1-topshiriq. Tashkiliy hujjatlar nimalarni aks ettiradi va bu guruhga mansub hujjat turlarini sanang.
2-topshiriq. Farmoyish hujjatlar nimalarni aks ettiradi va bu guruhga mansub hujjat turlarini sanang.
3-topshiriq. Ma’lumot-axborot hujjatlar nimalarni aks ettiradi va bu guruhga mansub hujjat turlarini sanang.
4-topshiriq. Xizmat yozishmalari sirasiga kiruvchi hujjat turlarini sanang.
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan slayd tayyorlang.
6-topshiriq. Farmoyish hujjatlaridan namunalar tayyorlang.
Mavzuni o‘zlashtirishga oid tushuncha va atamalar:
Buyruq - muassasaning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi belgilab berilgan hujjat.
Buyruqdan ko'chirma - bajarilishi rejalashtirilgan hujjatning asliga to'g'rilangan nusxasi.
Ko'rsatma - biron-bir korxona boshlig'i yoki mansabdor yuridik shaxsning muayyan ishni bartaraf etishga qaratilgan ifodalar bayoni.
Farmoyish - qonunlarda ko’rsatilan ishlarni ichki tartib asosida olib borishga qaratilgan ishlar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Venna diagrammasi, sinkveyn usuli
Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari
(14-amaliy mashg‘ulot, 2 soat)
Reja:
Ma’lumot-axborot hujjatlari.
Ariza.
Bayonnoma
Bildirishnoma
Dalolatnoma
Ishonchnoma
Ma’lumotnoma
Tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma
Hisobot
Tushuntirish xati, e’lon
Nazorat uchun savollar:
Ariza xizmat mavqeiga ko’ra hujjatlarning qaysi turiga kiradi?
Ariza nima?
Ariza kimlarga yozilishi mumkin?
Qachon arizada arizachining yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo’lmaydi?
Sodda va murakkab arizaning farqi nimada?
Xizmat arizasi qanday mazmunda bo’ladi?
Da’vo arizasi deganda nimani tushunasiz?
Nafaqa belgilash yoki uni qayta hisoblatish uchun ariza kimga yoziladi?
Nafaqa belgilash yoki uni qayta hisoblatish uchun yozilgan ariza talablari?
Do'stlaringiz bilan baham: |