Reja: “O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” kursi, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati Tilning jamiyatda tutgan o’rni Til va tafakkur
Download 0.79 Mb.
|
Соха мажмуа (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar: xizmat xatlari, telegramma, telefonogramma, telegraf, telegraf uslubi, xizmat telegrammasi Nazorat uchun savollar
- Topshiriqlar: 1-topshiriq.
- Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari
Sohaviy xizmat yozishmalari
(15-amaliy mashg‘ulot, 2 soat) Rej a: Xizmat xatlari Telegramma, uning vazifasi, o’ziga xos xususiyatlari, ahamiyati Telefonogramma, uning vazifasi, o’ziga xos xususiyatlari, ahamiyati Tayanch so‘z va iboralar: xizmat xatlari, telegramma, telefonogramma, telegraf, telegraf uslubi, xizmat telegrammasi Nazorat uchun savollar: Telegramma qanday hujjat? Xizmat yozishmalarida qachon telegrafdan foydalaniladi? Telegrammaning boshqa ish qog’ozlaridan farqi? Telegramma nechta nusxada tayyorlanadi va nima uchun? Telegramma yozishda qo’yiladigan talablar? “Telegraf uslubi” deganda nimani tushunasiz? Telegrammaning zaruriy qismlari? Telefonogramma qanday hujjat? Telefonogrammaga qo’yiladigan talablar? Telefonogrammaning zaruriy qismlari? Topshiriqlar: 1-topshiriq. Namunadagi hujjat asosida telegramma tayyorlang. 2-topshiriq. Namunadagi hujjat asosida telefonogramma tayyorlang. 4-topshiriq. Xizmat yozishmalari sirasiga kiruvchi hujjat turlarini sanang. 5-topshiriq. Mavzu yuzasidan slayd tayyorlang. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Venna diagrammasi, sinkveyn usuli Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Yo Odilov. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2020. 2. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000. 3. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 4. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015. 5. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017. 6. Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. – Toshkent: FAN, 1992 7. Vasiqalar to’plami. XVI asrning ikkinchi yarmi Samarqand oblastidagi yuridik dokumentlar. – Toshkent: FAN, 1982 8. Sodiqov, Uyg’ur yozuvi tarixi. – Toshkent: M ISHONCHNOMA Men, Kamol Yo’ldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga (pasport ma’lumotlari) Chilonzor tumanidagi 64-aloqa bo‘lim... men... nom... kelgan 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo ‘natma... ol... uchun ishonch bildir... (imzo) K. Yo‘ldoshev. 2021-yil 3-may K. Yo‘ldoshev imzosini tasdiqlayman. Institut kadrlar bo‘limi boshlig‘i (imzo) A Shukurov. (muhr) NAZARIY MA’LUMOT: Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hoi, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi. A R I Z A Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs - jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilaming yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega. Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo'lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavoziminiko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalaming ham hojati bo‘lmaydi. Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim: - ariza yoziladigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi; - ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi; - hujjat nomi (Ariza); - ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); - zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi; - qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); - qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling