Reja: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish haqidagi ta’limotlar. Dialekteka, Metafizika, Sofistika. Eklektika. Sinergetika
Download 76.16 Kb.
|
Reja O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish haqidagi ta’limotlar. Di
O‘ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH HAQIDAGI TA’LIMOTLAR. FALSAFA QONUNLARI. REJA:
Qonun tushunchasi va uning falsafiy tasnifi. Qarama- qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariqa o‘zaro o‘tish qonuni va inkorni inkordialektikasi. Tayanch tushunchalari. O‘zgarish, harakat, taraqqiyot va o‘zaro aloqadorlik, taraqqiyot, metod va metodologiya, dialekteka, metafizika, rivojlanish va tizimlilik, sababiyat, determinizm, indeterminizm, sinergetika sofistika, eklektika, dialektika, qonun, falsafiy qonunlar, ayniyat va ziddiyat dialektikasi, miqdor va sifat, inkorni inkor dialektikasi, vorislik. 1-savol. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish haqidagi ta’limotlar. Dialekteka, Metafizika, Sofistika. Eklektika. Sinergetika. Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya nima,ular qanday tuzilishgan? Dunyoning asosida nima yotadi? Insonning o‘zi nima? Inson dunyoda qanday o‘rin tutadi? Inson ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson dunyoni bila oladimi? Dunyodagi harakat, o‘zgarish, rivojlanish nima va shu kabi boshqa masalalar bilan qiziqishgan va ularga turlicha javob berib kelishgan. Mazkur masalalar bo‘yicha falsafa va undagi turli oqimlar, ta’limotlar turlicha munosabatda bo‘lib kelishgan. Falsafada dunyoni bilishning, uni o‘rganish va tushuntirishning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki asosiy metodi bor.Bular: dialektika va metafizika ta’limotlaridir.Barcha faylasuflar dunyoni bilishda, uni o‘rganish va tushuntirishda, o‘z falsafiy qarashlarini asoslashda bu ikki metodning biridan foydalanishadi. Falsafiy bilishning bu ta’limotlari, o‘z navbatida, bir-biriga butunlay zid bo‘lgan ikki xil fikrlash usullarining paydo bo‘lishiga ham olib kelgan. Dialektika dunyoni, undagi narsa va hodisalarni, ularning in’ikosi bo‘lgan bizning fikrimiz, tushunchalarimiz, muhokamalarimizni doimo harakatda, o‘zgarishda, taraqqiyotda deb, ularni ayni paytda bir-birlari bilan bog‘liq, aloqador, bir-birlarini taqozo qilib turadi, ular bir-birlari bilan zid va qarama-qarshidir, deb o‘rgatadi. Metafizika esa, dialektikaga qarama-qarshi xolda dunyodagi narsa va hodisalarni, ularning inson ongidagi in’ikoslarini bir-birlari bilan bog‘liq emas, ular bir-birlarini taqozo qilmaydi, ularning har qaysisi o‘zicha mustaqil deb qaraydi. Biz dialektika va unga qarshi bo‘lgan uslublar haqida qisqacha ma’lumot berdik. Biz bu ta’limotlar bilan, shuningdek eng umumiy aloqadorliklarni ifodalovchi falsafiy qonunlar bilan quyida chuqurroq tanishib chiqamiz. Dialektika rivojlanish haqidagi ta’limot sifatida. Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o‘rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki ular to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish qiyin. Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarrachalardan tortib to Er, Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ta’sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi. Bog‘lanishlarning turlari. Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bo‘ladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. CHunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin. Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘lmagan birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Har qanday o‘zgarish esa bu albatta harakatni yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, harakat bu eng avvalo olamdagi har qanday o‘zgari shdir. «Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu erda uning quyidagi qisqa ta’rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo‘lishi mumkin. Aynan shunday o‘zgarishlar, harakat va rivojlanishni e’tirof etishda turli xil ta’limotlar yuzaga kelgan. Eng qadimiy ta’limotlardan biri dialektika hisoblanadi. Dialektika tushunchasi (yunonchadan «dialektika» so‘zidan olingan bo‘lib, suxbat olib borish, baxslashuv san’ati degan ma’noni anglatadi) falsafa tarixida turli ma’nolarda foydalanib kelingan. Baxslashuv san’ati qadimgi grekmgi grek madaniyatida vujudga keldi. Baxslashuv san’atining falsafiy ifodasi qadimgi grek mutafakkiri Suqrot(er.old.469-399y.) ta’limotida yuqori cho‘qisiga etdi. Tarixda Suqrot har qanday haqiqatning mezoni «dialog», ya’ggi savol-javob usuli ekanligini targ‘ibot qilgan mutafakkir sifatida kelgan. Suqrot o‘zidan keyin birorta ham qo‘l yozma qoldirmaganligi tufayli, uning qarashlari asosan shogirdlari tomonidan tartiblashtirilib, ta’limot sifatida tizimlashtirildi. Xususan, Aflatun(er.old.427-347.) Suqrot uslublarini-tushunchalarni tahlil qilish va umumlashtirish dialektikaning asosi sifatida o‘z asarlarida targ‘ibot qilgan.Bu faylasuflar tassavurida baxslashuv natijasida yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi. Bunday yondashish evristik yondashish deb ham atalgan. Dialektikani baxslashuv san’ati sifatida o‘rta asrlar davrida fransuz faylasufi Per Abelyar (1079-1142y.) «Xa va yo‘q» nomli kitobida eng yuqori cho‘qisiga etkazdi. Savol-javob usulida tuzilgan mazkur kitobda baxslashkuv san’ati din peshvolarining kishilarni ishontira olish mahoratini ko‘rsatkich mezoni deb qaralgan. Ko‘rib turibmizki, dialektika dastlab mutafakkirlar tomonidan baxslashuv san’ati, notiqlik mahoratining ko‘rsatkichi sifatida tassavur qilingan ekan. Boshqacha qilib aytilganda, dialektika-«savol-javob» vositasi orqali baxs olib borish qobiliyati, shuningdek, tushunchalarni tah-lil qilish, narsalarni tur va jinslarga tasniflash mahorati deb tushinilgan. Aflotun o‘z idealistik tizimining dialektika uslubi bilan sug‘orilgan xolda mashxur «Parmenid» va «Sofist» dialoglarida quyidagi mazmunda izohlagan, ya’ni har qanday mavjudlik o‘z ziddiyatlilik g‘oyalariga ega. Narsalar dunyosi o‘tkinchi, vaqtincha ko‘rimsiz, ammo g‘oyalar dunyosi doimiy, o‘zgarmas, chin go‘zal dunyodir. Narsalar dunyosi g‘oyalar dunyosining xira ko‘lanka-si, soyasi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Borlyq bir butun va xilma-xil, abadiy va o‘tkinchi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan, sokinlikda va harakatdadir. Aynan shu ziddiyat ruxni, g‘oyani fikrlashga undovchi zaruriy shartdir, deb ta’kidlaydi. Uzoq vaqtlar davomida koinot, o‘simlik, xayvonlar, insonlar o‘zgarmas va barqaror hisoblangan. Dastlab, qadimgi faylasuflar borliqni harakatga xos o‘zgarkuvchanlik xususiyatini ilmiy xulosalarsiz primitiv xolda bo‘lsa-da, lekin tan olingan. Geraklit fikricha, dunyo jonli olov obrazi sifatida tassavur qilingan. "Oqar suvga ikki marta oyoqni qo‘yib bo‘lmaydi" degan mashxur tarixiy ibora ham Geraklitga tegishli bo‘lgan. Bu va shunga o‘xshashash barcha fikrlar oddiy xayotiy kuzatishga asoslangan bo‘lgan. Qadimgi grek mada-niyatida inson xayoti go‘zallikdan barxamand olish deb tassavur qilinar edi. Bu g‘oyaga dunyoning oxiri borligi, inson o‘limi kabi xolatlar hech sig‘mas edi. Bu ziddiyatli xolatdan chiqishni greklar xayotni, o‘zgaruvchanlikni doiraviy, siklik xolda tassavur qilish bilan bog‘lashdi.hamma narsa o‘zgarishda, lekin muayyan doira ichida sodir bo‘ladi. Geraklit ta’limoticha olam, koinot hech kim orqali na inson, na xudo orqali yaratilgan emas, lekin abadiy alanga oluvchi va so‘nib turuvchi olov bizdan oldin, biz bilan va bizdan keyin ham bo‘ladi. Demak, xayot, o‘zgarish, harakat doirasi ichida abadiy siklik aylana borar ekan. Greklar rivojla-nishni, bir biriga o‘tuvchi, bir xolatdan ikkinchi xolatga aylanuvchi doiraviy harakat deb tushinishgan. Lekin rivojlanishni tubdan farq qiluvchi yangi sifatiy sakrash darajasi sifatida tasavvur qila olishmagan. Dialektikani faqatgina baxs emas, balki sifatiy yangi bosqichni ifodalovchi sakrash sifatida ko‘rish dastlab xristian falsafasida o‘z aksini topdi. Dindor faylasuf Avgustin jamiyat xayotini insonning tug‘ilishidan to o‘limigacha bo‘lgan bosqichlarga qiyoslaydi.YA’ni inson tug‘ilishi Avgustinda tarix paydo bo‘lishi bilan, o‘limi esa oxir zamon bilan tenglashtiriladi. Diniy izohda bo‘lsa-da, bu tassavur Antik dunyoda shakllangan xayotning siklik modelini bartaraf etdi. Demak, xayot oddiydan murakkabga va doimo kelajakka tomon yo‘naltirilgan ekan. Rivojlanish g‘oyasini Dekart (1596-1650) yanada yuqoriroq cho‘qiga etkazdi. Xudo olamni yarata turib unga turtki bergan (dindorlar tilida jon ato etgan) va shundan buyon dunyo rivojlanishda, yangilanishda va o‘zgarishdadir . Fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo tarixiy rivojlanish g‘oyalarini ilgari surishgan. Lekin jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchini ruhiy omillar (ahloqiy, diniy va x.k.) da deb bilishgan. Nemis klassik (mumtoz) falsafasining namoyondalari I.Kant (1724-1804) va Gegelda (1770-1831) dialektikani idealistik asosda tushinish yuqori cho‘qisiga etdi. Kantda dialektika inson aqli, idroki olamning sir-asrorini butunlay mutloq egallab olaolmasligini isbotlash vositasi sifatida ifodalanadi.Uning fikricha bilimlar hissiy tajribaga va inson aqliy faoliyatiga asoslanadi. Lekin aqlning yuqori shakllari xudo, aql, erkinlik bunday xislatlarga ega emas. SHuning uchun ham inson aqli idrok qila olmagan xolatlarni dialektika izohlab beradi. Dialektikani idealistik asosda targ‘ib qilishning eng yuqori cho‘qisi - Gegel falsafasida erishildi. Gegel dialektikani voqelikning barcha soxalarini «mutloq g‘oya» dan tabiatga va undan tarixiy jarayonlarga o‘tishni o‘z ichiga oladi. Gegel dialektikasida harkatning umumiy shaklllari tassavur qilingan. Dialektika uchga bo‘linadi:Borliq, mohiyat va tushuncha. Borliq- fikrning eng dastlabki va mavxumiy shakli bo‘lib, sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko‘rib chiqib, uning o‘zida o‘ziga o‘zi qarshi turuvchi va in’ikos etuvchi xolat mohiyat kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Go‘yoki borliqning borliqqa in’ikosi mohiyatni keltirib chiqaradi. Mohiyat bilan hodisaning sintezi voqelik kategoriyasini keltirib chiqaradi.Lekin mohiyat borliqdan ajralgan xolda bo‘la olmaydi. Uzida borliqni ham, mohiyatni ham birlashtiruvchi dialektikaning bosqichini Gegel tushuncha deb bilgan1 Shunday qilib, mavxumlikdan konkretlikka, hodisalarning ichki ziddiyatlarini xal qilinishi asosida ular sifatining bir xoldan ikkinchi xolatga o‘tishi ekan. Bu xolda rivojlanishning o‘zi «mutloq rux» ning borliqdan mohiyatga, mohiyatdan tushunchaga boruvchi bosqichma-bosqich rivojlanishidir. Gegel ob’ektiv idealist sifatida aynan tushunchani borliq va mohiyatning eng yuqori cho‘qqisi deb bilgan. Tushuncha Gegelda ham sub’ekt ham ob’ekt va mutloq g‘oyadir. Gegel fikricha rivojlanishning xar bir bosqichi o‘z prinsipiga ega, ya’ni bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tish, refleksiya (in’ikos) va ichki rivojlanish. Rivojlanishning shu yo‘lida ilmiy tafakkur va falsafiy kategoriyalvr tizimining barcha bosqichlarining dialektikasi ifodalanadi, ya’ni sifat, miqdor, me’yor, mohiyat va hodisa, ayniyat va tafavut,sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, imkoniyat va voqelik va h.k. Gegel dialektikasining modeli sifatida ob’ektiv reallik emas, uni aks etuvchi tafakkur, namoyon bo‘ladi. Gegel ta’kidlashicha, - dunyoda sodir bo‘layotgan barcha hodisalar ob’ektiv reallikda emas, balki g‘oyalarda ifodalanadi. Gegel dialektikasi qanchalik qimmatli bo‘lmasin, u cheklangan edi. CHunki u olamning va bilishning taraqqiyoti tugallangan deb hisoblanadi, unda taraqqiyot g‘oyasi faqat g‘oyaviy hodisalarga joriy etilgan, bir qancha mantiqiy kategoriyalarni rivojlantirishda sxemaviylik, chunonchi, triada va sun’iylik, yasamalik bo‘lgan, dialektik sxemalari tor, biqiq bo‘lgan va bu dialektikadan ilmiy, ijtimoiy xulosalar chiqarilmagan. Gegel dialektikasidan keyin maydonga kelgan materialistik dialektika narsa hodisalarning umumiy aloqadorligi, munosabati, o‘zaro ta’siri, bir-birini taqoza, inkor etishi haqida nazariyani yaratdi. Materialistik dialektikaning nazariy asosi bo‘lib, borliq haqidagi ob’ektiv dialektik ta’limot, dialektik materializmasosida qurilgan bilish nazariyasi va mantiq hisoblanadi. Demak, materialistik dialektika o‘z fundamental nazariy asosiga ega bo‘lgan muayyan murakkab tizimni tashkil etuvchi eng ilg‘or, g‘oyat ilmiy, buyuk ahamiyatli ta’limot ekan. Biz ma’ruzamiz davomida mazkur murakkab tizimning mohiyatini ochib borishga harakat qilamiz. Xozirda esa yuqorida aytilganlarimizga qisqacha xulosa qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi: Birinchidan, dialektika dastlab paydo bo‘lganda baxslashuv san’ati sifatida tan oling‘an bo‘lib, haqiqatga borishning asosiy vositasi sifatida tassavur qilingan. Keyinchalik, madaniyat, fan tarqqiyotida sekin-asta dunyoni bilishning uslubi sifatida ifodalangan; Ikkinchidan, dialektika ta’limot sifatida uch xil tarixiy ko‘rinishida shakllanib, stixiyali dialektika, idealistik dialektika va materialistik dialektika bosqichlarini bosib o‘tgan. (quyidagi sxemaga qarnd). Uchinchidan, dialektika - bu dunyoni tassavur qilishda qo‘llaniladigan tafakkurning o‘ziga xos shunday uslubiki, unda barcha hodisalar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xolda turli xil aloqalarda, qarama-qarshi kuchlar va yo‘nalishlarning bir-birini taqoza qiluvchi munosabatlarida namoyon bo‘ladi deb izohlanadi. Dunyoni bilishning dialektik usuliga qarshi tafakkur usuli falsafa tarixida metafizika deb yuritilgan. Metafizika grekchadan olingan bo‘lib, tom ma’noda fizikadan keyin degan ma’noni anglatadi. Eramizdan oldingi I asrda mutafakkir Andronik Rodosskiy Aristotelning rejasiz, tartibsiz yozilgan falsafiy traktlarni umumlashtirgan xolda tartibga solib 14 kitob xolida yaratgan mazkur to‘plamni «Metafizika» nomi bilan belgiladi. SHu tariqa metafizika atamasi birirnchi bor ishlatila boshladi. Keyinchalik metafizika tushunchasini dialektikaga qarshi uslub sifatida birinchi bor Gegel ishlatgai. Metafizikaga bir tomonlamalik, mavxumlik, butunning tarkibidagi biron-bir xolatni mutloqlashtirish xosdir. Metafizika – dialektikaga qarshi bo‘lgan tafakkurning shunday uslubiki, unda rivojlanishning manbai ichki ziddiyatlardan emas, balki alohida, tugallangan va o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jism, hodisa va jarayonlarning oddiy o‘rin almashuvidan iboratdir deb izohlanadi. Metafizika - Spinoza, Leybnits, Karl Liney kabi mutafakkirlarning qrashlarida o‘z ifodasini topgan. Dogmatizm-(grekchadan qotib qolganlik ma’nosini anglatadi) metafizik tafakkur ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, o‘zgarmas tushunchalar, formulalar asosida o‘rganilayotgan ob’ektning joyi vaqtiga tegishli bo‘lgan aniq sharoitlarini xisobga olmagan xolda biron-bir tomonini mutloqlashtirish, shuningdek, narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlini inkor etishdir. Sofistika- (grekchadan, ustamonlik bilan baxslashuv degan ma’noni anglatadi) metafizik tafakkurning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda ma’lum maqsadga bo‘ysindirilgan haqiqat sirtdan qaraganda go‘yoki shakli to‘g‘ri, lekin haqiqatda bahs ob’ektini ifodala olmaydigan soxta dalillar asosida isbotlanadi. Sofistikaga xos sifatlardan biri - bu hodisalarni ularning o‘zaro aloqadorliklaridan yulib olgan xolda, bir gurux hodisalarga tadbiq qilish, yoki bir tarixiy davrga oid jarayonlarni boshqa bir tarixiy davrga moslashtirishdir. Eklektika (grekcha-tanlayman) - bu muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va ikkinchi darajali bog‘lanishlar o‘rtasidagi farqni hisobga olmaydigan, tasodifiy metodologik uslub bo‘lib, narsa va hodisalarning turli tomonlari va hodisalarini mexanik ravishda birlashtirishga asoslanadi. Grek faylasufi Potamon birinchi bo‘lib bu iborani ishlatgan va o‘z maktabini shu nom bilan atagan. Materialistlar bilan idealistlarni, dialektiklar bilan metafiziklarni birlashtirishga harakat qilgan revizionistlar ham eklektiklarning davomchilaridir. XX asrda rivojlanish haqida dialektikadan farq qiluvchi sinergetika deb nomlanuvchi yangi ta’limot vujudga keldi. Siergetika (yunon sunergia – hamkorlik, hamjihatlik) – sistemalarning o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish nazariyasi, o‘z-o‘zini boshqarish, hozirgi zamon nazariyasi, nochiziqli hodisalarni o‘rganish, dunyoni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy –iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish, tafakkur uslubi. Sinergetika XX asrning 60-70- yillarida I.Prigojin, G.Xaken, I.Stengers, Nikolis G., Klimintovich A. tomonidan asosiy ilmiy yo‘nalish sifatida shakllantira borildi. Sinergetika asosan fizikaviy, kimyoviy, biologik hodisalardagi hamda iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy murakkab jarayonlardagi o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish, o‘z-o‘zining boshqarilishi, tartiblikdan tartibsizlikka (xaos) o‘tish, chiziqli va nochiziqli kabi holatlarning yo‘nalish qonuniyatini topishga intiladi. Boshqacha qilib aytganda sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat, muvozanatsizlik yuilan muvozanat o‘rtasidagi qonuniyatga, tartiblilik bilan tartibsizlik, chiziqlilik bilan chiziqsizlik orasidagi aloqadorlik shaklining mazmuniga tayanadi. Sinergetika ta’limotining asoschilaridщan biri I.Prigojin «Beqarorlik falsafasi» asaridagi fikricha, shu vaqtga qadar, beqarorlik tushunchasiga etarli e’tibor berilmagan. Lekin bugungi zamon fani esa beqarorlikni borliqning muhim jihati deb hisoblaydi. Masalan, mayatnik harakatini e’tibor bersak, uning bir me’yorda tebranishini kuzatish mumkin, agar mayatnikni to‘xtatsak, u dastlabki barqaror holatga qaytadi, agar to‘xtatib qo‘ysak, u yo o‘ng tomonga, yo chap tomonga og‘ib turadi. Bu beqarorlik xolatidir. Beqarorlik hodisalarning sababiy bog‘lanishini bilishning yangi imkoniyatgina emas, balki ilmiy jarayonning insoniylashishidan ham dalolatdir. Uning mohiyati shundan iboratki, ilmiy bilish jarayoniga inson faoliyati qo‘shilgani bois u insoniylashgan jarayondir. Inson o‘z navbatida, shu ilmiy jarayonning tobora butun bir jihatidir. Beqarorlik hodisasini o‘rganish, insonning shu davrga qadar bilmagan ko‘p tomonlarni tushunishga, jumladan, fan imkoniyatlarning cheklanganligni anglashga imkon yaratdi. CHunki fan shu vaqtgacha ko‘proq barqarorlik hodisasiga e’tibor berib kelgan. Buning sababi – barqarorlik determinlashgan dunyoni inson tomonidan to‘liq nazarot qilishi va boshqarishi uchun imkon beradi. SHu bilan birga, barqarorlik tabiatdagi ko‘pgina hodisalar mohiyatiga bir tomonlama yondashash ekanini kuzatish qiyin emas. Biroq bundan tabiat va jamiyatda faqat beqarorlik yoki barqarorlik ayrim holda mavjud ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha beqarorlik va barqarorlik ayni bir paytda paydo bo‘ladi va yashaydi. Sinergetik ta’limot ga ko‘ra har qanday eski tuzilma, yangi tuzilma bilan almashinar ekan, dastavval, beqarorlik, xaos yuz beradi, tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur etadi. Bu nuqtadagi holatni o‘zgarishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Sinergetikada o‘z-o‘zini tashkillashtirish deb muvozanatda bo‘lmagan ochiq tizimlarning oddiy tashkillashtirishdan murakkab tashkillashtirilgan holatlarga spontan tarzda o‘tish jarayoni tushuniladi. Qayd etiladiki, taraqqiyot tartibsizlik (xaoslik) tufayli amalga oshadi. Hozirgi zamon faniga ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tizimlarning rivojlanishi nochiziqli mohiyatga egadir, bu holda har bir tizimning evolyusiyaviy jarayonida ko‘p variantlik rivojlanish imkoniyatlari mavjud va ular qaytarilmaslik tabiatiga ega. Download 76.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling