Reja: О‘zbek adabiy tili haqida tushuncha. Fonetik va leksik-semantik me’yor. Morfologik va sintaktik me’yorlar О‘zbek adabiy tili haqida tushuncha
Morfologik va sintaktik me’yorlar
Download 25.57 Kb.
|
O\'zbek adabiy til me\'yorlari
Morfologik va sintaktik me’yorlar
О‘zbek tili grammatikasi tilshunoslik sohalari orasida nazariy jihatdan bir muncha yaxshi ishlanganligi, sо‘z shakllari, kо‘shimchalar, sо‘z birikmalari va gap qurilishi bir qadar mukammal me’yoriy tavsiyalarga ega bо‘lganligi bilan ajralib turadi. Bu haqda ilmiy adabiyotlarda, darsliklarda, о‘quv kо‘llanmalarida tegishli mulohazalar aytilgan. Morfologik me’yor haqida fikr yuritilganda gap aslida qо‘shimchalar kо‘llashning me’yoriy holatlari haqida boradi. Qaysi guruh qо‘shimchalari bо‘lishidan qat’iy nazar, ular о‘rtasida variantdorlikning, sinonimiyaning mavjudligi nutqda bu qо‘shimchalar me’yorlari yoki ularning buzilishlari haqida, ba’zan esa vazifaviy chegaralanishlari xususida mulohaza yuritishga sharoit yaratadi. Demak, morfologik me’yor tushunchasi tilning ana shu qatlamini qamrab oladi va uning atrofida yuritiladigan fikr-mulohazalar har bir sо‘z turkumi doirasidagi kо‘shimchalar hamda ularning nutq jarayonidagi me’yoriy kо‘rinishlari, agar ular buzilgan bо‘lsa, tuzatish yо‘llari haqida bо‘ladi. Grammatikaning uzviy qismi bо‘lgan morfologiya doirasida me’yor muammolarini anglashga intilish ona tilimiz salohiyatini yanada teranroq his qilishimizga kо‘maklashadi. Bu yо‘nalishda me’yorlashish uzoq davom etadigan tarixiy jarayon ekanligi ma’lum bо‘lib turadi. YA’ni tilimizning morfologik kо‘rsatkichlari qatiy bir holatga kelgunga qadar uzoq davrni bosib о‘tganligi, hatto ularning ma’lum qismi hali ham me’yorlasha olmayotgani ba’zan kо‘zga tashlanadi. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan о‘zgarishlar, о‘tib borayotgan vaqt tilga о‘z ta’sirini о‘tkazmasdan, unda о‘z aksini topmasdan qolmaydi. Masalan, XX asrning boshlari О‘rta Osiyoga, jumladan, bizning yurtimizga ham g‘arbdan sanoat, ishlab chiqarish, savdo, fan va madaniyatga oid yangiliklar shiddat bilan kirib kelgan bir davr edi. Shubhasiz, bu holatlar nafaqat tilimiz leksikasida, balki morfologiyasida ham о‘z aksini topdi. Bu haqda G‘ani Karimov tilimizda sо‘z yasalish imkoniyatlari kengayib borayotganini ta’kidlab, olim shunday yozgan edi: «...boshqa tillardan qabul qilingan sо‘zlar va ot yasovchi -izm , -ist; sifat yasovchi -ik; familiya kо‘rsatkichi -ov, -yeva, -yevna kabi affikslar, rus tilidan qabul qilingan abbreviatura yо‘li bilan ot yasalishi kabilar о‘tgan davr mahsuli bо‘lib, 20- va 30- yillarda juda keng avj olgan va о‘zbek milliy adabiy tilining boyishiga, rivojlapishnga ijobiy ta’sir kо‘rsatgan». Jarayonga ijobiy hodisa sifatida baho bersak, davr nuqgai nazaridan muallif haq. Lekin bu jarayon keyingi paytlarda tilimizni har tomondan о‘rab kelib, siquvga olayotgan edi. Faqat mustaqillikkina uni tо‘xtatib qoldi, tilimiz rivojida boshqa bir muhit paydo bо‘ldi. Yuqorida keltirilgan — ist qо‘shimchasini misol tariqasida olganimizda, u asta-sekinlik bilan о‘z о‘rnini -chi, - navis, -shu, -nos sо‘z yasovchi qо‘shimchalariga bо‘shatib berayotganini kuzatamiz: ocherkist - ocherkchi - ocherknavis, royalist - rol- chi, pianist - pianinochi, romanist - romannavis, folklorist - folklorshunos, traktorist — traktorchi kabi. Shu qо‘shimcha bilan qо‘llaniladigan sо‘zlarning kо‘p qismi esa tilimizdan chiqib bormoqda: ekonomist - iqtisodchi, reformist - islohotchi, shovinist - millatchi, utopist - xayolparast, lingvist - tilchi - tilshunos, yurist - huquqshunos kabi. -chilik/- chiliq qо‘shimchasi me’yorlashuvida ham ayrim о‘zgarishlarni, sezamiz. U paxtachilik, gо‘shtchilik, dehqonchilyak kabi sо‘zlarda davom etgani holda ommachilik, idorachilik sо‘zlarida - viy qо‘shimchasiga о‘rnini bо‘shatib berdi: ommaviy, idoraviy kabi. О‘sha paytlarda arabcha -iyot affiksining bir muncha faolligi seziladi: muzaffariyot; mashzuliyot; ruhiyot, nazariyot. Vaqt о‘tishi bilan sо‘zlarning bu tarzda yasalishi me’yoriy tasdig‘ini topmadi. Shu о‘rinda, sintaktik yо‘l bilan yasalgan kо‘pmingchi, oktabroldi singari misollarga ham e’tiborimizni qaratsak yomon bо‘lmaydi. Chunki 6u sо‘zlar ham yuqorida aytilgan fikrlarni, jumladan, sо‘z yasalishi, undagi yasovchi unsurlarning ishtirok etishi davri bilan hamoqang ekanligini tasdiqlaydi. Binobarnn, bugun ana shu sо‘zga yoki u ifodalaydigan tushunchalarga murojaat qilishga ehtiyoj yо‘q. Ular bir umrga tarix bilan birga tilimiz xazinasiga kо‘chirildi. Kelishiklar me’yori borasida gap ketganda nimalarga e’tibor qilishimiz mumkin? Birinchidan, ularning turli variantlari va bu variantlarning vazifaviy uslublar doirasida qо‘llanish chegarasiga, ikkinchidan, bu kо‘shimchalarning belgili-belgisiz holatiga. Uchinchidan esa, ularning о‘zaro va kelishik kо‘shimchalari bilan sinonimiyasiga. Shu talablar nuqtai nazaridan qaraganda qaratqich kelishigining -ning shakli adabiy tilimiz uchun me’yor sifatida qabul qilingan. Uning - -ting, -tshg, -ding, -d/ng. - ti, -i, -ni, -nung, -dung, -nng shakllari sheva va lahjalar uchun xos bо‘lib, adabiy tilda ishlatilishi me’yorning buzilishi sanaladi. Sо‘zlashuv uslubida ham bu buzilishlar sezilib turadi. Ilmiy va rasmiy uslublarda uning adabiy shakliga qatiy rioya qilinadi. Sintaksis doirasida me’yorning amal qilinishi deganda, avvalo, grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzilgan nutqni kо‘z oldimizga keltiramiz. Grammatik jihatdai tо‘g‘ri bо‘lishlik gap tarkibidagi sо‘zlarning о‘zaro mazmuniy muvofiq kelishiga - valentligiga bog‘liq bо‘ladi. Bu xususiyat, ayniqsa, sо‘z birikmalariga tegishli bо‘lib, ular tarkibidagi semantik va grammatik aloqaning kuchliligi, ulardagi a’zolar yaxlit holda gap tarkibida paradigma hosil qilishi ana shu a’zolar о‘rtasidagi aloqalarning turg‘unligini, binobarin, me’yorning muntazamligini taqozo qiladi. Ana shu muntazamlik tilimiz boyligining turg‘un birikmalar deb ataladigan qismida mavjud va ular asrlar davomida tilimizda deyarli о‘zgarishga uchramasdan abjagini chiqarmoq, avjiga minmoq, avzoyi buzilmoq, adabini yemoq, adi-badi aytishmoq, amalga oshirmoq asabga tegmoq tarzida qо‘llanilib kelinmoqda. Shuni ham esdan chikarmasligimiz kerakki, ular ham о‘rni bilan о‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Badiiy nutq va sо‘zlashuv nutqida shunday holatlarga duch kelamiz. Masalan, badiiy nutqda muallifni tilda mavjud bо‘lgan turg‘un birikmaning aynan shu holati qanoatlantirmaydi, deb xisoblaylik. Shunday paytda u о‘z fikri yoki hissiyotini tо‘laroq ifoda etish uchun birikmani qisman о‘zgartarishlarga uchratib ishlatadi yoki mavjud qolip asosida yangilarini yaratadi. «Odatda, - deydi A.Mamatov, - tilda mavjud frazeologik birliklar obrazi asosida yaratilgan fazeologik xarakterdagi sо‘z birikmalarida norma doirasidagi frazeologizmlarning strukturasi va uning umumiy komponentlari saqlanib qoladi. Shuningdek, asl frazeologik birlikiing umumiy ma’nosi ham okkazional variantda о‘z ifodasini topadi». Shundan sо‘ng ular qiyoslanadi: me’yoriy variant - muallif varianti: xotin deb kо‘ynimga solganim ilon bо‘lib chikdi - bulbul deb qafasga solganim olaqarg‘a bо‘lib chikdi; bildim dedim tutildim, bilmadim dedim qutildim -- qatiq ichgan qutuldi, ayron ichgan tutildi; tili qichimoq - tilini burga chaqmoq; janjal boshlagan Turdali, kaltak yegan Berdali - aravani ot tortarkan-u; it hansirarkan; jonim-jonim deb jonini olmoq - boshini qashlab turib qorniga mushtlamoq kabi. Bu holatlarni grammatik me’yorning buzilishi deb bо‘lmaydi. Demak, sо‘z birikmalaridagi me’yoriy о‘zgarishlarni turg‘un birikmalar tarkibidan axtarish tо‘g‘ri emas. Ayni paytda, yuqoridagi о‘zgarishlarni frazeologik me’yorning buzilishi deb qarashga ham shoshilmaslik kerak. Chunki uni kо‘llanish jarayonining о‘zi belgilab beradi. Agar tavsiya etilgan, yaratilgan yangi variant nutqda erish tuyulsa, muomalada ommalashmasdan, lug‘atga kirmasdan qolib ketaveradi. Binobarin, tilimiz me’yoriy buzilishdan saqlanib qoladi. Mobodo qabul qilinib, ommalashsa, uni me’yorlashdi deb hisoblashga asos paydo bо‘ladi. Erkin sо‘z birikmalarining bitishuvli, boshqaruvli, moslashuvli shakllari mavjud. Ular orasida bitishuvli birikmalar me’yorga munosabati bilan ajralib turadi. Ot+ot tipidagi birikmalarni olib qaraylik : kumush qoshiq, movut chakmon, chilvir belbog‘, zar dо‘ppi, g‘isht devor kabi. Bu birikmalar ongimizda kumush (metall)dan yasalgan qoshiq, movut (material)dan yasalgan chakmon, chilvir (arqon)dan bо‘lgan belbog‘, zardan tikilgan dо‘ppi, g‘ishtdan qurilgan devor tarzida shakllanadi. Ammo ularni aynan shu tarzda qо‘llash me’yor sanalmaydi. Tildagi tejamkorlik, qisqalikka intilish qoidalari ularni dastlab kо‘llagan shakllarda aytish va yozishni taqozo qiladi. Nisbiy sifat + ot tipidagi birikmalar orasida ularning yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi -li qо‘shimchali shakllari mavjud: mazali ovqat, aqlli odam, kulgili holat, g‘ayratli yigit kabi. Bu birikmalarning aniqlovchi qismi ikki a’zodan iborat bо‘lgai kо‘rinishlari ham uchraydi: о‘tkir tig‘li pichoq, qora kо‘zli bola, jigar rangli sumka, о‘ta aqlli odam, juda g‘ayratli ayol, nihoyatda kuchli shamol singari. Ularning bir qismini belgisiz - о‘tkir tig‘li pichoq, qora kо‘z bola, jigar rang sumka tarzida kо‘llash mumkin bо‘lgani holda, ikkinchi qismini bunday kо‘llash mumkin bо‘lmaydi, me’yor buziladi. Shuni ham aytish kerakki, belgili-belgisiz holatlarning nutqda о‘zaro о‘rin almashinib qо‘llanishi grammatik me’yor nuqtai nazardan mumkin bо‘lsa-da, uslubiy me’yor jihatdan ular bir-biridan farqlanadi. «О‘zbek tili grammatikasi» da bu fikrni tasdiqlovchi bir tahlil keltirilgan: qora kо‘zli (bola) umuman bolaning kо‘zi qora, lekin qora kо‘z (bola) birikmasi о‘zaro jipslashganda, rangni emas, butun bir tushuncha - gо‘zallikning belgisini ifodalovchi qо‘shma sо‘zdir. Bu о‘xshatishni boshqa misollar asosida ham davom ettirish mumkin. Boshqaruvli va moslashuvli birikmalarda ham belgli va belgisiz holatlarga duch kelamizki, ularga grammatik me’yor qoidalari asosida munosabat bildirish mumkin. Masalan, jо‘nalish kelishigi uchun asosan belgili holat me’yor sanaladi: vatanga muhabbat, dо‘stga ishonch, xо‘jalikka rahbar, oilaga bosh kabi. Faqat ayrim holatlardagina belgisiz kо‘llanishi mumkin: Kunlarimiz jilg‘alarday о‘tdi oqib, / Maktab bordik - og‘ir bо‘lib qoldik daf’at. (A. Oripov) kabi. Download 25.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling