Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?
Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo‘nalishdagi investitsion loyihalar uchun ajratiladi:
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ushbu kreditlar 100 ming AQSH dollarigacha 7 yil muddatga, 7 foiz stavkada (xorijiy valyuta uchun 3 foiz) beriladi.
Agar investitsiya loyihalari qiymati 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshsa, oshgan qismi uchun ham kredit olish mumkin. Bunda kreditlar tijorat banklari tomonidan umumiy tartibda taqdim etiladi.
Garov
Kredit bo‘yicha quyidagilarni garov ta’minoti sifatida keltirilishi mumkin:
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan investitsion loyihalar uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan yillik 2 foiz stavkasida kreditni qaytmaslik xataridan sug‘urtalovchi polis taqdim etadi.
Agar kredit oluvchining soliq hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa, kreditlar ta’minoti bo‘yicha kafillik va sug‘urta polisi berilmaydi.
Ushbu holatda, kredit uchun boshqa ta’minot turlarini taqdim etish zarur bo‘ladi.
Yosh tadbirkorlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ham imtiyozlar mavjud.
Bunda bo‘sh bino va inshootlar davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
Keyinchalik bino yoki inshootlarni o‘z balansida aktiv sifatida ko‘rishni xohlovchi yosh tadbirkorlar lizing asosida binolarni sotib olish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |