vujudga keladi.
Qoraxoniylar sharqda uyg‘ur, g‘arbda esa turk-eron madaniyatini o‘zida uyg‘unlashtirib, Markaziy Osiyoning eng madaniy va eng yirik turk davlatchiligiga asos soldilar. IX asrning ikkinchi yarmida qoraxoniylar davlatining ma’muriy chegarasi ancha kengaydi: yuqori Chindan Farg‘ona, Tarkan, Buxoroga qadar cho‘zilgan katta hudud Bug‘raxon tasarrufiga o‘tadi. Bu davrda yozma adabiyot rivojlandi. Turk madaniyati, tiliga qiziqish boshqa xalkdar o‘rtasida kuchaydi. Shuning uchun ham turkiy tilda Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik» asari va turkiy tilni o‘rganishni xohlovchi arablarning ehtiyojini qondirmoq uchun Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari maydonga keladi. Mahmud Koshg‘ariyning lingvistik qarashlari. Tilshunoslik tarixida Mahmud Koshg‘ariy salmoqdi o‘rin egallaydi. U tilshunoslikning juda ko‘p sohalari bo‘yicha qalam tebratdi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist-fonolog, leksikolog, leksikograf, lingvogeofaf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi sanaladi. S.Mutallibov ta’kidlaganidek, Mahmud Koshg‘ariy yaratgan «Devonu lug‘atit turk» asari faqat o‘sha davr uchungina katta voqea bo‘lib qolmay, bugungi turkologiya fani uchun ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining asoschisi hisoblanadi. Afsuski, ana shunday buyuk tilshunosning ilmiy merosidan jahon ilmiy jamoatchiligi asrimiz boshlariga qadar bebahra bo‘lib keldilar, Chunki bu davrgacha Mahmud Koshg‘ariyning hayoti va uning «Devon»i haqida ma’lumot yo‘q edi. Arab fani shuhratini yoyishga sabab bo‘lgan bibliografik va biografik asarlarda ham, Xoja Xalfa lug‘atidan boshqa birortasida bu olim haqida ma’lumot berilmadi. Faqat 1914 yilda turkiyaning Diyorbakir shahrida istiqomat qiluvchi Ali Amiriy tomonidan tasodif tufayli Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i to‘ilib, lingvistika tarixida mo‘’jiza ro‘y berdi. Chunki bu asar tilshunoslikning juda ko‘p sohalarini qamrab olgan qomusiy bir asar edi. Asarning topilish tarixi qaqida professor H. Xasanov shunday yozadi: «... beva xotin pulga muhtoj bo‘lib, kitobfurush do‘koniga eski qo‘lyozmani ko‘rsatdi: «Marhum aytgan edilar, agar qiynalib qolsanggina shu kitobni sotgin, lekin 30 liradan kam bo‘lmasin». Ammo kitobfurush bunchalik qimmatga olgisi kelmadi va «kitob do‘konda tura tursin, xaridor chiqsa, pulini olarsiz», deb javob qildi. Kunlar o‘tdi, xaridorlar keldi, birontasi ham shu «eski qog‘ozlar»ni 30 liraga olgisi kelmadi. Nihoyat, diyorbakirlik keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy (1857-1924) afandi do‘konga kelib qoldi (Ali Amiriy o‘z shaxsiy kutubxonasida 15 mingtacha qo‘lyozma va bosma kitoblarni to‘’lab, hammasini Istambuldagi shayx Fazlulloh madrasasiga hadya qilgan edi. 1918- yilda bu yerga Valiuddin, Jorullo va boshqa kutubxonalar ham birlashtirildi. Bu yirik qo‘lyozmalar xazinasi Fotih mahallasida bo‘lganidan, ko‘pincha Fotih kutubxonasi ham deyiladi, so‘nggi vaqtlarda Millat kutubxonasi deyila boshlandi). Ali Amiriy bu ko‘rimsiz qo‘lyozmani bir-ikki varaqlab chiqdi-yu, ammo olishga puli yo‘q edi. Ko‘chadan o‘tib ketayotgan bir do‘stini to‘xtatib, undan qarz oldi. Qo‘lyozmani olib ketgach, Ali Amiriy bir necha kun, erta-yu kech uni varaqlab, undan ko‘zini uza olmas edi. «Kitob oldim, uyga keldim, emak-ichmakni unutdim. Bu kitobga haqiqiy qiymat berilmak lozim bo‘lsa, jahonning xazinalari kifoya qilmas». Axir, bu tamomila yangi bir asar - Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» degan ajoyib durdonasi bo‘lib chiqdi». Mahmud Koshg‘ariyning hayoti haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Uning to‘liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammad-al-Koshg‘ariydir. Mahmud Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. Lekin «Devon»ning oxirida bu «kitob umrini oxiriga etkazgani»ni quyidagi misrada bayon qiladi: «Kuchandi bilagim, eg‘udi tilagim, Tilindi bilagim, tegrab angar jartilur». «Devonu lug‘atit turk» asari esa hijriy 469- yili yozilgan (melodiy 1076-1077). Hoshimiylar sulolasidan, abbosiylar avlodidan bo‘lgan Abulqosim binni Muhammad Muqtadoga armug‘on qilingan. Asarning yozilish tarixi lug‘atda shunday bayon qilingan: «Nok yili turklarning o‘n ikki yil nomlarining biridir. Bu kitobning yozilgan yili nok yili edi». Lug‘at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr boshlarida tug‘ilgan deb hisoblash mumkin. Mahmud Koshg‘ariy so‘z boshidagi «a»ni «ha» qilib talaffuz qiluvchi qabilaga mansub ekanligini bayon qiladi. Bu ma’lumot uning qaysi qabiladan ekanligini aniq ko‘rsatib bermasa ham, lekin bu qabilaning turkiy qabilalar ichida katta nufuzga ega ekanligidan guvohlik beradi. Chunki Mahmud Koshg‘ariy ta’kidlagan fonetik xususiyat keyinchalik turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida shunchalik kengaydiki, so‘z boshidagi «a»dangina emas, balki «O‘», «u» unlilaridan oldin ham «h» orttiriladigan bo‘ldi. Masalan, avuch-havuch, o‘l-ho‘l, o‘kuz -xo‘kuz, ulkar-hulkar va boshqalar. Demak, Maqmud Koshg‘ariy mansub bo‘lgan qabila o‘zbek xalqining shakllanishida ham uzviy bir qavm bo‘lib xizmat qilgan. Mahmud Koshg‘ariyning qaerda, qachon o‘qigani haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. «Devonu lug‘atit turk» asaridek qomusiy bir asarni yaratgan buyuk zot, so‘zsiz, o‘z davrining etuk olimlaridan edi. Xususan, tilshunoslikka katta havas bilan qaragan olim edi. Shuning uchun ham u turkiy urug‘ va qabilalar yashagan barcha erlarni birma-bir kezib, ularning tillaridagi o‘xshash va farkdi jihatlarini anik^aydi. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘atit turk» asaridan tashqari, turkiy tillar sintaksisiga doyr «Javohirun nahv fil lug‘atit turk» («Turkiy tillarning nahv (sintaksis) javohirlari») asarini ham yozganligi haqida ma’lumot beradi. Afsuski, bunday nodir asar bizgacha etib kelmagan yoki haligacha to‘ilgani yo‘q. Mahmud Koshg‘ariy o‘sha davr an’anasiga ko‘ra, barcha asarlarini, jumladan, «Devon»ni ham arab tilida yozdi. «Devonu lug‘atit turk»ning bizgacha birgina qo‘lyozmasi etib kelgan. Qo‘lyozma Istambulda saqlanadi. Uni ko‘chiruvchi kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiy ma’lumotiga ko‘ra, Maqmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxadan ko‘chirilgandir. Bu asar 1915-1917 yillarda uch tomlik kitob holida Istambulda nashr etildi. Nemis sharqshunosi Brokkelman tomonidan 1928 yilda nemis tiliga tarjima etilib, Ley’sigda bosib chiqarildi. Basim Atalay usmonli turk tiliga tarjima qilib, 1939 yilda Anqarada cho‘ etdi. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘atit turk» asarida buxorolik olimning tilidan Muhammad alayxi vasallamning «turk tilini o‘rganing, Chunki ularning hukmronligi uzoq davom etadi» degan hadisi bor ekanligini keltirishi ham shu davrda turkiy qavmlarning ham nufuzi ortib borayotganidan bir nishona edi. Ana shunday tarixiy sharoitda Mahmud Koshg‘ariy fan olamiga kirib keldi. Mahmud Koshg‘ariy o‘sha davrdagi arab ilmiy markazi bo‘lgan Bag‘dodda ta’lim olib, Xalildan tortib Javhariygacha bo‘lgan olimlarning ilmiy merosi bilan chukur tanishdi. Natijada ularning yaxshi jihatlarini qalbiga jo qildi. Tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX asrdan ‘aydo bo‘ldi deyiladi va uning asoschilari sifatida Frans Bopp, Rasmus Rask hamda Yakov Grimmlar e’tirof etiladi. Buning sababi shundaki, G‘arb olimlari Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i bilan XX asrning birinchi choragiga qadar tanish bulmagan. Agar tanish bo‘lganlarida edi, uning tilshunoslikdagi xizmatlari oldida tiz cho‘kkan va qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvogeofafiya singari tilshunoslik yo‘nalishlarining otasi sifatida Mahmud Koshg‘ariyni e’tirof etgan bo‘lardilar. Uning asari oldida ta’zim bajo aylagan mashhur turkolog A. M. Sherbak shunday yozadi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»iga na materialning hajmi jihatidan, namuallifning filologik bilimi jihatidan bas keladigan biron asar yo‘q. «Devon»ning lug‘at deb atalishi uning asl mazmuniga uncha mos kelmaydi. Bunda turkiy tillar grammatikasidan juda keng ma’lumotlar bor... Yana unda turkiy tillar leksikasi, fonetikasiga doyr keng ma’lumotlar, qabilalarning joylanish xususiyatlari, geografik va boshqa xil ma’lumotlar mavjud». Darhaqiqat, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalarni birma-bir kezib, ularning tilidagi farqli xususiyatlarni aniqlaydi, til xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarni guruhlarga tasniflash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi bu haqda shunday deydi: «‘uxta qo‘llanma bo‘lsin deb, har bir qabilaning o‘ziga xos xususiyatlariga qiyosiy qoidalar tuzdim... Bu masalaga qiziqqan mutaxassislarga asarni qo‘llanma qildim» Mahmud Koshg‘ariy o‘z oldiga qo‘ygan ulkan vazifani a’lo darajada bajardi. Barcha sathlar bo‘yicha turkiy tillarni o‘zaro qiyoslab, umumiy va farkuti jihatlarini ajrata oldi. Mahmud Koshg‘ariy sintaksista bag‘ishlab «Javohirun nahv fil lug‘atit turk» asarini yozganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin bu asar bizgacha etib kelmagan. Shuning uchun ham uning sintaktik qarashlari haqida izchil ma’lumot berish qiyin. Xullas, Mahmud Koshg‘ariy turkiy. tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy fonologiyasi, qiyosiy leksikologiyasi, so‘z yasalishi hamda qiyosiy morfologiyasi qaqida batafsil ma’lumot bergan, lug‘at tuzishning namunali mezonini yaratgan, qiyosiy tilshunoslikning, dialektologiya, lingvogeografiya kabi tilshunoslik yo‘nalishlarining asoschisi bo‘lgan buyuk tilshunos olimdir. Download 75.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling