Reja: O`rta Osiyo o`simliklarining umumiy xususiyatlari
Download 37.05 Kb.
|
1363760966 42548
Chala cho`l zonasida yozning issiq va quruq, qishning qattiq sovuq bo`lishi hayvonlarning yashash sharoitiga ta`sir etgan va natijada mavsumiy hayvon turlari vujudga keladi. Yozda janubiy issiq o`lkalarning hayvonlari masalan chayon, cho`l kaltakesagi va ba`zi parrandalar shimolga chala cho`lning uzoq ichki qismigacha kirib boradi va yangi mahalliy sharoitga moslanib, tusini o`zgartiradi, ko`pincha malla yoki qo`ng`ir tusga kiradi, ya`ni tuproq tusini oladi. Qish juda sovuqligi sababli chala cho`lda hayvonlar dashtlardagiga nisbatan oz bo`ladi, qishda ularning ko`pi uyquga kiradi, to`rg`ay, loyxo`rak kabi parrandalar boshqa yerlarga uchib ketadi.
Chala cho`lda suv kam bo`ladi yoki bor suvni ham issiq va taxirligidan ichib bo`lmaydi, shuning uchun hayvonlar suvga tashnaliklarini turli yo`llar bilan qondiradilar. Masalan, oqquyruq juda chopqir hayvon bo`lib, o`tlab yurgan joydan g`oyat uzoqdagi suvloqqa tez borib kela oladi. Bo`ri, tulki, sassiqko`zan, oqsichqon kabi yirtqichlar odatda suvloqlar atrofida yashaydi. Yumronqoziq, qo`shoyoq, olmaxon singari kemiruvchi hayvonlar yegan ovqatidagi nam bilan qanoatlangani sababli suvni oz ichadi yoki butunlay ichmaydi. Chalacho`ldagi hayvonlarning eng ko`p sonlisi yumronqoziqlardir. Malla va kichik yumronqoziqlar ayniqsa ko`p uchraydi. Ular inlarida yashaydi, efemer, shuvoq va sho`ra o`sgan yerlarda ko`p bo`ladi. Chala cho`lda kichik olmaxon, cho`l olasichqoni, turli dala sichqoni va qumsichqon, kalamush, doimiy yer tagida hayot kechiruvchi ko`r sichqon kabi boshqa kemiruvchi hayvonlar nihoyatda ko`p. umuman chala cho`lda sichqon va kalamushlar yerni ilmateshik qilib tashlashgan. Chala cho`lning obod qilinmagan rayonlarida, chunonchi Betpaqdala, Orolbo`yi Qoraqumi va Ustyurtning shimoliy chekkalarida, To`rg`ay o`lkasida, Balxash bo`yi qumlarida tukli hayvonlar yashaydi, oqquyruq va jayron gala-gala bo`lib o`tlab yuradi. Oqquyruq bilan jayron nihoyatda chopqir hayvon bo`lib dushmanlaridan qochganida soatiga 60-70 km yo`l bosa oladi. Chala cho`lning balandroq joylarida, daralar orasida yovvoyi qo`y (arxar) yashaydi. Chala cho`lda o`tmishda qulon ham uchraydi, lekin uni saqlab qolish maqsadida Borsakelmas orolida oqquyruq bilan birgalikda qulonni ham ko`paytirish mo`ljallanmoqda. Chala cho`lda yirtqich hayvonlardan bo`ri, quloqlari katta, oyoqlari ingichka tulki, sassiqko`zan, oqsichqon yashaydi. Parrandalardan oqto`rg`ay va qora to`rg`ay, chopqir yirik yilqichi qush, oq to`shli va qora to`shli ryabka buldurug`i, bulduruq, turna va boshqalar bor. Bu yerda nihoyatda chiroyli tuvaloq yashaydi. O’zbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan. O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi. Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar. Download 37.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling