Tajribaviy amaliy matnlar
Makon, vaqt, makon va vaqtning substantsional va relyatsion kontseptsiyasi, elektromagnit nazariyasi, efir, ob'ektiv idealizm,
absolyut makon kontseptsiyasi, Evklid geometriyasi, nisbiylik nazariyasi, gravitatsiya, makonning ko'p o'lchovliligi, makon va
vaqtning cheksizligi, makon va vaqtning metrik xossalari, davomlilik, lahza, makon va vaqtning topologik xossalari, ko'lam,
vaqt tartibi, makon va vaqtning dinamik va statik kontseptsiyalari, ijtimoiy makon, ijtimoiy vaqt. Harakat, rivojlanish, o'zgarish, o'zgaruvchanlik, harakat va harakatsizlik, taraqqiyot, o'z-o'zidan harakat, barqarorlik, muvozanat,
mexanik harakat, fizik harakat, kimyoviy harakat, biologik harakat, ijtimoiy harakat, divergentsiya, galaktika.
Referat mavzulari
1. Harakat shakllarining o'zaro aloqadorligi
2. Harakat haqidagi zamonaviy kontseptsiyalar
3. Ijtimoiy harakatning o'ziga xos xususiyati
4. Hozirgi davr fani materiya harakatining shakllari haqida
Bilim va ko'nikmalarni baholash materiallari
1. Falsafa tarixidagi mashhur «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo'lmaydi» iborasi muallifi qaysi javobda to'g'ri
berilgan?
A. Geraklit
B. Fales
V. Zenon
G. Platon
2. Tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o'zgarishi bu - ...
A. Harakat
B. Taraqqiyot
V. Rivojlanish
G. O'zgarish
3. Muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo'lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo'lgan holat, mantiqiy
qiyinchilik, muammo qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A. Aporiya
B. Aksioma
V. Teorema
G. Konflikt
4. Mazkur fikr muallifi kim: «Miqdor uchun ko'payish va kamayish, sifat uchun – o'zgarish, makon uchun – ko'chib yurish, mohiyat
uchun – vujudga kelish va yo'q bo'lish mavjud»?
A. Aristotel`
B. Platon
V. A.Bergson
G. B.Spinoza
5. Materiya harakatining nechta asosiy shakli mavjud?
A. Besh
B.Olti
V. Ikki
G. Cheksiz
Do'stlaringiz bilan baham: |