Reja: Otning ma’no guruhlari. Otning grammatik kategoriyalari 1-§
Download 53.21 Kb.
|
Ot so‘z turkumi 1111
Otdan boshqa so‘zlarda son. Grammatik son kategoriyasi otdan boshqa so‘z turkumlarga ham xos bo‘lib, ular ham birlik va ko‘plikda ishlatilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ayni paytda son kategoriyasi bilan qo‘llanadigan so‘zlar ot o‘rnida ishlatilishi va otlashishi jihatidan ikki guruhni tashkil qiladi.
1.Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism guruhi deb nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh kabilar va fe’lning harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, ism guruhiga mansub Men, hech kim, hech nima va o‘z olmoshlari har doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, asosan, birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va ko‘plikda ishlatilishi mumkin: Sen-senlar, u-ular, biz-bizlar, siz-sizlar, kim-kimlar, har nima-har nimalar kabi. Bu olmoshlardan ba’zilariga –lar affiksi qo‘shilganda ular turli ma’no nozikliklarga ega bo‘ladi: Sen olmoshiga –lar qo‘shilganda tinglovchi va boshqalarga murojaat yoki tinglovchini kamsitish, mensimaslik ma’nosi yuzaga keladi: Senlarga gapirayapman! O‘zlik olmoshiga –lar qo‘shilganda esa piching, kesatiq ma’nosi anglashiladi: O‘zlari qadam ranjida qilibdilar-da. 2. Ism guruhiga mansub sifat, sifat o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, ba’zi ravishlar va fe’lning sifatdosh shakli kabi so‘zlarga –lar affiksi qo‘shilganda otlashish asosida grammatik son tushunchasi yuzaga keladi: yaxshilar, kattalar, kichiklar, o‘shalar, shular, avvallari, ilgrilari, ko‘plar, o‘qiganlar, boradiganlar kabi. Miqdor sonlarga –lar qo‘shilgan-da taxmin-chama ma’nosi hosil bo‘ladi: Soat ikkilarda uchrashamiz. Ko‘plik affiksi fe’llarga qo‘shilganda birgalik nisbati hosil qiluvchi –sh\-ish affiksi bilan sinonim bo‘ladi: bordilar-borishdi, o‘qidilar-o‘qishdi. ADABIYOTLAR М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)www.ziyonet.uz Download 53.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling