Sinkveyn usuli


Download 60.5 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi60.5 Kb.
#107625
Bog'liq
4-seminar topshiriqlari


4- Seminar topshiriqlari

SINKVEYN” metodi

SINKVEYN USULI

Sinkveyn - fransuz tilida “5 qator” ma’nosini bildiradi. Sinkveyn- ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.

Sinkveyn tuzish qoidalari:

Sinkveyn tuzish- murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir.

Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.

1- qator: Mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).

2- qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).

3- qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so‘z bilan ifodalanadi. (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi).

4- qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi.(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi).

5- qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta so‘z yoziladi (mavzuga sinonim so‘z yoziladi).

1-topshiriq. Quyidagi berilgan pedagogik tushunchalarga “Sinkveyn” metodi yordamida ta’rif bering

SINKVEYN” metodi



Tushuncha-ot

O’qituvchi

2 so`zdan iborat sifat



Malakali o’qituvchi


3 so`zdan iborat fe’l



Malakali o’qituvchi o’qitmoqda


4 so`zdan iborat munosabat



Malakali o’qituvchi yaxshi o’qitmoqda


1 so`zdan iborat sinonim



Ustoz


SINKVEYN” metodi

Tushuncha-ot

Metod

2 so`zdan iborat sifat



Innovatsion metod


3 so`zdan iborat fe’l



Innovatsion metod qo’llanilmoqda


4 so`zdan iborat munosabat



Innovatsion metoddan samarali foydalanilmoqda


1 so`zdan iborat sinonim



usul


2-topshiriq. Quyidagi toifalash jadvalini to’ldiring

Innovatsion ta’limning ta’sirchan vositalari

Tarkibiy qismlari

Kommunikativ vositalar

O‘qituvchining kommunikativ

muloqoti ko'plab funksiyalarga ega bo'lgan tizimdir:

•axborot-kommunikativ;

•regulyatsion-kommunikativ;

•affektiv-kommunikativ.

Pedagogik faoliyatda kommunikativ

vazifalaming ahamivati ko'p qirrali ekanligini o'qituvchi yaxshi his qiladi. Ta’lim-tarbiya davomida o ‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik, o ‘quvchilarni qanday dir jamoaviy ishlami bajarishga

uyushtinsh, jamoa a ’zolarining o ‘zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta'minlash kabi kommunikativ vazifalarning

pedagogik muammolarm hal qilishda yordam beradi.


Ko’rgazmali vositalar

Ko’rgazmali vositalar yordamida o’qituvchi berilayotgan bilimni o’quvchilarga tushunarli o’zlashtirishi uchun keng foydalanadi. Bularga rasm, plakat, buklet, ko’rgazmali video darslar kabi . . jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi

Didaktik vositalar

O‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar tushuniladi.

Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimal-lashtirish funktsiyalarini bajaradi.




Texnik vositalar

Texnik vositalar - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

• ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;

• o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;

• o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;

• o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;

• dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;

• o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;

bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.





Trenajyorlar

Trenajyorlar - ta’limning texnik vositalar turlari tarkibiga kirib, bu jarayonda ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashuvchi nazariyada olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash imkonini beradi.


3-topshiriq. Didaktika haqida ma’lumot bering?

Didaktika (yunoncha didaktikos – o’qitish, o’rgatish) pedagogikaning ma’lumot olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir. Didaktika maktab o’quvchilarini ma’lumotli qilish vazifalariga va shu ma’lumot mazmuniga o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish va ko’nikmalar hosil qilish jarayoniga, ta’lim printsiplari, usullari va uni tashkil etishga oid hamma masalalarni o’rganadi. "Didaktika"atamasi dastlab, asosan XVII asrda chex pedagogi Ya.A.Kоmenskiy tomonidan ishlatilgan. U "Buyuk Didaktika" asаrida (1657) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqdi. XIX asrning o’rtalaridan didaktika pedagogikaning alohida sohaci sifatida ko’p mamlakatlarda o’rganila boshladi.

Didaktika bu - tadqiqot usullari (o’quv jarayonini kuzatish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, o’quvchilаrning ishlarini tahlil qilish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, anketalar tarqatish, matematik usullar va boshqalardan foydalanishdir.

Didaktikaning predmeti - ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qоnuniyatlari o’rganiladi, o’qitish vositalari va usullari samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.

Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir.

Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollashtirishdan iborat.

Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, individual psihik rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni tа’minlаydi.



Bilimlar - bu o’quvchilar ongida tizilimli mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan ma’lumotlar, ilmiy nazariy tushunchalardir. Buni asosida ko’nikma, malaka hosil bo’ladi. O’quvchilarning bilim doirasini kеngaytirish jismoniy kamol topish jarаyonini samarali qiladi. Bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi, ko’nikmalarning hosil bo’lishiga olib keladi.

Ko’nikma bu – shахsni оngli rаvishdа mаqsаdgа yo’nаltirilgаn hаrаkаtlаrni аmаlgа оshirishdаgi qоbiliyatidir.

Ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakagа aylanadi.



Malaka - o’rganib qolingan, muayyan usul bilan behato bajariladigan harakatdir. Malakalar har xil bo’ladi: o’quv malakalari; mehnat malakalari; harakat malakalari (yurish, yugurish, uloqtirish);

Malaka egalangan bilimlar asosida hosil bo’ladi. Ta’limda bilim etakchi o’rinni egallaydi.

Beruniyning ta’kidlashicha, o’qitish izchil, ko’rsatmali, maqsadga muvofiq bo’lishi va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Chunki ko’rsatmalilik ta’limining tushunarliroq va qiziqarliroq bo’lishini ta’minlaydi, tafakkurni rivojlantiradi.

Alisher Navoiy hayotining so’nggi yillarida yaratgan "Mahbub ul qulub " chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega falsafiy asardir. Asarda donishmand allomaning o’gitlari pand-nasihatlari mujassamlashgan. Bu asar boshdan oyoq hikmatu nasihatlarga boy bo’lib, pedagoglar ta’lim jarаyonida bu pandu-nasihatlardan unumli foydalanishlari kerak. Chunki asardagi muammolar bugungi kunimizda ham dolzarbdir.



Didaktika rivojiga buyuk chex pedagogi Yan Amos Kоmenskiy ham katta hissa qo’shgan.

Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib ya’ni unda o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bilimlarni o’zlashtirish jarаyonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi. O’­qituvchi, o’quvchi va talabalardagi fikrlash jarаyonini to’g’ri yo’lga solish uchun amaliyotdan kеng foydalanish kerak. O’quvchi va talabalarning erkin fikrlash qobiliyatini amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo’li bilan o’stirish lozim. Yaqin va O’rta sharqda Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi mutaffakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. Farobiy matematika fani misollari asosida o’qitishning ilmiylik, ko’rsatmalilik, tushunarlilik va izchilik printsiplarini ishlab chiqqan.
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling