Reja: O’zbek tilshunosligining tarixi va rivojlanishi haqida


Download 38.2 Kb.
Sana15.10.2023
Hajmi38.2 Kb.
#1704416
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: O'zbek tilshunosligi va uning rivojlanish yo'llari
Reja:
1.O’zbek tilshunosligining tarixi va rivojlanishi haqida.
2.O’zbek tilshunosligining fonetika sohasi va uning rivoji.
3.Tilshunosligimizning leksikologiya bo’limi va uning taraqqiyoti.
4.O’zbek tilshunosligida morfologiya va frazeologiya bo’limlarining o’rganilishi.
5.Tilshunosligimizda sintaksis sohasi va u bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar.
6.O’zbek leksikografiyasi va yutuqlari.
O‘zbek (qadimgi turkiy) tilini o‘rganish Mahmud Qoshg‘ariydan boshlanadi. Bu alloma eng birinchi turkiy tilshunosi, adabiyotshunosi, elshunosi sifatida nom chiqargan olimdir. U o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” asarida turkiy tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarni ma’lum turkumlarga (ot, fe’l, yordamchi so‘zlarga) ajratgan. Buyuk vatandoshimiz Abudqosim Mahmud az-Zamahshariy ham o‘zining “Muqaddimat ul-adab” asarida otlar, fe’llar, bog‘lovchilar haqida ma’lumot bergan (Bu asarini keyinchalik o‘zi chig‘atoy, ya’ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan).

O‘zbek tili fan sifatida maktablarda XX asrning boshlarida o‘qitila boshlandi. Ana shu davrdan boshlab tilimizni tizimli (sistemali) tarzda o‘rganish boshlangan.


O‘zbek tilshunosligi fanining poydevoriga dastlabki g‘ishtlarni qo‘yishda Abdurauf Fitrat, Elbek, A. Zoiriy, Muhammadamin Muhammadkarimov (Faxriddinov) (1894 – 1941), Munavvarqori Abdurashidxonov (1873 – 1931) va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Hozirgi davrda tilimizni tadqiq qilishda faol ishtirok etayotgan M. Asqarova, Sh. Shoabdurahmonova, A. Hojiyev, A. Rustamov, N. Mahmudov, A. Nurmonov va boshqa o‘nlab yirik tilshunos olimlarni hurmat bilan tilga olishimiz mumkin.
XX asrning boshlarida shakllana boshlagan o'zbek nazariy tilshunosligi bugungi kunga kelib, zamonaviy tilshunoslikning tarkibiy qismiga aylandi. Umumturkiy tilshunoslik uchun ham nazariy, ham amaliy manba bo'lgan M.Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Hayyon kabi zabardast olimlar ilmiy ishlarini eslamaslik mumkin emas.
Mustaqillik yillariga nazar soladigan bo'lsak, o'zbek tilshunosligiga hissa qo'shgan olimlarda ilmiy asarlari o'rganish bilan bog'liq bo'lgan ayrim ishlar qilingan.
Olimning Ayub G'ulomov haqida aytgan bu fikrlari ko'pchilik tomonidan e'tirof etilgan. XX asrning 40-80-yillari o'zbek tilshunosligi taraqqiyoti haqidagi ishlarda, aynan shu fikrlarning qanchalik to'g'ri ekanligini ta'kidlovchi dalillar bilan to'qnashganmiz, haqiqatan ham, Ayub G'ulomov o'zbek nazariy tilshunosligining poydevorini qo'ygan, favqulodda iste'dodga ega bo'lgan betakror tilshunos edi. Shu sababli ham filologiya fanlari doktori, professor Ayub G’ulomov ramziy ma’noda ,,O’zbek tilshunosligining otasi’’ deb e’tirof etiladi.XX asrning 40-yillaridan o’zbek tili ilmiy jihatdan atroflicha chuqur o’rganila boshlandi. O’zbek tilshunosligining o’zbek tilidagi har qaysi sath birliklarini o’rganishga qaratilgan fonetika , morfemika, so’z yasalishi, leksikologiya , morfologiya ,sintaksis kabi bo’limlari shakllana boshladi.
Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi.
O’zbek tili fonetikasi bo’yicha ham samarali ishlar olib borildi. 1953- yilda V.Reshetov va Sh. Shoabdurahmonovlarning ,,Fonetika. O’zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar ’’ , V.Reshetovning ,, O’zbek tili. I qism. Kirish .Fonetika’’ (1959) , A.M.Shcherbakning ,Turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi ’’ (1970) kitoblari nashr etildi.
Abduzuhur Abduazizov 1974- yilda ,,Fonologik sistemalar tipologiyasi’’ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1992-yilda ,,O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi’’ nomli monografiyasini yozdi. 1992-yilda Abdulhamid Nurmonovning ham xuddi shu nomdagi asari nashr etildi. Keyinroq 1999-yilda Miraziz Mirtojiyevning ,,Hozirgi o’zbek adabiy tili . Fonetika’’ asari yaratildi.
O'zbek tilida so'z yasovchi va forma yasovchi affikslar bo'yicha nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi. (YO.Tojiev, M.Jo'raboev, A.Berdialiyev).
Leksikologiya(yunoncha lexis — «soʻz», «nutq burilishi» va logos — «oʻrgatish») — tilshunoslikning tilning lugʻat, lugʻat tarkibini oʻrganuvchi boʻlimi. Leksikologiya quyidagilarni ko'rib chiqadi: 1) so'z va uning ma'nosi; 2) so‘z munosabatlari tizimi; 3) zamonaviy lug'atning shakllanish tarixi; 4) nutqning turli sohalarida so'zlarning ishlashi; 5) so`zning maxsus lisoniy birlik sifatidagi boshqa til birliklaridan farqi; 6) lug‘atning tuzilishi.
Leksikologiya o’zbek tilshunosligining tarkibiy qismi sifatida XX asrning o’rtalaridan boshlab shakllandi. Ozbek leksikologiyasining shakllanishida 50- yillarda nashr etilgan F.Kamolovning ,,O’zbek tili leksikasi’’ , Y.R.Pinxasovning ,, Hozirgi o’zbek tili leksikasi’’ risolalari hamda mualliflar jamoasi tomonidan tuzilgan ,, Hozirgi zamon o’zbek tili’’ (1957) deb nomlangan asar katta ahamiyatga ega. Leksikologiya bo’yicha ham o’zbek tilshunosligida qator tadqiqotlar olib borilgan. O’zbek tili leksikologiyasining rivojiga Azim Hojiyev , Ernst Begmatov kabi olimlar tomonidan yozilgan ,,O’zbek tili leksiklogiyasi’’ (1981), Iristoy Qo’chqortoyevning ,,So’z ma’nosi va uning valentligi’’ (1977) , Ernst Begmatovning ,,Hozirgi o’zbek tilining leksik qatlamlari (1985) , G.Muhammadjonovning ,, O’zbek tili leksikasining ba’zi masalalari’’ (1982) monografiyalari , T.Aliqulov, M.Mirtojiyev, I.Qo’chqortoyev, S.Iskandarova , H.Shamsiddinov va boshqalarning tadqiqotlari leksikologiya sohasini yanada rivojlantirdi .
O'zbek tili leksikologiyasining qatlamlari va har bir qatlamni o'rganishga bag'ishlangan maxsus tadqiqotning vujudga kelishi o'zbek leksikologiyasi takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Shuningdek, Faxri Kamol so'zlarning ko'chma ma'nolari haqida boshlang'ich ma'lumot bergan esada, ko'chma ma'no turlari, ularning hosil bo'lish yo'llari yoritilmagandi. Ana shu muammoni yoritishga M. Mirtojyev va T.Aliqulov bel bog'ladi.
M. Mirtojiyevning «O'zbek tilida polisemiya» va I. Shukurovning «O'zbek tilida troplar’’ asarlarining yaratilishi mazkur muammoni yoritishda katta voqea bo'ldi. Ko'chimlarning u yoki bu turlarini tadqiq etishga bag'ishlangan alohida tadqiqotlarning dunyoga kelishi o'zbek tili leksemalarining ko'chma ma'nolarini chuqurroq o'rganish, metafora, metonimiya kabi hodisalarning lingvistik mohiyatini ochib berishda katta xizmat qildi.
O'zbek tili leksikologiyası bo’yicha erishilgan yutuqlar sintezi sifatida
«O‘zbek tili leksikologiyası» kitobi (1991) maydonga keldi.
Xususan, U Tursunov, J.Muxtorov, Sh Rahmatullayev tomonidan yozilgan ,,Hozirgi o'zbek adabiy tili’’ kitobining leksikologiya qismi o'zbek tavsifiy leksikologiyasidan sistemaviy leksikologiyaga o'tish davri, leksikologiyaning mazkur ikki yo'nalishi o'rtasidagi ko'prik sanaladi. Chunki unda tavsifiy leksikologiya an'analari davom ettirilgan va takomillashtirilgan bo'lishi bilan birga sistemaviy leksikologiyaning asosiy belgilaridan hisoblangan uzviy tahlil uslubi joriy etildi. Bu jihatdan kitobning 2-nashri bilan 3-nashri o'rtasida ham farq mavjud. 2-nashrida so'zning mazmuniy tuzilishi, leksik ma'no turlari izohida
oʻzbek tili leksikologiyasida leksik dubletlar haqida maʼlumot berishi keyinchalik Faxri Kamol o’zbek tili leksikasining rivoji, uning tarixi qatlamlari, unda umumturkiy, o’zbek, fors, tojik, arab, rus va boshqa tillarga doir so’zlarning oʻrni haqida dastlabki maʼlumotni bergan boʻlsa, o’zbek tili leksikasining tarixiy qatlamlari va har bir qatlamini oʻrganishga bagʻishlangan maxsus tadqiqotning vujudga kelishi o’zbek leksikologiyasini takomillashluva katta ahamiyatga ega boʻldi.
Shuningdek, Faxri Kamol soʻzlarining koʻchma maʼnolari haqida boshlang’ich maʼlumot bergan boʻlsa ham, lekin koʻchma ma’no turlari, ularning hosil bo’lish masalalari yoritilmagan edi. Ana shu muammoni yoritishga M. Mirtojiyev va T. Aliqulovlar bel bogʻladilar. M. Mirtojiyevning ,,O’zbek tilida polisemiya’’ N. I.Shukurovning ,,Oʻzbek tilida trolar’’ kitoblarining yaratilishi bu muammoni yoritishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
O’zbek tili frazeologik boyligini to’plash va o’rganish keyinchalik badiiy
adabiyot tili materialida olib borildi. Muqimiy frazeologiyasi (A.SHomaqsudov),
Oydin asarlari frazeologiyasi (M.Husainov), A.Qahhorning frazeologiyasi
novatorligi (I.Qo’chqortoyev) bo’yicha nomzodliklik dissertatsiyalarini himoya qildi.
M.Hakimov 1971-yilda frazeologiyaga oid “Yozuvchi va xalq tili” degan
monografiya e’lon qildi.
Turkiy xalqlar tilshunoslarining, jumladan, M.SH.Gasimov, B.U.Oruzbaeva, R.A.Urekenova, FS Faseev kabl olimlarning ishlari ham o'zbek terminologiyaning rivojiga ulkan hissa bo'lib qoshildi Ma'lumki, tilshunoslikning eng dolzarb, g'oyatda murakkab, ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo'lgan sohasi terminologiyadir. XX asrning 30-yillari o'zbek tilining ko'plab terminologik lug'atlari tuzilib nashr etildi. Shu jarayonda terminlar tarixi, terminlarning ma'no va mavzu guruhlari, grammatik tuzilishi va yasalishlarga nazariy masalalari ham ishlab chiqildi. Ulug' Tursunov, birinchilardan bo'lib, o'zbek tili terminologiyasi masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi va ushbu masalaga bag’ishlab asarlar yozdi.Terminlar qo'llanilishi haqida fikr yuritar ekan professor Ulug’ Tursunov ularni uch guruhga ajratib tahlil qiladi: a) bir sohada qo'llaniladigan terminlar: b) har xil sohada qo'llaniladigan terminlar: v) termin ham oddiy so'z sifatida qo'llanadian terminlar Professor Ulug’ Tursunov asarlarida o'zbek till terminologiyasining boyish manbalari batafsil yoritilgan. O'z asarlarida U.Tursunov o'zbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi hagida ma'lumot beradi. O'zbek till terminologik tizimlarining rivojlanishi, shakllanishi va takomillashuvida shu tilning ichki imkoniyatlari asosiy rolni o'ynaydi. Chunki hayotda ro'y berayotgan ulkan o'zgarishlar, fan va texnika hamda madaniyatning rivojlanishi tilning ichki imkoniyatlaridan maksimal foydalanishni taqozo etadi. Har bir tilda bo'lganidek, o'zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar.
«O'zbek adabiy tilida so'z-terminlar tanlash prinsiplari» kabilar. Bu asarlarda terminlarni hosil qilish to'plash, tartibga solish, unifikatsiyalash va nashr etish sohasidan turli yo’l va borish tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi. Bundan tashqari, terminologiya sohasida ro'y bergan va ro'y berayotgan chalkashliklar yaqqol ko'zga tashlana boshlashi ta'kidlanadi.Professor Ulug’ Tursunovning terminologiya masalalariga bag’ishlangan asarlarida ikki muammo alohida o'rin tutadi:

1. Terminlarning qo'llanilishi.


2. Terminologiyaning boyish manbalari.
Soʻz turkumlari bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tematikasi ancha
keng. O'zbek tilida ravish (S.Fuzailov), numerativ soʻzlar (P.Hamdamov), son
(S.Nizomiddinova) boʻyicha nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi: ko'makchilar (X. Berdiyorov), undalma (A.Sayfullayev), tasviriy so'zlar (R. Kuyg'urozev), kelishiklar (R.Rasulov, O.Oripov, T.Inoyatov), egalik (S.Asliddinov), ish-amal va holat nomlari (F.Isxoqov), fe'l darajalari (S.Ferdaus), fe'l zamonlari (A.Suleymonov, J.Jo'rayeva), fe'lning funksional formalari (S.N.SHohnazarova) maxsus tadqiqotlar oy'ekti bo'ldi. A.Xojiev 1968 yilda oʻzbek tilida toʻliqsiz fe'l bo'yicha doktorlik dissertatsiyasi himoya qildi. U 1975 yilda nashr etilgan akademik grammatikani yozishda ishtirok etdi; "Ko'makchi fe'llar" (1966), "To'liqsiz fel" (1970) monografiyalarini, "Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" (1974) asarini yaratdi.
O’zbek tilshunosligining sintaksis bo’limi ilk bor Fitrat tomonidan ,,Nahv’’ atamasi ostida mustaqil bo’lim sifatida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumiy va S.Dolimovlar ham ,,Nahv’’ asarini yozdilar. O’zbek tilshunosligida O.Usmonov va B.Azizovlar tomonidan ,, Sintaksis’’ nomi ostidagi maktab grammatikasi
1939-yilda yaratildi. Sintaktik tadqiqotlar gap va uning bo'laklari, qo'shma gap sintaksisi masalalari bo'yicha olib berildi. Oʻzbek tilida gap va uning mohiyati sintaktik sath birliklarini ilmiy asosda o’rganish A.G'ulomovning "Sodda gap" (1955) monografiyasida birinchi bor atroflicha yoritildi. Shundan so’ng nashrdan chiqqan ,, O’zbek tilida so’z tartibi’’ (1947), Mazluma Asqarova bilan hammualliflikda yozilgan ,, Hozirgi zamon o’zbek tili. Sintaksis’’ (1960) kabi kitoblari o’zbek tilshunosligida katta voqea bo’ldi.
Keyinchalik gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari (X.Ismatullayev), so'roq gap (A.Ahmedov) maxsus o'rganildi, nominativ gap (X.G'ofurov), majhud konstruksiya (M.Mujdaboyev), deb ravishdoshining sintaktik funksiyalari (M.SHaripov), sabab munosabatining ifodalanish yo'llari (S. G'oyibov) bo'yicha tadqiqotlar olib borildi. I.Toshaliyev "Hozirgi o'zbek adabiy tilida kiritma konstruksiyalar" (1976) monografiyasini e'lon qildi. I.Rasulov oʻzbek tilida bir sostavli gaplar bo'yicha qator asarlar yozdi, 1974 yilda "Hozirgi o'zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar" monografiyasini bostirib, o’zbek tili sintaksis sohasiga o’zining samarali hissasini qo’shdi.
O’zbek leksikografiyasi 50-yillarda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishdi.
R.Abdurahmonov rahbarligida nashr etilgan “russko-o’zbekskiy slovar”(1954),
shuningdek, besh tomlik “russko-o’zbeksiy slovar’’ (1950-1955), A.K.Borokov tahririda nashr etilgan ”O’zbekcha-ruscha lug’at” (1959)da o’zbek tili so’z boyligini deyarli qamrab olindi, o’zbek tilining turg’un birikmalari kengroq izohlandi.
O’zbek leksikografiyasining ilmiy prinsiplarini yaratish bo’yicha ham
birmuncha ishlar qilindi. Bu sohada O.Usmonov, Z.Ma’rufov, S.Akobirov,
A.Xo’jaxonov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.
O’zbek tilida sinonim so’zlar lug’ati (A.Hojiev), antonim so’zlar lug’ati
(SH.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov), frazeologik iboralar lug’ati
(SH.Raxmatullaev), ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati (O.Usmonov) va boshqa
maxsus lug’atlar yaratildi.
O’zbek leksikografiyasi erishgan yutuqlarning natijasi sifatida 1981-yilda
60000 so’z va so’z birikmasini o’z ichiga olgan ikki tomlik “O’zbek tilining izohli
lug’ati” nashr etildi.
O'zbekiston Fanlar Akademiyasining O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilshunoslari bugun o'zbek tilini keng targ'ib qilish, ta'lim tizimi va ish yuritishda o'zbek tili imkoniyatlaridan to'la foydalanishga xizmat qiladigan lug'atlarni, o'quv-amaliy tadqiqotlarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Masalan, 2020-yilda “O'zbek tilining izohli lug'ati” 2-nashri, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo'llanmasi (kirill va lotin yozuvlarida), 2021-yilda “O'zbek tili me'yorlari. Punktuatsiya”, “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli-illyustrativ lug'ati”, “Yuridik terminlarning ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati” tuzildi va ular Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi va moliyaviy ko'magi bilan chop etildi.
Savodxonlik ta'limning bosh masalalaridan biridir. Bugun ta'limning turli bosqichlarida o'qiyotgan o'quvchi-talabalarning savodxonligi talab darajasida emasligi ona tili ta'limining asosiy muammosi sifatida tilga olinmoqda. Albatta, savodxonlik masalasini ko'tarishda darslik va o'quv qo'llanmalari bilan birga, lug'atlarning ham o'rni muhim. Chunki ta'lim oluvchi so'zlarning imlo qoidalariga muvofiq, xatosiz yozilishini imlo lug'atlari yordamida o'rganadi. Tildagi so'zlarning ma'nolarini esa izohli lug'atlar orqali bilib oladi. Ana shu hayotiy zarurat va ta'limiy ehtiyojni teran anglagan holda institutda maktab o'quvchilari va talabalar uchun “O'zbek tilining o'quv imlo lug'ati” nashrga tayyorlandi. 25 000dan ortiq so'zning to'g'ri yozilishini ko'rsatishga mo'ljallangan mazkur lug'atda kundalik hayotda faol qo'llanadigan, ta'lim jarayonida ishlatiladigan so'zlar qamrab olindi. Imloviy savodxonlik borasidagi ishlarni umummilliy miqyosda yaxshilash maqsadida institut xodimlari tomonidan “O'zbek tilining katta imlo lug'ati” qayta nashrga tayyorlandi va unda o'zbek tilidagi 90 000 ga yaqin so'zning imlo qoidalariga muvofiq shakllari berilgan. Ushbu imlo lug'ati 2013 yilda kirill va lotin
yozuvida chop qilingan lug'atning to'ldirilgan, takomillashtirilgan varianti bo'lib, unda o'zbek tilining o'z so'zlari ham, tilimizga yangi kirib kelgan va o'rnashgan so'zlar ham qamrab olingan, o'tgan muddat davomida to'plangan tajribalardan foydalanilgan. Albatta, o'zbek-lotin alifbosini takomillashtirish bo'yicha ishlar hali nihoyasiga etmaganligi sababli ushbu lug'atlar nashr qilingani yo'q. Bizningcha, mazkur imlo lug'atlarini bu jarayonlar nihoyasiga etgandan so'ng chop maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunda institut tilshunoslari “O'zbek tilining izohli lug'ati”ni o'zbek-lotin yozuvida takomillashtirishdek katta loyixa ustida mehnat qilmoqda. Tabiiyki, ushbu lug'at avvalgi nashrlarni takrorlamaydi. Xo'sh, izohli lug'atning o'zbek-lotin alifbosidagi nashrida nimalarga e'tibor berilmoqda?
Birinchidan, lug'at so'zligi kengaytirilmoqda. Ya'ni avvalgi nashrlarga kirmay qolgan so'zlar, iboralar aniqlanib, ularning ma'nolari izohlanmoqda.
Shuningdek, keyingi yillarda tilimizga kirib kelgan yangi o'zlashma so'zlar lingvistik ekspertizadan o'tkazilib, leksikografik izoh berilmoqda. Lug'at so'zligini kengaytirishda sheva materiallaridan, etnografizm va folklorizmlardan ham foydalanilmoqda. Albatta, sheva so'zlarini izohli lug'atga kiritishning leksikografik tartiblari, taomillari bor. Xususan, izohli lug'atga qabul qilinayotgan sheva so'zi bir- ikki hudud shevasi bo'lmasligi, juda tor doirada qo'llanmasligi, aksincha, aksar shevalarda mavjud bo'lishi hamda yozma manbalarda uchrashi kerak.
Lug'atga kiritilayotgan so'zlarni ikkiga ajratish mumkin: tilimizda avval ham bor bo'lgan, biroq lug'atga kirmay qolgan so'zlar; tilimizda yangi paydo bo'lgan so'zlar.
O’zbek tili grammatikasi ancha tugal o’rganilgan. E.D. Polivanov,
A.N.Kononov va boshqa rus olimlarining umumturkologik va o’zbek tili
grammatikasi bo’yicha yozgan asarlari bu sohada olib borilgan tadqiqotlar uchun
nazariy va ilmiy-metodik asos bo’lgan. O’zbek tili grammatikasi bahsining rivojida
Ayub G’ulomov, Ulug’ Tursunov, Faxri Kamolov kabi olimlar katta rol o’ynaydi.
Qo'shma gap- o'zbek tilining qizg'in o'rganilayotgan sohalaridan biri. O'zbek tilida shart va to'siqsiz ergash gapli qo'shma gaplar payt, to'ldiruvchi, bir necha gapli qo'shma gaplar bo'yicha nomzodlik dissertatsiyalari yoqladi.
O'zbek tili punktuatsiyasi bo'yicha qator qo'llanmalar yaratildi.X.G'oziev o'zbek punktuatsiyasi tarixiga oid bir qancha asar yozdi. K.Nazarov «O'zbek tili punktuatsiyasi asoslari,, «Tinish belgilari va yozma nutq» qo'llanmalarini bostirib chiqardi.
O'zbek tili serdialekt va sersheva tillardan biri. Uning dialektik tarkibini keng asosda o'rganish, asosan, Oktyabr to'ntarishidan keyin boshlandi.O'zbek tilshunosligida bu sohaning dastlabki yirik vakillari E.D.Polivanov, K.K.Yudaxin edi. Ularning ilmiy tadqiqotlari o'zbek dialektologiyasi fanining rivoji uchun nazariy va metodik asosi bo'ldi.
O'zbek tilshunosligida dialektologik tadqiqotlar bir necha yo'nalishda olib borildi.
Ko'p dialektologlar o'zbek tilining muayyan joylar bilan bog'liq shevalarini o'rgandilar. Bu yo'nalishdagi tadqiqotlarning dastlabki namunalari E.D.Polivanov, Yudax in tomonidan yaratildi. V.V.Reshetov 1952-yilda Toshkent viloyat Qurama shevalarining fonetik-morfologik sistemalari bo'yicha doktorlik dissertatsiyasi himoya qildi. U o'zbek shevalari to'g'risida juda ko'p ilmiy asar va metodik
qo'llanmalar yozdi. 1959 yilda nashr etilgan «O'zbek tili (kirish va fonetika)» asari o'zbek dialektologiyasi faniga qo'shilgan jiddiy hissa bo'ldi.
A.Shermatov 1978 yilda o'zbek tilining Qashqadaryo shevalari bo'yicha ham ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Muayyan etnik nom bilan bog'liq bo'lgan o'zbek shevalari bo'yicha tadqiqotlar olib bordi. O'zbek tilining qipchoq shevasi, nayman-mang'it, turk-kaltatoy, turk-barlos shevalari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyalari yoqladi.
Adabiy til va shevalarning o'zaro munosabati o'zbek tilshunosligining asosiy muammolari qatoriga kiradi. Sh.Shoabdurahmonov 1963 yilda «O'zbek adabiy tili va o'zbek shevalari» temasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu nomda monografiyasi nashr etildi. Shoabdurahmonov o'zbek tilshunosligining aktual masalalari bo'yicha qator maqolalar yozdi, oliy o'quv yurtlari uchun o'zbek tili bo'yicha darslik va qo'llanmalar yaratishda ishtirok etdi.
X.Doniyorov 1977 yilda «SHarqiy qipchoq shevalari va ularning o'zbek adabiy tili taraqqiyotidagi o'rni» degan temada doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
O'zbek tilshunosligida tarixiy tematika, asosan, o'tmish yozma yodgorliklari tilini ayrim grammatik kategoriyalarining rivojlanish tarixini va o'zbek adabiy tili taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish bilan bog'liq bo'ldi.
Bir guruh tilshunoslar XI-XIII asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni lingvistik o'rganish bilan shug'ullandi. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» asarining tili, Ahmad Yugnakiy «Hibbat-ul-haqoyiq» asarining tili bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoya qildi. O'zbek tilshunoslaridan bir guruhi XIV asr yozma yodgorliklarining tilini o'rgandi.
Klassik o'zbek adabiy tili ancha mukammal o'rganildi. A.Navoiy asarlari tilida qo'shma so'zlar, sinonim so'zlar, Navoiy prozasining leksik-stilistik xususiyatlari «Farhod va Shirin» dostonining tili, «Majolis un-nafois» asarining leksikasi, «Qissas-ul-Rabg'uziy» tili bo'yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
O'zbek tilshunosligida tarixiy tematikaning umumiy yo'nalishlaridan biri grammatik kategoriyalar taraqqiyotini o'rganish bilan bog'liq bo'ldi. J.Muxtorov 1971 yilda «O'zbek tilida sifatdosh formalarining rivojlanish tarixi» degan temada doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
A.SHukurov ko'pgina monografiyalar yaratdi. 1975 yilda «O'zbek tili yozma yodgorliklari tilida fe'l mayllari va zamonlari» temasida doktorlik dissertatsiyalarini yoqladi.
O'zbek tilshunosligida stilistik tadqiqotlar ko'proq badiiy adabiyot tili materialida olib boriladi. A.SHomaqsudovning «Muqimiy satirasining tili», I.Qo'chqortoyevning «Badiiy nutq stilistikasi» asarlari bosilib chiqdi.
So'ngi yillarda yozuvchlarning ijodiy laboratoriyasi, ular asarlarining tili ham lingvostilistik planda o'rganila boshlandi.
O'zbek tilini boshqa tillarga taqqoslab o'rganish ma'lum tarixga ega. O'zbek va fors-tojik tillarining o'zaro munosabatiga juda qadimdan e'tibor qilinganligi ma'lum. To'ntarishdan keyin bu tematikaga qiziqish kuchaydi. O'zbek va tojik tillarining o'zaro munosabati bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Bu sohada A.K.Borovkovning «Tojik-o'zbek ikki tilligi va tojik ham o'zbek tillarining bir-biriga ta'siri» nomli asari alohida ahamiyatga ega.
O'zbek adabiy tilining ilmiy-akademik tasviriga bag'ishlangan asarining uchinchi nashri boshqacha planda amalga oshirildi. Rus tilshunosligida rasmiy tus olgan an'anaga ko'ra bu gal o'zbek adabiy tilining faqat grammatik qurilishini yoritish maqsad qilib qo'yildi.
Akademik grammatika printsiplari asosida yozilgan va G'.A.Abdurahmonov, Sh.SH.SHoabdurahmonov, A.P.Hojievlar muharrirligida 1975-1976 yillarda bosilib chiqqan bu asarning birinchi tomida o'zbek adabiy tilining morfologik
tuzilishi, ikkinchi tomida esa o'zbek adabiy tilining sintaktik qurilishi yoritildi.
Mustaqillik davrida ona tilini o'rganishda, tilni tizim sifatida tadqiq va talqin etishda ko'plab kitoblar yozildi, ilmiy-lisoniy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, E.Begmatov, H. Ne'matov, O.Bozorov, R.Rasulov, Sh.SHahobiddinova, B.Mengliyev kabi tilshunoslarning xizmatlarini alohida qayd etish zarur.
O'zbek tilini boshqa tillarga taqqoslab o'rganish ma'lum tarixga ega. O'zbek va fors-tojik tillarining o'zaro munosabatiga juda qadim dan e'tibor qilinganligi
ma'lum. To'ntarishdan keyin bu tematikaga qiziqish kuchaydi. O'zbek va tojik
tillarining o'zaro munosabati bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Bu sohada A.K.Borovkovning «Tojik-o'zbek ikki tilligi va tojik ham o'zbek tillarining bir-biriga ta'siri» nomli asari alohida ahamiyatga ega.
O'zbek adabiy tilining ilmiy-akademik tasviriga bag'ishlangan asarining uchinchi nashri boshqacha planda amalga oshirildi. Rus tilshunosligida rasmiy tus olgan an'anaga ko'ra bu gal o'zbek adabiy tilining faqat grammatik qurilishini yoritish maqsad qilib qo'yildi.
Akademik grammatika printsiplari asosida yozilgan va G'.A.Abdurahmonov, Sh.SH.SHoabdurahmonov, A.P.Hojiyevlar muharrirligida 1975-1976 yillarda
bosilib chiqqan bu asarning birinchi tomida o'zbek adabiy tilining morfologik
tuzilishi, ikkinchi tomida esa o'zbek adabiy tilining sintaktik qurilishi yoritildi. Mustaqillik davrida ona tilini o'rganishda, tilni tizim sifatida tadqiq va talqin etishda ko'plab kitoblar yozildi, ilmiy-lisoniy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, E.Begmatov, H. Ne'matov, O.Bozorov, R.Rasulov, Sh.SHahobiddinova, B.Mengliev kabi tilshunoslarning xizmatlarini alohida qayd etish zarur.O`zbek tilshunoslik maktablariga Toshkent tilshunoslik maktabi, Andijon tilshunoslik maktabi, Namangan tilshunoslik maktabi, Buxoro tilshunoslik maktabi, Samarqand tilshunoslik maktablari va endigina rivojlanib kelayotgan Namangan tilshunoslik maktablari kiradi.
O‘zbek tilshunosligining ulug‘ darg‘alari kamol topgan maskan, tarixiy ildizlari Mirzo Ulug‘bek oliy madrasasiga borib taqaladigan Samarqand davlat universiteti o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida ilm-u ma’rifatning beshigiga aylandi. Bu qutlug‘ dargohda shakllangan ilmiy-pedagogik maktablar tayyorlab bergan yuqori malakali mutaxassis kadrlar turli yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy taraqqayotiga munosib hissa qo‘shdi.Samarqand tilshunoslik maktabi vujudga kelishida va uning taraqqiyotida munosib iz qoldirgan ziyolilarni- tilshunos olimlarni yod etish hamda ularning shonli faoliyati haqida to‘xtalib o’tamiz.
Samarqand tilshunoslik maktabi, ya`ni Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida 21ta fan doktorlari bor va bu maktab eng rivojlangan maktablardan biridir.Samarqand tilshunoslik maktabi asoschisi Ulug` Tursunov hisoblanadi.
Ulugʻ Toshmuhammedovich Tursunov (1905.9.1, Qoʻqon 1971.20.6, Samarqand) — tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), professor (1958), filologiya fanlari nomzodi (1941).
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). Fargʻona ped. texnikumini (1924) va Leningrad sharqshunoslik institutini (1930) tugatgan. Margʻilonda maktab
oʻqituvchisi (1924 —25), Qoʻqonda bolalar uyi oʻquv boʻlimi mudiri (1925 — 27). 1930 — 32 yillarda bir paytning oʻzida Til va terminologiya qoʻmitasida ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo universitetida oʻqituvchi va Tojik agropedagogika instituti (Toshkent) da kafedra mudiri, 1933 — 34 yillarda Oʻzbekiston madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida sektor mudiri, 1934 — 36 yillarda Til va adabiyot institutida direktor urinbosari va sektor mudiri, 1936 — 71 yillarda Samarqand universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri. Samarqand davlat universitetining o’zbek tilshunosligi kafedrasi universitet bilan tengdosh kafedralardan biridir. O’zbek tilshunosligi kafedrasida Abdurauf Fitrat, Yevgeniy Polivanov, G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov, Abdurahmon Sulaymonov , Hamdam Berdiyorov, Rahmatulla Qo’ng’urov, Xudoyberdi Doniyorov, Abdujabbor Muxtorov, Vahob Egamov, Bozorboy O’rinboyev, Bekmurod Yo’ldoshev, Jo’raboy Hamdamov kabi yetakchi olimlar ishlashgan.
Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha yaratilgan alohida nashrlar soni 100 dan ortadi. Ular orasida yirik hajmdagi monografiyalardan tortib, oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar ham mavjud. Shu davr mobaynida kafedrada 200 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi. Ular orasida fan arboblari, akademiklar, professorlar, dosentlar, xalq o’qituvchilari va murabbiylari bor.
Bugungi kunda O’zbek tilshunosligi kafedrasida 4 nafar fan doktori, professor (S.Karimov, U.Sanaqulov, J.Eltazarov, A.Pardayev), 5 nafar nafar fan nomzodlari, dosentlar (D.O’rinbayeva, R.Suvonova, A.G’afforov, Sh.Maxmadiyev, O.Yusupova), 6 nafar o’qituvchilar (Sh.Normo’minov, S.Umirova, D.Islomova, B.Xolmuxamedov, F.Nurmonov, M.Bobotoyev)lar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ular kafedra bosh istiqbol rejasi bo’lgan “O’zbek tili lug’aviy va grammatik birliklarining funksional-pragmatik va kognitiv-uslubiy masalalari» (sinxron va diaxron aspekt)” mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
O’zbek tilshunosligi kafedrasining ahil jamoasi Ulug’ Tursunov shakllantirgan Samarqand tilshunoslik maktabi an’analarini davom ettirib, talabalarga bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarini bugungi kunda ham sobitqadamlik bilan davom ettirmoqdalar. Kafedra a’zolari respublika, viloyat ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishda, jamoat topshiriqlarini uddalashda ham faollik ko’rsatmoqda.Buxoro tilshunoslik maktabi asoschisi esa Hamid Ne`matovdir. Ne'matov Hamid G'ulomovich- 1941-yilda tavallud topgan. Filologiya fanlari doktori,professor. O'zbek tili tarixi, leksikologiyasi, mirfologiyasi, bo'yicha qator asarlar muallifi. O‘zbek tilshunosligi ilmining zabardast vakili, turkolog olim, filologiya fanlari doktori, professor Hamid G’ulomovich Ne’matov ona-Buxoroning butun shuuriga
ilm shu'lasi tushgan asl farzandlaridan biri edi.
Nizomiddin Mamadaliyevich Maxmudov (1951 yilda tug’ilgan) — filologiya fanlari doktori, professor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻzbek kafedrasining sobiq mudiri. Hozirda O'zR FA Alisher Navoiy nomli Til va adabiyot instituti direktori. Tilshunoslik adabiyotshunoslik, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha izlanishlar olib borgan. Nashr etilgan 300 ga yaqin asarlarining qirqdan ortigʻi alohida kitoblardir. Bir qator ilmiy ishlari AQSH, Turkiya, Ozarbayjon, kabi xorijiy malakatlarda chop etilgan.
Ne’matov Hamid G’ulomovich 1941-yil 22-noyabrda Buxoro shahrida tavallud topdi.
O’rta maktabni Buxoroda tugatib, universitet, aspirantura va doktorantura ta’limini 1961- 1976-yillarda Leningrad davlat universiteti va Sharqshunoslik institutida mashhur o’zbekshunoslar akademik Andrey Nikolayevich Kononov va professor Sergey Nikolayevich Ivanovlardan oldi. 1970-yilda “Koshg’ariy "Devon”i materiallari asosida fe’l morfologiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1978-yilda “XI-XII asr sharqiy turkcha morfologiyasi” mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Ular orasida "Qadimgi tarixiy yodgirliklarning funksional morfologiyasi", professor Ravshan Rasulov bilan hamkorlikda yozgan "O'zbek tilining sistemaviy leksikologiyasi asoslari" kitoblari alohida ajralib turadi .
Ne’matov Hamid Gulomovich 1982-yildan 2004-yilgacha Buxoro davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri lavozimida ishladi. 2004-2009-yillarda shu kafedra professori sifatida faoliyat korsatdi. 2009-yildan 2015-yilgacha Buxoro viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti professori bo’lib ishladi.
O`tgan davr mobaynida daqiq olim H.G.Ne’matov va uning izdoshlari ozbek
tilshunosligini bundan qariyb 30 yil oldin “Talab, ehtiyoj va imkoniyat” sahifasida qo`yilgan cho`qqilarga ko`tardi, umumiy o`rta, o`rta maxsus, oliy ta’lim tizimi muassasalarini substansial grammatik talqin asoslarida yaratilgan, yangi maqsadlarni kozlaydigan dastur-u darslik, qo`llanmalar bilan ta’minlay oldi.
Jumladan, o`zbek germanistlari Nofiza Vohidovaning nemis, Jamila Jumaboyevaning ingliz tili leksikasiga o`zbek substansial tilshunosligi yutug`i bo`lgan graduonimiya hodisasini olib kirdi.
Bevosita H.G.Ne’matov nomi bilan bog`liq bunday yutuqlar bisyor…
Ne’matov Hamid G`ulomovich 40dan ortiq darslik, dastur, o`quv qo`llanma,
metodik tavsiyalar kabi alohida nashrlarning, 250dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi va 100dan ortiq ilmiy-metodik ishlarning muharriri hamda taqrizchisidir. H. Ne'matov o'rta umumiy ta'limda "Ona tili" fanini takomillashtirish bo'yicha ham
barakali xizmat qildi. U o'rta maktablarning 5-9- sinflari uchun "amaliyotdan-nazariyaga" tamoyiliga asoslangan yangi tipdagi " Ona tili" darsligining yaratilishiga bosh-qosh bo'ldi.
Olim ilmiy faoliyati davomida 40dan ortiq fan nomzodi va beshta fan doktori tayyorladi.
Ular Buxoro, Toshkent, Qarshi, Andijon, Farg`ona, Samarqand shahar va viloyatlaridagi oliy ta’lim o`choqlarida ishlamoqdalar.
Olim rahbarlik qilgan ilmiy ishlar – o`zbek substansial tilshunosligi hamda uning asosida ona tili ta’limini yangilashga qaratilgan va bu sohada katta ilmiy-amaliy yutuqlarga erishilgan. Respublikamizda o`zbek tili boyicha maktab dasturlari ham, oliy filologik ta’lim dastur va qo`llanmalari ham shu mazmun hamda yo`nalishda amaliyotda ekanligi, o`zbek substansial tilshunosligining G`arbda ham e’tirof etilishi, Yevropa faniga o`z ta`sirini o`tkazayotganligi ayni haqiqatdir.
H.G`.Ne’matovning ilmiy rahbar sifatida faoliyati ko`zgusidir.
Ustozning samarali mehnatlari hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Jumladan,Hamid Ne`matov1996-yilda “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni, 2010-yilda “El-yurt hurmati” ordeni, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlangan.
Abdulhamid Nurmonov – Andijon tilshunoslik maktabining asoschisi,o’zbek tilshunosligining yirik darg’alaridan biri. Abdulhamid Nurmonov oʻzbek tilshunosligida oʻziga xos maktab yarata oldi, ya'ni uning rahbarligida 8 ta doktorlik, 30 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Respublikadagina emas, xatto butun turkiy dunyo tilshunos olimlarida oʻziga xos oʻrin egallagan Abdulhamid Nurmonov OʻZFA tilshunoslik instituti, OʻzMU qoshidagi SamDU huzuridagi nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalar himoya qiladigan ixtisoslik ilmiy kengashining, Oliy attestatsiya komissiyasining ekspertiza kengashi a'zosi sifatida tilshunos olimlarning butun bir yangi avlodini yaratishda katta xizmatlar qildi. Ustozning mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. Abdulhamid Nurmonov 1999-yilda "Shuhrat” medali, 2002-yilda "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq ta'limi xodimi” unvoni, 2011-yilda
“El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlandi.
Abdulhamid Nurmonovning “Gap haqidagi sintaktik nazariyalar", "Oʻzbek tilining mazmuniy sintaksisi", "Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi”, "Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis", "Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Oʻzbek tilshunosligi tarixi”, “Lingvistik belgi nazariyasi”, “Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo'nalishlari”, “Tilshunoslik nazariyasi”; “Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari” nomli asarlari; oʻrta maktablarning V-IX sinf o'quvchilari uchun "Ona tili”, Qirg'izistondagi oʻzbek maktablarining V, IX, X, XI sinf o'quvchilari uchun
"Oʻzbek tili", akademik litseylar uchun uch jildlik ,,Hozirgi o’zbek adabiy tili’’darsliklari fikrimizning yorqin dalilidir.
Uning “Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo'nalishlari” kitobi 2010-yilgi respublika oʻquv adabiyotlari tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. Zabardast tadqiqotchi Abdulhamid Nurmonovning ilmu-fandagi hayot yoʻli, erishgan buyuk
ilmiy ijodi 2012 yili Toshkentdagi “Akademnashr” nashriyotida bosilgan 72 bosma toboqdan iborat uch jildlik “Tanlangan asarlar” to'plamida oʻzining mujassam ifodasini topgan. Olim oʻzbek tilshunosligi fanida oʻziga xos katta maktab, meros, butun bir yo'nalish yaratib fanda chinakam jasorat namoyish etdi.
Ushbu oʻquv dargohidagi yarim asrlik faoliyati davomida A.Nurmonov oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi lavozimidan professor darajasiga ko'tarildi. Jamoatchi olim sifatida pedagogika fakultetida dekan, maxsus fanlarni oʻqitish va
oʻzbek tilshunoslik kafedralarida mudir, universitetning ilmiy ishlar bo'yicha prorektori, kadrlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimlarida xizmat qildi. Abdulhamid Nurmonov jamoatchilik ishlari bilan teng ravishda ilm bilan mashg'ul bo'ldi. 1973 yilda "Oʻzbek tilidagi tovush oʻzgarishlarida ekonomiya prinsipi” mavzusida nomzodlik, 1983 yilda "Oʻzbek tili sintaksisini sistema sifatida oʻrganish muammolari" mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Professor A.Nurmonov hayotini o'zbek tilining tadqiq etishga, uni yoshlarga o'qitishga, jamiyatimiz hayotida ona tilimizning o'rnini oshirishga bag'ishladi. Ustoz hayoti davomida ona tilimizning turli masalalariga oid 50 ga yaqin darslik, risola, oʻquv qoʻllanmalari, 500 ga yaqin ilmiy, ma'rifiy-ma'naviy mavzulardagi maqolalar muallifidir.
Abdulhamid Nurmonov Kadrlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimlarida xizmat qildi. Abdulhamid Nurmonov jamoatchilik ishlari bilan teng ravishda ilm bilan mashg'ul bo'ldi. 1973 yilda "Oʻzbek tilidagi tovush oʻzgarishlarida ekonomiya prinsipi” mavzusida nomzodlik, 1983 yilda "Oʻzbek tili sintaksisini sistema sifatida oʻrganish muammolari” mavzusida doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qildi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Professor Abdulhamid Nurmonov hayotini o'zbek tilining tadqiq etishga, uni yoshlarga o'qitishga, jamiyatimiz hayotida ona tilimizning o'rnini oshirishga bag'ishladi. Ustoz hayoti davomida ona tilimizning turli masalalariga oid 50 ga yaqin darslik, risola, oʻquv qo'llanmalari, 500 ga yaqin ilmiy, ma'rifiy-ma'naviy


mavzulardagi maqolalar muallifidir. Olimning "Gap haqidagi sintaktik nazariyalar", "Oʻzbek tilining mazmuniy sintaksisi", "Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi”, "Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis", "Oʻzbek
tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”,
“O‘zbek tilshunosligi tarixi”, "Lingvistik belgi nazariyasi”, “Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo'nalishlari”, "Tilshunoslik nazariyasi”; “Lingvistik tadqiq’’nomli risolalari bor.
Namangan tilshunoslik maktabining asoschisi filologiya fanlari doktori, professor Ernst Begmatovdir. Ernst Begmatov 1936-yilda Namangan viloyatida tavallud topgan.
Olim 1965-yilda Faxri Kamol rahbarligida ,,O`zbek tili antroponimikasi’’ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1988-yilda ,, Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili leksikasining o`z qatlami’’ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Filologiya fanlari doktori,professor Ernst Begmatov o`zbek tilshunosligining leksikologiya,semasiologiya,onomatika, o‘zbek nutq madaniyati, uslubshunoslik va leksikografiya muammolarini hal qilishda barakali faoliyat ko’rsatgan. Ayniqsa,uning o‘zbek onomastikasining shakllanishi va rivojida katta xizmati bor. Olim bu sohada qator asarlarini e'lon qildi. Ular ichida "Kishi nomlari imlosi", " O‘zbek ismlari imlosi", 14600 ismning izohini o‘z ichiga olgan "O‘zbek ismlari " kitoblari alohida qimmatga ega.
Ernst Begmatovning ,, O`zbek tili antroponimikasi’’ nomli monografiyasi 2013-yilda nashr etildi.Unda o`zbek onomastikasining, xususan, antroponimikaning asoschisi va yirik tadqiqotchisi bo`lgan olimning yarim asrlik sinchkov izlanish va kuzatishlari ,shu davr davomida yuzaga kelgan ilmiy-nazariy qarashlari,xulosalari o`z mujassamini topgan.
Namangan davlat universitetida hozirgi kunda Namangan tilshunoslik maktabi an`analari filologiya fanlari doktori, professor Nosirjon Uluqov, G`anijon Abdurahmonovning shogirdi, filologiya fanlari doktori, professor Usmonova Huriniso va boshqalar tomonidan munosib davom ettirib kelinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:



1.Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч.-Т.:Маънавият 2008.-173 б.
2.Бахтиёр Исабек Туркологияга кириш.-Тошкент .Akademnashr, 2015-128 б.
3.Uluqov Nosirjon. Turkiy filologiyaga kirish /o`quv qo`llanma/ Toshkent: ,,Namangan’’ nashriyoti, 2018.-170 b.
4.Узбек тилшунослиги // Узбекистон миллий енциклопедияси. – Тошкент, y2005. -12.-жилд.Б. 494-501.
5.Internet saytlari.
Download 38.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling