Reja: O‘sish va rivojlanishning tavsifi
O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI O‘
Download 111.5 Kb.
|
21-MA`RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- URUG‘LARNING UNISHI .
O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI O‘sish —o‘simlik hayotining faollik darajasini ko‘rsatuvchi eng muhim jarayonlardan biridir. Chunki bu jarayon o‘simlik tanasidagi barcha fiziologik va biokimyoviy reaksiyalar natijasida sodir bo‘lib, yangidan-yangi hujayralarning, organlarning hosil bo‘lishi va ularning umumiy quruq massasining ortib borishi bilan tavsiflanadi. O‘simliklarning o‘sishi hayvonlardan farqli ravishda butun ontogenezida davom qiladi va yangidan-yangi organlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun yuz yillik va ming yillik daraxtlarda ham yosh, bir necha kunlik organlarning borligini ko‘rish mumkin.
URUG‘LARNING UNISHI. O‘sish asosan urug‘larning unish jarayonida boshlanadi. Urug‘da asosan uchta muxim qism mavjud: 1) urug‘ni qoplab turadigan va uni tashqi sharoitning noqulay omillari ta’siridan saqlaydigan qobiq. 2) boshlang‘ich murtakdan iborat embrional qism (bargcha, ildizcha va poyaning dastlabki qismi); 3)g‘amlab qo‘yiladigan moddalarning to‘planish joyi. Bir pallali o‘simliklarning urug‘ida g‘amlab qo‘yiladigan moddalar asosan endospermida joylashgan bo‘ladi. Endosperm urug‘ning deyarli hammasini to‘ldirib turadigan bir turdagi parenximatik to‘qimadan iborat, murtak esa bir chetga surilgan bo‘ladi.Masalan, bug‘doy donida buni yaxshi ko‘rish mumkin. Urug‘ning unishi, suvni shimib olib bo‘rtishi, embrional to‘qimalarning o‘sa boshlashi qobiq yorilishiga bog‘liq. O‘sish jarayonida fermentlar ishtirokida murakkab organik moddalarning (oqsillar, polisaxaridlar, yog‘lar) oddiy moddalarga (aminokislotalar, monosaxaridlar, yog‘ kislotalar va boshqalar) parchalanishi sodir bo‘ladi. Buning hisobiga murtakning o‘sishi boshlanadi.. Murtakdan o‘sib chiqqan urug‘bargchalar va ildizchalar mustaqil oziqlana boshlaydi. Urug‘barglar er ustiga chiqqandan keyin yashil tusga kiradi (chunki xlorofill hosil bo‘ladi) va havodan oziqlanish boshlanadi. Ildizchalar esa tuproqdan oziqlana boshlaydi. O‘simliklarning xayvonlardan eng muhim farqi shundaki, ular butun ontogenezi davomida o‘sadi. Oliy, ko‘p hujayrali o‘simliklarning o‘sishi hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi, yangi organlar va to‘qimalar hosil bo‘lish jarayonlarining yig‘indisidan iborat. O‘simliklarning o‘sishi embrional to‘qimalarda — meristemada sodir bo‘ladi, chunki u erda hamma hujayra bo‘linish xususiyatiga ega. Poya va ildizlarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlovchi. meristema ularning ichki qismlarida joylashgan bo‘ladi Ildizlarning o‘sishi ularning uchida, 1 sm dan oshmaydigan juda kalta qismida sodir bo‘ladi. Bu qismi odatda, ildiz qini bilan muhofaza qilinadi. Poyalarning o‘suvchi qismi ildizga nisbatan ancha uzun, 2-30 sm.gacha bo‘ladi. Poya va ildizlar butun ontogenezi davomida o‘sadi. Masalan, daraxtlar bir necha yuz va ming yillargacha ham o‘sadi.Poya, novda va ildizlarning o‘sishi apikal o‘sish deyiladi. CHunki bu apikal meristema (apeks- - o‘sish nuqtasi) hisobiga sodir bo‘ladi. O‘simliklarning eniga o‘sishi lateral (yon) meristema hisobiga sodir bo‘ladi. Bunga kambiy, peritsikl va ferrogen kiradi. Kambiy hujayralarining bo‘linishi va o‘sishi natijasida ksilema va floema elementlari paydo bo‘ladi. Ksilema elementlari floemaga nisbagan ancha ko‘p bo‘ladi. Aksariyat bir pallali o‘simliklarning bargida o‘sish xududi barglarning tubida joylashgan bo‘ladi va shu asosda o‘sa boshlaydi. Lekin ko‘pchilik ikki pallali o‘simliklar bargining o‘sishi bundan farq qiladi. Bu barglarning butun yuzasidagi hujayralar ma’lum davrgacha o‘sish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Barglarning o‘sishi doimiy xususiyatga ega emas, ya’ni ular tez vaqtda muayyan kattalikka etib, o‘sishdan to‘xtaydilar. Shunday qilib, morfogenez o‘simliklarning shakllanishi, embrional hujayralar (sitogenez), to‘qimalar (gistogenez) va organlar (organogenez)ning hosil bo‘lishi, o‘sish va rivojlanishni o‘z ichiga oladi. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling