Reja: Ot so’z turkumi haqida ma’lumot


Download 77.23 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi77.23 Kb.
#1625420
  1   2   3   4
Bog'liq
201-guruh.HO\'AT


Mavzu: Otning grammatik kategoriyalari. Otlarda
son vaegalik kategoriyasi.
Reja:
1.Ot so’z turkumi haqida ma’lumot.
2.Otlarning yasalishi
3.Otlarda egalik kategoriyasi.
4.Otlarda son kategoriyasi.
5.Otlarning sintaktik vazifalari.
Ot so‘z turkumi. Otning ma’no guruhlari haqida. Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam. Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim. Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi: 1) ot tipidagi
so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning –ov, -avlon affiksli turi (ikkov, ikkavlon), fe’lning harakat nomi shakli (o‘qish, yozuv) kiradi; 2) otlashuvchi so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bo‘lgan sifat, son va ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), ba’zi bir ravishlar, fe’lning sifatdosh shakli kiradi.
Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.
Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.
Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.
Otlarning yasalishiHozirgi o`zbek tilida ot so`z turkumi lug`at tarkibida mavjud bo`lgan so`zlarning miqdorini tashkil qiladi. Chunki ot so`z turkumi boshqa so`z turkumlariga nisbatan yangi so`zlar hisobiga tez boyib boradigan turkumdir.
O`zbek tilida ot morfologik, sintaktik va abbreviatsiya usullari bilan yasaladi. Morfologik usul bilan ot yasash. Bu usulga ko`ra so`z negiziga maxsus ot yasovchi affikslarni qo`shish bilan yangi ot yasaladi. Ot yasovchi affikslar ot, sifat, son, olmosh, fel va ravish kabi mustaqil so`z turkumlari, shuningdek, modal va taqlid so`z negizlaridan yasaladi. Morfologik usul bilan ot yasovchi affikslar mano jihatdan quyidagi guruhdagi otlarni yasaydi: 1.Shaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi affikslar. 2.Narsa, qurol, o`lchov birligi otlarini yasovchi affikslar. 3.O`rin-payt otlarini yasovchi affikslar. 4.Abstrakt ot yasovchi affikslar.Shaxs va kasb-hunar oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo`shilib, negizdan anglashilgan predmet bilan bog`liq shaxs otlarini va malum bir soha, kasb bilan shug`ullanuvchi kasb-hunar otlarini yasaydi.
Bu affikslarga quyidagilar kiradi: -chi: tarbiyachi, terimchi, sportchi, tijoratchi, navbatchi -dosh: fikrdosh, kursdosh, zamondosh, suhbatdosh, muallifdosh -gar,-kor: zargar, kimyogar, g`allakor, sanatkor -bon:,-boz: bog`bon, darvozabon, darboz, bedanaboz -paz: oshpaz, somsapaz, kabobpaz -kash: suratkash, aravakash, mehnatkash -dor: chorvador, mulkdor -shunos: tilshunos, tuproqshunos, tabiatshunos -xon: kitobxon, gazetxon, g`azalxon -soz: mashinasoz, traktorsoz, soatsoz -do`z: do`ppido`z, etikdo`z, mahsido`z, gilamdo`z -xo`r: choyxo`r, oshxo`r. Shaxs va kasb-hunar oti yasovchi affikslardan chi eng mahsuldor ot yasovchi affiks sanaladi. Yuqorida qayd etilgan kash, -xo`r, -paz, -do`z, -boz, -gar, -soz, -xon, -shunos so`z yasovchi affikslari tojik tilida fel o`zaklari bo`lib, o`zbek tilida so`z yasovchi affiks vazifasini bajaradi. Narsa, qurol, o`lchov birligi otlarini yasovchi affikslari, asosan, fel negiziga qo`shilib negizdan anglashilgan ish-harakat va holatning natijasi bo`lgan yoki ish-harakatni bajarish uchun qo`llaniladigan narsa, qurol otini yasaydi. Kam hollarda ot, sifat, taqlid so`z negizlari narsa, qurol, o`lchov birligi otlarini yasashga asos bo`la oladi. Bu affikslar quyidagilar: -k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq), -oq: elak, kurak, teshik, pirpirak, bo`lak, bo`yoq, so`roq, chopiq, topshiriq, yutuq, o`roq kabi.
O`rin-payt oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo`shilib, negizdan anglashilgan predmet mavjud bo`lgan, ekiladigan, dam oladigan, yashaydigan o`rin-joy otini yasaydi. Bu affikslarga quyidagilar kiradi: -zor: olmazor, gulzor, bug`doyzor -loq: o`tloq, toshloq, qumloq -iston: O`zbekiston, guliston, qabriston -goh: oromgoh, sayilgoh -xona (affiksoid): choyxona, oshxona, yotoqxona, sartaroshxona -qoq: botqoq (fel negizidan yasalgan o`rin-joy oti). Abstrakt ot yasovchi affikslar ot, sifat, son, olmosh, fel, ravish, bazan modal so`z negizlariga qo`shilib, negiz anglatgan tushuncha bilan bog`liq abstrakt manodagi ot yasaydi. Bular quyidagilar: -lik (-liq): go`zallik, mardlik, yaxshilik (ot negizidan yasalgan); ko`plik, tezlik (ravish negizidan); birlik, yuzlik (son negizidan); qarindoshlik, bolalik (ot negizidan); o`zlik, manmanlik (olmosh negizidan); yo`qlik, borliq (modal so`z negizidan). -ch (-inch): sevinch, quvonch, tayanch, qo`rqinch (fel negizidan yasalgan) -chilik, -garchilik: pillachilik, temirchilik, ipakchilik, odamgarchilik (ot negizidan), xursandchilik (sifat negizidan), yo`qchilik (modal so`z negizidan yasalgan). -gilik, -kilik: ko`rgilik, ichkilik (fel negizidan yasalgan).

Download 77.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling