Reja: О‘zbek adabiy tili haqida tushuncha. Fonetik va leksik-semantik me’yor. Morfologik va sintaktik me’yorlar О‘zbek adabiy tili haqida tushuncha


Fonetik va leksik-semantik me’yor


Download 25.57 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi25.57 Kb.
#1792608
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
O\'zbek adabiy til me\'yorlari

Fonetik va leksik-semantik me’yor
Talaffuz me’yorlari aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi – jonli tildagi turlicha talaffuz kо‘rinishlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.
Masalan, о‘zbek shevalarida bir sо‘z turlicha talaffuz qilinadi: yо‘q - jо‘q, kо‘z -gо‘z, ota –ata, aka –oka, anor – onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qо‘shimchasi shevalarda -yap(ti), -op(ti), -ut(ti), -vot(ti) shakllarida qо‘llanadi: boryapti, boropti,borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yо‘q, kо‘z, ota, aka, anor, boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik me’yor) sifatida saralangan.
Tо‘g‘ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda tо‘g‘ri yozish qanchalik muhim bо‘lsa, tо‘g‘ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham о‘quvchi va talabalarda tо‘g‘ri talaffuz kо‘nikmalarining shakllantirilishiga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.
Leksik-semantik me’yor. Hozirgi о‘zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik birliklar alohida о‘rin tutadi va ularning о‘ziga xos me’yoriy xususiyatlari mavjud. О‘zbek tilidagi leksik-frazeologik birliklarning ana shu xususiyatlari yuzasidan A.E.Mamatov ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va bu kuzatishlarning natijasi о‘laroq doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan hamda «Hozirgi zamon о‘zbek adabiy tilida” leksik va frazeologik norma muammolari» nomli monografiya yuzaga kelgan.
«Tilshunos-normalist olimlar, - deb yozadi u, - leksik normaning maqomini haqida turlicha fikrlar aytganlar. Jumladan, O.S.Axmanova leksik normani «bu muayyan bir tilda sо‘z qо‘llash normasidir»,- deb ta’rif bersa, (Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. - M.,), K.S.Gorbachevich esa «sо‘zni tо‘g‘ri tanlash hammaga ma’lum bо‘lgan va umumxalq tomonidan qabul qilingan, о‘rinli sо‘z ishlatishdir», - deb yozadi. Demak, leksik normalarga rioya qilish sо‘zlovchi (yozuvchi) va tinglovchi (о‘kuvchi) tomonidan о‘zaro muloqotda bir-birini tо‘liq tushunishni taqozo qiladi.
Bizningcha, leksik normani ta’riflashda esa adabiy tilning quyidagi belgi va mezonlarini nazarda tuzmoq lozim:
1) uning og‘zaki va yozma shaklda amalga oshirilishini; 2) hududiy va ijtimoiy qо‘llanish doirasini; 3) ma’lum milliy tilning boshqa shakllari bilan adabiy til о‘rtasidagi munosabatlar masalasini inobatga olish kerak. Shunday qilib, leksik norma bu og‘zaki va yozuv tili oppozitsiyasi doirasida leksik vositalarning turlicha amalga oshirilishi о‘rtasidagi munosibliklar, tengliklardir». Demak, tilda asosiy birlik sanalgan sо‘zning lingvostilistik birlik sifatida, aytaylik, kо‘pma’nolilik, sinonimlar va variantlar shaklida bir tushuncha doirasida ma’no anglatish va farqlash imkoniyati tilning boshqa sathlaridagiga qaraganda keng ekan, leksik me’yorlarni belgilash birmuncha qiziqarli va munozarali bо‘ladi. D.Z.Rozental ham «Qayerda tanlash imkoniyati bо‘lsa, о‘sha yerda stilistika boshlanadi», - deb bekorga yozmagan. Leksik birliklar doirasida tanlanish imkoniyatining kо‘pligi uning xususiy me’yorlarining shakllanishiga ham sabab bо‘lgan. Shuning uchun ham tilimizdagi dialektizm, neologizm va okkazionalizm, pleonazm va boshqa leksik birliklarning me’yoriy xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritish leksik me’yor tо‘g‘risidagi tasavvurimizni, shubhasiz, kengaytiradi. Dialektizmlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi. Ayni paytda, bu borada me’yoriy holatlarni belgilovchi о‘lchovlar ham mavjud. «О‘zbek adabiy tilining orfografiyasi, orfoepiyasi va grammatik kurilishi ma’lum tayanch shevalarga (asosan, Toshkent va Farg‘ona shevalariga) asoslangan bо‘lsa-da, leksik jihatdan esa barcha о‘zbek shevalariga asoslangan»ligi qayd etilgan «О‘zbek dialektologiyasi» darsligida ana shu о‘lchovlar kо‘rsatib о‘tilgan. Adabiy til sheva leksikasidan ularning kо‘pchiligi uchun umumiy bо‘lgan sо‘zlarni tanlab olishi va uni о‘z leksik tarkibiga kiritishi (mas., sigir-siir-inak; chakaloq-buvak; tuxum - moyak-yumurta, chumoli-murcha-udrinja-qumurusqa kabilar) ta’kidlangan. Ammo shevalarimizda shunday leksik birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu kabi sо‘zlarning adabiy me’yori haqida nima deyish mumkin? A.Y.Aliyev «O’zbekiston jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va о‘zbek tili nutq madaiiyati» nomli ma’ruzasida «Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lug‘atlarida uchramaydi. Lekin dialekt va shevalarda mavjud bо‘ladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlashni anglatuvchi sо‘z va atamalarni hech ikkilanmasdan shevalardan olib tilga kiritishimiz kerak», - degan fikrni aytib, uning tasdig‘i sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi: chо‘kkala (laganbardor), о‘tik (о‘tadigan joy), kechik (kechib о‘tadigan joy), sarimsok, madang (yog‘ochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalang‘i-qasang‘i (yengil tabiat odam), arpabodiyon (ukrop turi) singari.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling