Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar
Eng kam ish haqi va pensiya miqdorining o‘sib borishi
Download 215.2 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan 1997-2009 yillardagi ijtimoiy-madaniy va aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlariga (jamiga nisbatan % hisobida)
- Ko‘rsatkichlar 1997 2000
Eng kam ish haqi va pensiya miqdorining o‘sib borishi
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan 1997-2009 yillardagi ijtimoiy-madaniy va aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlariga (jamiga nisbatan % hisobida)
Ijtimoiy himoyaga muxtojlarning ayrim toifalari: Qariyalar – 1950 ming kishi Nogironlar – 745 ming kishi Bokuvchisini yukotganlar – 230 ming kishi Ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar – 2 235 ming oila; vaqtincha ish va ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslar – 314 ming kishi; YAkka-yolgizlar - 30 ming kishi Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida shahsga qo‘yiladigan talab ortib borganligi sababli, kishilar ilm o‘rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy tehnika‚ tehnologiyani o‘zlashtiradilar‚ kompyuter yoki tilni o‘rganish choralarini ko‘radilar. SHu talablarga javob bera oladigan insonlar hayotda o‘z o‘rinlarini topib oladilar. Lekin, O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zini-o‘zi himoyalash tizimi batamom yo‘lga tushib ketgan emas. Boqimandalik kayfiyatidan ijtimoiy himoya iste’molchilari ham qutulishlari lozim. Fuqarolar endilikda o‘zlarini-o‘zi ta’minlash usuliga o‘tishlari kerak. O‘zbekistonda hususiy mulkchilikning qaror topishi bu sohada qat’iy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi zarur. SHunisi ham muhimki, ijtimoiy himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks holda boqimandalik kayfiyati battar kuchayishi mumkin. Ijtimoiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat, holos. har qanday sharoitda ijtimoiy yordam jamiyat a’zolari uchun imtiyozga aylanmasligi lozim. Bu o‘rinda jamiyatning o‘zini-o‘zi ijtimoiy himoyalash tizimiga o‘ta borishini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish lozim: -nodavlat, nohukumat tashkilotlar, jamg‘armalar, uyushmalar va turli shakldagi mulk egasi bo‘lgan tashkilotlarning moddiy ahvolini yahshilashni qo‘llab-quvvatlash; barcha turdagi korxonalar, muassasalar va uyushmalarni zamon talabiga javob beradigan hodimlar va ayniqsa huquqshunos, psixoëog va sotsioëog mutahassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish lozim; nomi zikr etilgan muassasalarning xorijiy turdosh muassasalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish. Ular o‘z yo‘nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi; ijtimoiy himoya tizimida iqtisodiy muhofazalanishni asta-sekin ijtimoiy fondlar zimmasiga o‘tkaza borish zarur. Bunday holatda odamlarni ijtimoiy muhofazalashning ta’sirchan vositasi yuzaga keladi; ijtimoiy muhofazalashda boqimandalik, mas’uëiyatsizlik, befarqlik singari iëlatlarga barham beruvchi ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish va hayotga joriy eta borish talab etiladi. SHuni aytib o‘tish zarurki, har qanday jamiyat ijtimoiy muhofaza tizimida o‘ziga hos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Mustaqillikka erishiëgandan so‘ng oradan o‘n uch yil o‘tdi. O‘zbekistonda nafaqat moddiy farovonlik, jamiyatning demokratlashuvi kabi muhim jarayonlar kuchli ijtimoiy himoya tizimi mehanizmi yaratilgan taqdirdagina ma’no-mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ўзбекистонда ижтимоий ҳимоя тизимида инсон омили O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo‘lib qoladi. O‘tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog‘ëiq. Bu haqda prezident I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi: “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. Lekin, shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyat qurish sharoitida o‘rta mulkdorlar qatlami katta salmoqqa ega bo‘ladi. O‘rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo‘ladi, o‘rta sinf esa jamiyat taraqqiyotini tehnologik, tehnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. SHuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida quyidagi omillarni belgilab beradi: -Kuchli ijtimoiy himoya siyosati istiqlol va taraqqiyot yo‘liga ishonchni mustahkamlaydi, bu ishonch esa aniq moddiy zamin asosida hosil bo‘ladi. -Kuchli ijtimoiy himoya siyosati eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratadi. XXI asr boshida dunyo taraqqiyotida munosib turmush darajasi inson omilining etuk sharti bo‘lib qoëayotganligi e’tiborga olinsa, mamlakatimizda bu masalani hal etishda ijtimoiy himoyalashdan unumëi foydalanish masalasi nechog‘li ahamiyatli ekani ayon bo‘ladi. -Kuchli ijtimoiy himoya siyosati fuqarolarning islohotlarning izchil kechishidan manfaatdorligini oshib borishini ta’minlaydi va bu yangilanish jarayonining orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo‘lib hizmat qiladi. O‘zbekistonda aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni, shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati o‘zining muayyan tajribalariga ega bo‘ldi. Ma’naviy, tarihiy va madaniy qadriyatlar, aholining ahloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash vazifalari dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu holat katta ahamiyatga ega. Bu tajriba fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirish, mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish, mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirish imkonini beradi. “Odamlarning o‘ziga o‘zi baho berishi, o‘zini aholining muayyan guruhiga mansubligini anglashi ularning turmush darajasi va sifatining umumiy hamda yakuniy indikatori hisoblanadi. Bu borada, albatta, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda yashash sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlangani, odamlar istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, aholini sifatli iste’mol tovarlari, shu jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlash, zamonaviy talablar asosida ta’lim olish hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lish kabi hayot darajasini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. O‘zbekistonda yuqorida qayd etilgan aksariyat indeks va ko‘rsatkichlar bo‘yicha katta o‘zgarish va yutuqlarga erishildi. Bu haqda so‘z yuritganda, shuni aytish joizki, ayni paytda oilalarning 97 foizi o‘z uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch oiladan biri shaxsiy engil avtomobilga ega, aholi iste’mol mahsulotlari bilan etarli darajada ta’minlanmoqda. O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000 yilda atigi 24 foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb bilar edi. SHuni unutmaslik kerakki, o‘rta sinf ulushining yuqoriligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamini va asosi, davlatning barqarorligi va mustahkamligining, odamlarning o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchining muhim omili sifatida qabul qilinadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar etakchi xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, xolisona baholanmoqda. 2012 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining Farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir. Ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zgalar havas qiladigan o‘rinni mustahkam egallab turibdi”4 Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlashning, asoslarini yaratishga qodirligi tufayli ham demokratik jamiyat barpo etishga ko‘maklashadi. Zero, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuzaga kelgach, fuqarolar fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga ishtiyoq bilan intiladilar. CHunki, fikrlovchi odam fuqarolik jamiyatiga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini mumkin qadar ko‘proq ro‘yobga chiqara olgan taqdirdagina, kuchli bo‘la oladi. Download 215.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling