Reja: O‘sish va rivojlanishning tavsifi


O‘SIMLIKLARNING O‘SISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI


Download 111.5 Kb.
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1062858
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21-MA`RUZA

O‘SIMLIKLARNING O‘SISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI. O‘simliklarning o‘sishiga tashqi sharoitning juda ko‘p omillari ta’sir etadi. CHunki o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun etarli darajada xharorat, yorug‘lik, namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshkalar talab etiladi.
HARORAT. O‘simliklarning o‘sishiga eng faol ta’sir etadigan
lardan biri haroratdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish tezligi harorat 00 dan 350 gacha o‘zgarganda Vant-Goff qonuniga bo‘ysunadi. Lekin harorat 35-400 Sdan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o‘sishga nisbatan ham haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: minimal (eng past), optimal (maqbul), maksimal (eng yuqori). Bu nuqtalar darajasi o‘simliklarning turlariga bog‘liq,.Quyidagi jadvalda ayrim o‘simliklar urug‘larining unib chiqishi uchun harorat darajalari keltirilgan (00S):

O‘simliklarning nomi

Minimal

Optimal

Maksimal

Arpa. suli. bug‘doy
Kungabokar
Makkajo‘xori
Oshqovoq
qovun.
Bodring
G‘o‘za

0-5
5-10
5-10
10-15
15-18
10 - 12

25-
31 -
37-
37-
31 -
25-

31
37
44
44
37
35

31 -
37 -
44 -
44 -
45 -
40 -

37
44
50
50
50
46

O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo‘linadi: 1) issiqsevar o‘simliklar — minimal harorat darajasi 100S dan yuqori, maqbul 30-400S atrofida; 2) sovuqqa chidamli o‘simliklar — minimal harorat O0 dan to 50S va maqbul 25-310S. Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbul harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. CHunki o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olinishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu xharorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling