Reja:. O’zbek milliy harakatli o’yinlari


Download 0.57 Mb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1183983
  1   2   3
Bog'liq
1.MAVZU. Sport-WPS Office


1.MAVZU. Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi faniga kirish, harakatli o‘yinlarni tarixi, turkumlari va pedagogik ahamiyati.
REJA:
1. . O’zbek milliy harakatli o’yinlari
2. Jahon halqlarining harakatli o’yinlari.
3 Harakatli o’yinlar tushunchasi
Harakatli o’yinlar tushunchasi
O‘zbek milliy harakatli o‘yinlarining paydo bo‘lishida va rivojlanishida shu kungacha saqlanib qolgan (yunon, rim, arab-fors mualliflarining qo'lyozmalari, turkiy bitiklar) qadimiy me’mor- chilik obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazilmalaming natijalari, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari (epos, doston, rivoyat, afsona, topishmoq, o‘yin, raqs, musiqa va boshqalar) g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan o'zbek xalq harakatli o‘yinlari jismoniy madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. O‘rganilgan ilmiy-uslubiy va maxsus manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojianishi bilan chambarchas bog’liq bo‘lgan. Bu esa o‘yinlarning xalqimiz madaniy turmush tarzi va jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelgan ligidan dalolat beradi. Lekin ajdodlarimiz o‘yinlarininig tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoiy tuzum davrlaridagi madaniyati, ma’rifati, tarixiy voqealari hamda an’analaridan alohida ajratib o'rganib bo‘lmaydi. Ibtidoiy odamning e’tiqod va tasavurlari olamni bilib borish va idrok etish darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Darhaqiqat, Z. Husaynovaning 1 yozishicha: «o‘tmishda tabiat va tabiat hodisalarining o’zi bir jumboq bo’lganki, odamlar uning srini bilmaganlar va yecha olmaganlar, ularga u sirli bir mo‘jizadek bo‘lib ko’ringan». Shaxs o‘zini qurshab turgan tashqi obyektiv olamni taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalarning qaysi yo‘l bilan yaratilishini anglash, bilish istagida solishtirish, qiyoslash va ba’zan qarama-qarshi qo‘yish bilan o‘rgana boshlangan.
Harakat inson faoliyatining jismoniy tarbiya vositasi sifatida,majmuiy (kompleks) tarbiyaviy jarayondir. O’yinlar esa harakat faoliyatlarini o’stiruvchi va rivojlantiruvchi tabiiy va amaliy omillardan biridir. Ularning mutanosibligi esa harakatli o’yinlar tushunchasini hosil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida harakatli o’yinlar eng muhim vosita sifatida insonlarning jismoniy kamolotini tarbiyalashda xizmat qiluvchi pedagogik jarayon hisoblanadi.
Harakatli o’yinlarning vujudga kelishi va rivojlanishi haqida aniq ma’lumotlar beruvchi manbalar juda ko’p. Ulardan, asosan, ikki yo’nalishdagi tarixiy voqyelikni keltirishning o’zi kifoyadir.
Birinchidan, ibtidoiy jamoa davrida mehnat va ov qilishga o’rganish jarayonida hayotiy harakatlar, tabiatda uchraydigan turli voqyelikni (hayvonlar, parrandalar hayoti, fasllarning almashishi va h.k.) ularni aks ettiruvchi o’yinlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
E’tirof etish joizki, bunday dalillarni taniqli rus olimi N.I.Ponomarev (Leningrad 1972), O’zbekistonlik arxeolog olimlar Ya.G’ulomov (akademik), T.Omonjo’lov (yosh iste’dodli olim) va boshqalarning tadqiqotlarida ham uchratish mumkin. Ya’ni, Termizdagi Dalvarzin tepa, Teshiktosh, Samarqandning Omonqo’ton tog’lari, Toshkent viloyatining Chotqol va Qurma tizma tog’laridagi toshlarga o’yib chizilgan suratlarda ko’rish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston madaniyati va san’atining yetakchi olimlari U.Qoraboyev, M.Murodov, jismoniy madaniyat tarixi namoyandalaridan Yu.S.Щolomiskiy, J.Toshpo’latov (Termiz), H.Botirov (Buxoro), A.Abdumalikov (Toshkent), A.Akromov (Toshkent) va bir qator mutaxassislarning o’quv-uslubiy qo’llanmalarida ham harakatli o’yinlarning paydo bo’lishi, ularning ij timoiy turmush va ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi mohiyatlari bayon etilgan.
Tarixiy manbalar, maxsus adabiyotlarni o’rganish, «Harakatli o’yinlar» to’plamlarini ilmiy-nazariy va pedagogik jihtdan tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, harakatli o’yinlar ijtimoiy tuzumlarning taraqqiyoti, insonlar ongining o’sishi hayot mazmunini ifodalovchi cheksiz ko’p harakatli o’yinlarni yuzaga kelgtirgan.
E’tiborli tomoni shundaki, harakatli o’yinlarning turlari, ularning mazmunlari va ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlari inson mehnati, aql-zakovati, jismoniy kamolotini tasvirlaydi. Shu asosda hosilni yig’ib olish, tabiat hodisalari, fasllarni aks ettiruvchi o’yinlar ko’proqdir. Hayvonlar, parrandalarning o’yinlari (mushuk va sichqon, zovurdagi bo’ri, kalhat, cho’loq hakka va h.k.) orqali insonlarning ijobiy yoki salbiy xislatlari ifoda etiladi.
Harakatli o’yinlar qaysi soha, yo’nalishda bo’lmasin ular insonlarning faol harakatini tezlashtiruvchi, jismoniy rivojlanishni ta’minlovchi va aql-zakovatini (tafakkur) o’stiruvchi ijtimoiy tarbiyaviy xususiyatlarga egadir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling