Reja Ovqat intoksikatsiyalari,Stafilokok intoksikatsiyasi Botulizm ovqat intoksikatsiyalari
Download 22.1 Kb.
|
Gigiena 28tazasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi
- Profilaktikasi
Klinikasi. Botulizm belgilari organizmga tushgan zahar miqdoriga ko‘ra 2 dan 36 soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki alomatlari - "ko‘z simptomlari", buyumlarning qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinishi, ko‘rishning xiralashuvida (buyumlar tuman yoki to ‘r tutilganga o‘xshab) namoyon bo‘ladi. Bemorlar ko'pincha bosh og‘rishidan nolishadi, yurish muvozanati buziladi, bularga tovushning butunlay chiqmay qolishi (afoniya) qo‘shiladi. Kasallik zo‘rayganda alomatlar yanada kuchayadi. Ko‘z simptomlarida ko‘z mushaklari faoliyati buzilishi, qovoqlar va ko‘z soqqasi harakati falajlanishi ko‘riladi. Qorachiqlar yorug‘likdan uncha ta’sirlanmaydi, akkomodatsiya pasaygan, ko‘z soqqalarining o ‘ynab turishi (nistagm), qorachiqlarning notengligi (anizokoriya) ko‘riladi. Yuz mushaklari sezgirligi chegaralanib, hatto yo'qoladi (amimiya). Ba’zi chaynov mushaklarining taranglashib qolishi sababli og‘izni ochish qiyinlashadi. Yumshoq tanglay falajlanadi, yutish buziladi, hiqildoqqa ovqat tushib, qattiq yo‘tal tutadi. Nutq buziladi. Tana harorati o‘zgarmaydi, lekin tomir urishi tezlashadi. Nafas buzilishi kasallik og‘irlashganini bildiradi. 0 ‘z vaqtida maxsus zardob yuborilmasa, 70% hollarda fojia yuz beradi. Nafas markazining zararlanishi oqibatida diafragma falajlanishi sodir bo‘ladi.
Davosi. Faqat maxsus terapiya yaxshi natija beradi. Uni imkoni boricha erta boshlash - botulizmga qarshi antitoksin zardobi yuborilishi kerak С1. botulinum ning hamma turlariga qarshi har bir turdan 50000 A. E dan albatta polivalent zardobini ishlatish lozim. Zardobni 37-38°C gacha haroratda qizdirgandan keyin Bezredko usulida desensibilizatsiya qilinadi. Tezda natijaga erishish uchun zardobni venaga yuborgan ma’qul. Zardob bilan bir qatorda boshqa shpritsda tananing boshqa joyiga anatoksin yuboriladi. Anatoksin ham qo‘zg‘atuvchining hamma turiga qarshi 0,5 ml dan yuboriladi. Klinik o'zgarishlarga qarab zardob va anatoksin yuborishni 5-10-24 soat o'tgach takrorlash mumkin. Zardob dastlabki miqdorda, anatoksin esa har bir turga qarshi ikki barobar ko‘p miqdorda (1 ml dan) yuboriladi. Hayvonlarda qo‘zg‘atuvchining turi aniqlangandan keyin monovalent zardob yuboriladi. Zardob bilan maxsus davolash yana boshqa vositalar orqali to'ldiriladi. Zardob ta’siri biomitsin, levomitsetin, sanazin antibiotiklar kuchaytirishi qayd qilingan. Kasallikning boshlang‘ich davrida me’da yuviladi, toksinni chiqarish uchun karbonat ko‘miri ishlatiladi. Kungaboqar va zaytun moyi ham shunday xususiyatga ega Zaharli moddani imkon qadar tez va ko'proq haydab chiqarish uchun sifonli huqna, surgi dorilar tayinlash maqsadga muvofiq. Ishqoriy mineral tuzlar (borjom, yessentuki) yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bemor asta-sekin sog‘aya boradi. Botulizm kasalligining qaytalangan hollari ham ma’lum. Epidemiologiyasi. So'nggi yillarda botulizm turlari aksari xonadonlarda konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Sanoatda tayyorlangan mahsulotlar iste’mol qilingandan so‘ng bu kasallik kamdankam uchraydigan bo‘lib qoldi, chunki konservalami sterilizatsiylash usuli vegetativ jarayonlamigina emas, balki С 1. botulinum sporalarining ham halok bo‘lishini ta’minlaydi. Uy sharoitida termik ishlov berish yetarli bo‘lmagan holda konservalami germetizatsiya qilishning keng qoMlanishi aksari kasalliklar paydo boMishiga olib keladi. Bu germetik bankalarga solib tayyorlangan qo‘ziqorinlar iste’mol qilinganda ayniqsa ko‘p uchraydi. ZamburugMami Cl. botulinum sporalardan tozalash deyarli mumkin emas, shuning uchun germetik yopilgan bankada sporalar ko‘pincha o‘sa boshlaydi va zahami ko‘p ajratadi. Botulizm zaharining hosil boMishi uchun 20-25°C, ya’ny uy harorati qulay harorat hisoblanadi. Ayniqsa yirik, sirti seryog‘ baliq iste’mol qilinganda botulizm bilan kasallanish hollari uchrab turadi. Baliq to‘r, qarmoq, ilmoqlarda uzoq vaqt qolib ketgan hollarda zararlanadi. С 1. botulinum ichaklardan mushak to‘qimasiga, shuningdek, baliqning yuza joylashgan jarohatlangan to‘qimalariga kiradi. Uyda konservalangan baliq (tuzlangan zog'ora baliq, leshch)lami yeyishdan keyin botulizm hollari ro‘y bergani ma’lum. Profilaktikasi. Dudlangan mahsulotlarni (baliqlar) tayyorlash uchun baliqni sovutish asosiy shart hisoblanadi. Baliq zavodlariga osetr baligMni tiriklayin, ichini shikastlantirmay tozalab, tuz qo‘shib dudlash tavsiya etiladi. Konserva sanoatida xom ashyo sifatini va konservalami sterillash qoidasini qattiq nazorat qilish botulizmdan profilaktika qilishning muhim chorasi hisoblanadi. Cl. botulinum sporalari bilan zararlangan, xom ashyo yetarlicha sterilizatsiya qilinmagan konservalar intoksikatsiya yuz berishi ehtimoli jihatidan katta xavf tug'diradi, chunki sporalar qulay haroratda o'sadi. Anayerob sharoitlar va tegishli haroratning birgalikda yuzaga kelishi zahar hosil boMishiga zamin yaratadi. Qopqog‘i ko'tarilgan konservalami savdo tarmogMga) chiqarish man qilinadi. Konservalangan mahsulotlarni uyda sovitgichlarda (xolodilnik) saqlashning imkoni boMmasa, uy sharoitida (ayniqsa qo‘ziqorinlami) germetik yopiq bankalarda tayyorlamaslik lozim. Uyda konservalashda sirka kislotani yetarlicha solishiing ahamiyati katta. C l. botulinum 4,0 (3,5) dan past pH da ko‘paymaydi, Buning uchun marinadlarda hamda sut kislotali reaksiyada sirka kislota miqdori 2% dan yuqori boMishi kerak. Sut kislotali reaksiyada (pHi 4,5-5,5) C l. botulinum ko‘payadi va zahar hosil qiladi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilish xavfli. Tashxisi. Botulizm o‘ziga xos klinik belgilariga ko‘ra aniqlanadi. Bemorlar analizidan intoksikatsiyaga sabab boMgan mahsulotni ham aniqlash miunkin bo'ladi. Shubha qilingan mahsulotni zudlik bilan iste’moldan chiqarish va botulizm zahari hamda mikrob borligini aiiqlash uchun bakteriologik tekshiruvga jo‘natish zarur. Maxsus davolash oldidan laboratoriya tekshiruvi uchun bemordan 10 ml qon, siydik, ozroq qusuq, me’daning yuvindi suvi olinadi. Tashxisni tasdiqlash uchun botulizm zahariga va botulizm qo‘zg‘atuvchisiga biologik sinama o'tkazish zarur. Shubha qilingan mahsulot filtrati yoki sentrifugati oq sichqonlarga yuboriladi. Sichqonlar turkumidan biriga sentrifugat bilan birga botulizmga qarshi polivalent zardob yuboriladi. Mahsulotda botulizm zahari bo‘lganda dastlabki sichqonlar nobud boiadi, filtrat bilan bir qatorda botulizmga qarshi polivalent zardob yuborilgan sichqonlar esa tirik qoladi. C l botulinum turini aniqlash maqsadida neytralizatsiya reaksiyasi qilinadi. Sichqonlaming har bir turkumiga shubha qilingan mahsulot filtrati bilan bir qatorda C l. botulinumning har xil turlariga qarshi monovalent zardoblardan biri yuboriladi. Monovalent zardob zahari bilan neytrallangan guruhdagi sichqonlar tirik qoladi, bu qo‘zg‘atuvchining turini ko‘rsatadi. Hamma turkum sichqonlar tirik qolgan hollarda botulizm protoksinini faollashtirish uchun filtratga proteolitik fermentlar qo'shib, reaksiyani takrorlash zarur. Download 22.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling