Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar


Президент И.А.Каримов демократик жамиятда оила омилининг ўрни ва роли ҳақида


Download 215.2 Kb.
bet10/14
Sana10.02.2023
Hajmi215.2 Kb.
#1187664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI

Президент И.А.Каримов демократик жамиятда оила омилининг ўрни ва роли ҳақида

Dunyoda yuz beradigan har qanday o‘zgarishlar, hoh u iqtisodiyotda, hoh ma’naviy-siyosiy sohalarda bo‘lsin, o‘z ta’sirini dastavval oila muhitida namoyon etadi.


So‘nggi yillarda iqtisodiyotda globallashuv jarayonlarining faollashuvi, ma’naviyat va ahloqiy tarbiyada G‘arb ma’naviyatiga hos bo‘lgan individualizmning kuchayishi hayotimizning barcha jabhalariga va ayniqsa, oila muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, oila barcha islohotlar, o‘zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlarning ibtidosi va intihosi hisoblanadi.
Mamlakatimizning porloq istiqbolini ta’minlashda boshqa ijtimoiy institutlar bilan bir qatorda oila omiliga ham katta e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. SHunday ekan, oila muhitida mamlakatimizning umumiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘sha olishga qobil va tayyor shahslarni shakllantirish uchun birinchi galda nimalar qilishimiz lozim. Dastavval, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi, shuuri, ma’naviyatida Vatan tuyg‘usini mustahkam qaror toptirish ishi halqimiz uchun taqdirilomon vazifa sanaladi. Negaki, qadim-qadimdan oila - muqaddas Vatan sanalgan. Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibat, aka-ukalarga mehrlilik Vatan tuyg‘usining debochalaridir. Oilaga samimiy sadoqat bo‘lmagan joyda, farzandlar oldida ota-ona hurmati yo‘q. Bunday holatda na qarindoshlarga, na mahallaga va na vatanga muhabbat tarkib topadi. SHu boisdan ham Prezidentimiz I.A.Karimov “oilaga e’tiborimizni tubdan o‘zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jixatdan himoyalash, e’zozlash, qo‘llab quvvatlash-bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yahshi tushunishimiz va anglashimiz darkor”5, deya alohida qayd etganliklari bejiz emas.
Oila omilining mustahkamlanishi bir tomondan, oilaga davlat va jamiyat e’tiborining kuchayishiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jixatdan, oilaning sub’ektiv, ya’ni, ichki imkoniyatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish bilan bog‘liqdir. Oilaning ichki imkoniyatlari deganda, oila tarkibi, oila a’zolarining ijtimoiy mo‘ljallari, o‘z oldilariga qo‘yayotgan maqsadlari, farzandlar tarbiyasi, ta’lim, shahsning individual taraqqiyoti, ahloqiy tarbiya, mehr, sadoqat, sabr, muhabbat omillarining oila muhitida amal qilishi tushuniladi. Dastavval, oila tarkibi va farovonligi masalasiga to‘htalsak. BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan o‘rganilgan holatlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘prog‘i, ya’ni 11 millioni 18 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etib, har bir oila boquvchisi o‘zi bilan o‘rtacha 5,2 kishini boqish mas’uliyatini zimmasiga olib yashaydi. Taqqoslash uchun mamlakatimizga aholi nufuzi bo‘yicha birmuncha yaqinroq bo‘lgan Ruminiya yoki Polshani misol qilib olsak, bu davlatlarda har bir boquvchi zimmasiga 0,5 bolani boqib, o‘stirish to‘g‘ri kelmoqda. 35 millionlik Polsha aholisining 22 millioni, Ruminiyaning 23 million aholisidan 16 millioni moddiy yoki nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida mashg‘ul bo‘lsalar, O‘zbekistonning 25 million aholisidan 5 millionga yaqini ishlab chiqarish, boshqaruv tijorat, maorif, tibbiyot singari sohalarda faoliyat yuritmoqdalar. Tabiiiyki, bunday holat vaqtincha muayyan iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirsa-da, har o‘tgan yil moddiy va nomoddiy ishlab chiqirishga millionlab yangi ishchi kuchlarining kelib qo‘shilishiga va pirovard natijada mamlakatimizning umumiy salohiyati darajasini uzluksiz ravishda oshuviga olib keladi.
Bil’aks, istiqlol sharofati bilan ma’naviy tiklanish jarayonlari jadal kechayotgan mamlakatimizda oila instituti ijtimoiy hayotda tobora mustahkamroq o‘rin egallab bormoqda. Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimov asoslab bergan oila omilini mustahkamlash konsepsiyasi e’tiborga sazovordir.
“Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir”6.


Download 215.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling