Reja: O‘sish va rivojlanishning tavsifi


O‘SIMLIKLARNING MAVSUMIY HODISALARI


Download 111.5 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1062858
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21-MA`RUZA

O‘SIMLIKLARNING MAVSUMIY HODISALARI
O‘simliklar hayotiy shakllarining asosiy belgilaridan biri mavsumiy xodisalar bo‘lib hisoblanadi. O‘rta iqlim sharoitida yashagan o‘simliklarda mavsumiy hodisalar uncha sezilarli bo‘lmaydi. Sovuq va qurg‘oqchil iqlim sharoitida o‘sgan o‘simliklarda esa mavsumiy xodisalar ancha keskin borib, morfologik va anatomik tuzilishlarida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Bahorda o‘simliklar uchki kurtaklaridan yillik novdalar shakllanadi, barglar, gullar, to‘pgullar paydo bo‘ladi. SHu bilan birga poya va ildizlarida kambiy jadal ishlab, yangi xujayra va to‘qimalar paydo bo‘ladi. Bu vaqtda o‘simliklarda oziqa moddalarning harakati tezlashadi. YAngi organlarning paydo bo‘lishi jadallashadi. O‘simlik vegetatsiyasi davomida barglarida fotosintez natijasida paydo bo‘lgan organik moddalar kraxmal donachalari, oqsil va yog‘lar sifatida hujayralarda to‘planadi.
Kuz fasli boshlanishi bilan barglar qariy boshlaydi. Natijada barglarda fotosintez, nafas olish jadalligi susayadi, to‘qimalarda oqsil va RNKning miqdori kamayadi, bir xil tuzlarning kristallari ko‘payadi. Xloraplastlar membranalik tuzilishini yo‘qotadi, moddalar almashinishi o‘zgaradi. Organik moddalarning sinteziga nisbatan to‘planishi kamayadi. Natijada qarigan barglardan uglevodlar, aminokislotalar ildizlarga, ildizpoyalarga, tuganak va piyozlarga, floema to‘qimasi orqali harakatlanib, to‘planadi.
Ikkinchi yili bahorda yangi vegetatsiya davri boshlanganda to‘plangan moddalar kurtaklarning harakatiga, yangi novda ildizlarining o‘sishiga, meristema to‘qimalarining jadal ishlashiga sarf bo‘ladi. O‘simliklarda yillik vegetatsiyasi davomida yangi novdalar paydo bo‘ladi, etiladi, vegetativ o‘sish reproduktiv o‘sishga o‘tadi, gul, meva oxiri yana urug‘ paydo bo‘ladi.
Qish kelishi bilan o‘simliklar barglarining to‘kishi shu faslga moslashish xususiyatidir. Novdalar barglarini to‘kib, er ustki qismini qurishidan saqlaydi, poya va tanasida ikkilamchi, uchlamchi po‘st hosil bo‘ladi. Barglarini to‘kkan daraxtlarda qor yig‘ilib qolmaydi va nozik novdalar sinishidan saqlaydi.
Turli o‘simliklarning vegetatsiya muddati, gullash vaqti turlicha bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklar erta bahorda qor ketishi bilan gullay boshlaydi (shaftoli, bodom, o‘rik). Ba’zilari kechroq gullaydi (Yapon soforasi). Ko‘pchilik daraxtlar tagida o‘sadigan o‘tsimon o‘simliklar (Po‘fanak, Burmaqora) daraxtlar barglari paydo bo‘lib, soya tushgunicha gullab, hashoratlar yordamida changlanib oladilar. Cho‘l va adir zonalarida o‘sadigan o‘simliklar (lola, mushuko‘t) erta bahorning namligidan foydalanib, gullab changlanadilar.
Turli gurux o‘simliklar vegetatsiya muddati turlicha bo‘lishi, ularning yil fasllarida yorug‘lik, namlik, haroratning va boshqa omillarning o‘zgarishiga moslashish xususiyatlaridir.


1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling