Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar
Ижтимоий ҳимоя тизимининг жаҳон тажрибаси
Download 215.2 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari
- Asosiy qoidasi: Asosiy qoidasi: Asosiy qoidasi
Ижтимоий ҳимоя тизимининг жаҳон тажрибаси
O‘z navbatida ijtimoiy sohaning ahvoli to‘g‘risida umumiy jahon standartlari nimadan iborat, degan savol tug‘iladi. Mutahassislar fikricha, bu sohada ham bir necha modellar amal qiladi. Ularni umumiy tarzda kuchli ijtimoiy himoya tizimining ayrim elementlarini o‘zida ifoda etuvchi skandinavcha model, Bismark modeli va Beverij modeli tariqasida tasniflash mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari
Nazarimizda, ushbu modellarning har biri o‘z yutuq va kamchiliklariga ega. Ularni respublikamizda shunchaki tatbiq qilib bo‘lmasligi aniq. O‘zbekiston ijtimoiy ta’minot sohasida o‘z modeliga ega va u ijtimoiy kafolat tizimining o‘zgaruvchan hususiyatiga mos tarzda takomillashib boradi. O‘tish davrida sotsial muammolarning yuki ortadi. Yo‘lga tushgan karvon kabi sotsial sohaning muammolari ham borgan sari ortib boradi. SHuning uchun sotsial sohada yuzaga keëuvchi muammolarning echimini modellashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda eng muhim muammolar rivojlanishi tendensiyalari o‘z vaqtida aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Hususan, O‘zbekistonning sotsial hayotida yuz berayotgan yirik o‘zgarishlar asosidagi muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish muhim. Misol tariqasida u quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin O‘zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot tizimida boshqaruv idoralari hisoblangan 1 ta vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta shaharda ijtimoiy ta’minot tizimlari mavjud. SHuningdek, yolg‘iz nogironlarga va qariyalarga mo‘ljallangan o‘nlab internat uylari, nogironlik sababi va guruhini belgilovchi tibbiy ekspertiza komissiyalari, hususan, nogironlikni ekspertiza qilish va nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha 1 ta ilmiy-tekshirish instituti faoliyat yuritmoqda. Pensionerlarning davolanishi va dam olishiga mo‘ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi. Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalari hisoblanadi. Download 215.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling