Reja: O’zbek tilining izohli lug’atida terminlar va sohaga oid so`zlar leksik birlik sifatida


Download 91.5 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1188425
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbek tilining izohli lug’atida sohaviy terminlarning berilishi.

assimilyatsiya:

  1. biologiyada – organizm faoliyati jarayonida organik moddalarning o‘zlashishi, singishi va hazm bo‘lishi;

  2. tilshunoslikda – so‘zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o‘xshab ketishi;

  3. tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini o‘zlashtirishi natijasida unga aralashib qo‘shilib ketishi kabi.

Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-hunarga tegishli bo‘lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish jarayoni ro‘y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha vazifaviy uslublarda qo‘llanila boshlaydi. Masalan; odamni operafsiya qilmoq – valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq; polk shtabi – paxta shtabi, g‘alla shtabi; falsafa ilmi – falsafa o‘qimoq kabi. Ular shu tariqa turg‘un birikmalar tarkibida ham qo‘llanila boshlaydi: gegemonlik qilmoq, avtomat bo‘lib ketmoq, monopoliya qilib olmoq, reytingi baland, gradusi baland, ishiga plyus bo‘lmoq, ishiga minus bo‘lmoq, qo‘shtimoqqa olmoq, zangori kema kapitani va boshqalar.


Xulosa

O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmidagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tildagi holatlarni tayinlashda har bir tilning o‘z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko‘pchilikka ma’qul bo‘lish-bo‘lmaslik jihatlari e’tiborga olinishi kerak.



Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling