Reja Ovqat intoksikatsiyalari,Stafilokok intoksikatsiyasi Botulizm ovqat intoksikatsiyalari
Download 22.1 Kb.
|
Gigiena 28tazasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aflotoksikoz
Mikotoksikozlar. Ovqat mikotoksikozlari asosan surunkali kasallik boiib, organizmda ovqat mahsuloti, g‘alla va g‘alla mahsulotlarida ko‘paygan mikroskopik zamburugiaming hayot faaoliyati mahsulotlari tushishi natijasida paydo boiadi. Mikotoksikozlar yuqori haroratga, hatto 200°C va undan yuqorisiga ham chidamli. Hozirgi kunda mikroskopik zamburugiar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarini zaharsizlantirish usullari maium emas. Mikotoksikozlarga: aflotoksikozlar, alimentar toksik aleykiya (septik angina), "achigan non"dan zaharlanish va ergotizm kiradi.
Aflotoksikoz. Aflotoksikoz toksini birinchi marta 1960 yilda Angliyada parrandalarda g‘uli-g‘uli (kurka hamda o‘rdak jo‘jalari) x-kasalini o‘rganishda aniqlangan. Mikroskopik zamburugiar asosan Aspersillus flavus kam miqdorda boisa ham Penicillium va Rhizopus guruhlari oziq-ovqat mahsulotlarida zaharli moddalar hosil qiladi, ular aflotoksinlar nomini olgan. Aflotoksinlaming 12 turi: B, B2, M2, C, C2 va boshqalaming* kimyoviy tuzilishi aniqlangan. B1 eng kuchli toksigen aflotoksin hisoblanadi. Aflotoksinlar proteolitik, fibriolitik, dermatonekrotik xossalarga ega. Aflotoksin ajratuvchi zamburugiar ko‘pincha yeryong'oqda yeryong‘oq unida yaxshi ko‘payadi. g‘alla mahsulotlarida, bug‘doyda, javdar bug‘doyida, arpada, makkajo‘xorida, uning unida hamda guruchda, dukkakli mahsulotlarda, yog‘ beruvchi madaniy o‘simliklar urug‘ida, какао, kofe urug‘ida, sutda, go‘shtda, tuxumda va boshqa ovqat mahsulotlarida ko‘payadi. Zamburugiar o‘zidan aflotoksinni sovitgichlarda past haroratda ajratishi mumkin, lekin qulay harorat 20-30°C va namlik esa 85-90% ni tashkil qiladi. Surunkali aflotoksikozda jigarda sirroz va birinchi rak kasali, o‘tkir kasallikda esa jigarda nekrozlar hamda yog‘li infiltratsiya borligi aniqlangan. Toksigen zamburug'lardan zararlanishning oldini olish uchun g'alla mahsulotlari, yormalar, kungaboqar, yeryong‘oq, quruq mevalar va shu kabilami saqlash sharoitlariga amal qilish zarur. Mog‘or hosil qiluvchi zamburug‘larning borligi mikologik tekshirishlar, jumladan, kimyoviy va biologik usullar bilan aniqlanadi. Tarkibida 2-15% zamburug* bo‘lgan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilsa bo‘ladi, deb topilgan. Moyli o'simliklar tarkibida (araxis va undan olingan mahsulotlar) aflotoksin B, ning (oxirgi) ruxsat etilgan miqdori xom ashyoning 1 kg miqdorida 30 mkg, bug‘doy, guruch, loviya va boshqa g‘alla mahsulotlarida 10 mkg/kg ni tashkil qiladi. Bolalar uchun tavsiya qilinadigan ovqat mahsulotlari tarkibida aflotoksinlar bo‘lmasligi kerak. Download 22.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling