Reja: O‘sish va rivojlanishning tavsifi
O‘SIMLIKLARNING YOSHIGA NISBATAN O‘ZGARISHLARI
Download 111.5 Kb.
|
21-MA`RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO`P YILLIK POLIKARPIK O‘SIMLIKLARNING KATTA HAYOTIY SIKLLARI.
O‘SIMLIKLARNING YOSHIGA NISBATAN O‘ZGARISHLARI
Hayoti davomida bir marotaba gullab, meva hosil qilib quriydigan o‘simliklarga monokarpiklar deyiladi (yunoncha mono − bir; karpos − meva), masalan, bir yillik o‘tlar. Ko‘p yillik o‘tlar, butalar daraxtlar hayoti davomida ko‘p marotaba gullab meva hosil qiladilar va ularga polikarpiklar (yunoncha poli − ko‘p) deyladi. Ba’zi ko‘p yillik o‘simliklar hayoti davomida bir marotaba gullab, meva hosil qilib ko‘rishadi. SHuning uchun ularni ham monokarpiklar guruhiga kiritish mumkin (ba’zi palmalar, agava, murakkab guldoshlar vakillari sabzi, karam va boshqalar). KO`P YILLIK POLIKARPIK O‘SIMLIKLARNING KATTA HAYOTIY SIKLLARI. Har bir organizm shaxsiy taraqqiyotida − ontogenezida (embrio- nal holatidan to voyaga etib qurigunicha) yoshiga nisbatan turlicha fiziologik o‘zgarishlarni boshidan kechiradi. Bu esa organlar birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, vegetativdan generativ holatga o‘tishi, ma’lum bosqichida vegetativ ko‘payishi, tanasining kattalashib yo‘g‘onlashishi bilan ifodalanadi. Ba’zi urug‘dan ko‘paygan ko‘p yillik polikarpik o‘simliklar ontogenizining ma’lum bir bosqichida partikulyasiya natijasida o‘zining bir butunligini yo‘qotib, bir necha yosh o‘simliklarga ajraladi. Paydo bo‘lgan yosh o‘simliklar o‘zining hayotiy siklini urug‘dan emas, balki onasidan ajralgan vaqtdan boshlaydi. Novdalarini tez-tez almashtirib turadigan o‘tsimon o‘simlik- larning novdalari o‘z hayotiy siklini kurtakdan paydo bo‘lganidan o‘sib, gullab, mevalab er ustki qismi qurigunicha bo‘lgan vaqtda o‘tadi va uni kichik hayotiy sikli deb atash mumkin. O‘simliklarning butun ontogenezi, ya’ni urug‘ining ichidagi murtagi shakllanishdan boshlab butun vegetatsiya davrini o‘tab (klonlari bilan birgalikda), tabiy nabud bo‘lishigacha katta hayotiy sikli deyiladi. Katta hayotiy siklni T.A.Rabotnov (1950) 4 ta davr 8 ta bosqichga ya’ni yoshiga nisbatan xolatiga bo‘lgan I-latent (lat. latens-yopiq, ko‘rinmaydigan) urug‘, II-virginil (maysa, yoshlik, immatur-individ, virginil o‘simlik), III-generativ, IV-senil o‘simlik (qari vegetativ), keyiniroq shu yo‘nalishni rivojlantirib A.A.Uranov (1975) o‘quvchilari bilan o‘simlik ontogenezini 4 ta davr 11 ta bosqichga, ya’ni yoshiga nisbatan holatiga bo‘lgan. Latent (lat. latens - yashirin) davrga tinimdagi urug‘ holati kiradi. Urug‘ unishi bilan o‘simlik hayotida o‘zgarishlar yuz berib murtakdan maysaga o‘tadi. Maysa bosqichidan boshlab o‘simliklar mustaqil hayot kechira boshlaydi, o‘sadi, rivojlanadi. Virginil davrining (lat. Virginitas– qizlik vaqti) yoshlik bosqichida o‘simliklar morfologik tuzilishining, ya’ni barglarning oddiyligi, ildiz sistemasi sust rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda urug‘ palla barglari ko‘pincha saqlanib qoladi. Immatur (lat. immaturus - eyilmagan) yoshidagi o‘simliklar yoshlik bosqichdan o‘tib, to birinchi gullagungacha o‘sib rivojlanadi. Generativ davrda o‘simliklarning reproduktiv (ko‘payish) organ- lari etilib gullash boshlanadi, generativ novdalarning soniga, o‘lchamlariga, ildiz sistemasining qurigan va tirik qismlariga qarab yosh generativ, o‘rta yoshdagi generativ va qari generativ o‘simliklarga bo‘linadi. Ko‘pchilik o‘simliklarning polikarpiklik xususiyatlari ular umirining uzoqligini, ko‘p yil yashashini ko‘rsatadi. Odatda, daraxtlar uzoq umr kechiradi, ulardan keyin butalar, o‘t o‘simliklar esa ularga nisbatan kamroq yashaydi. Barcha hayotiy shakllardagi o‘simliklar (daraxtlar, butalar, butachalar, yarimbutalar va o‘t o‘simliklar) ontogenezining davr va bosqichlarida o‘zining asosiy o‘q qismini, tanasini, kaudeksini saqlab qoladi. Senil davriga etganda eniga kengayishi tuxtab markaziy qismidan boshlab sekin-asta emirila boshlaydi. Ildizpoyali, o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklarning asosiy o‘q qismi o‘zidan paydo bo‘lgan uncha uzoqda bo‘lmagan ildizpoyalar, kaudekslar bilan almashinadi, asosiy o‘q qismi esa qurib boradi. Turli yoshdagi turlicha hayotiy shakllarga ega bo‘lgan o‘simliklar, ontogenezining barcha bosqichlarini o‘tsalarda, ularning morfologik belgilari, umri turlicha bo‘ladi. O‘simliklar hayoti davomida o‘zlari yashayotgan tashqi muhitga, turli ekologik sharoitlarga moslashgan holda o‘sadilar. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling