Reja: O’zbekiston Respublikasi ta‘lim to’g’risidagi Qonun (1997y) nuqtai nazaridan bolalar bog’chasida bolalarni matematikaga tayyorlashda zamonaviy maktabga (1- sinf) qo’yiladigan talablar
Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo’yiladigan
Download 43 Kb.
|
1 2
Bog'liq1403961135 49715
Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo’yiladigan
minimal talablar. Maktabgacha yoshdagi bola ta‘limini bola o’rganayotganini tushuna oladigan qilib ko’rish kerak. Bu fikrni tushuntirish uchun sodda misol keltiramiz. Bola oldiga guruch solingan tog’orachani qo’yamiz. Bolaga shu tog’orachadan 5 qoshiq rypuch olishni taklif qilamiz. 5-6 yoshdagi bola uchun bu vazifa qiyinlik qilmaydi. U 5 qoshiq guruchni xato qilmay oladi. Shundan keyin unga «Endi olgan guruchingni tog’orachaga qaytarib sol va sana» deymiz. Maktabgacha yoshdagi bola guruchni harakatlarini sanab qaytarib soladi, u qoshiqlarning qay darajada to’laligiga mutlatqo e‘tibor bermaydi. Bola to’rtgacha sanagandan keyin «Necha qoshiq guruch qoldi?» - deb so’raymiz. «Bir qoshiq- deb javob beradi u. Tekshirib ko’rishni taklif qilamiz: Bola bilan birga guruchni qoshiqqa (to’ldirib) solamiz. Guruch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo’ldi, degan savol bolani boshini berk ko’chaga tiqib qo’yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda majburiy bo’lgan ma‘lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni shunday o’qitish kerakki, uni o’rab olgan tabiat (borliq) tushunarli bo’lsin. Ota-onala bunda unga yordam berib, muhim o’zaro aloqalarni va o’zaro bog’lanishlarni ko’rsatish, mulohaza yuritishga, solishtirishga o’rgatishi kerak. Ko’pchilik ota-onalar bolalarini eng oldin o’ngacha, yigirmagacha va hatgo yuzgacha sanashga o’rgatadilar. Ularni ranjitishga to’g’ri keladi.. Juda ko’p holda bolalarning ota-onalari g’ururlanadigan bunday «bilim» lari foydasiz bo’ladi, chunki bola bunda sonning nomini va qatordagi taptibinimexanik ravishda yodlab oladi, mutloq sanoq deb ataluvchi sanash bo’yicha mashq qilib oladi. Odatda unda bolalarda sonlar haqida tasavvurlar mavjud bo’lmaydi. Bolani sanashga qanday o’rgatish kerak? Sanoq bola uchun ma‘lum tartibda yodlab olingan so’zlar majmuasi bo’lmay, balki sanash sonning mazmunini bilganlikka asoslanadigan bo’lishiga qanday erishish mumkin? Eng sodda va samarali metod- predmetlarni qayta sanashdir. Buning uchun maxsus mashg’ulotlarni tashkil qilishning hojati yo’q. Bolaning kattalar bilan muloqoti vaqtida, bolalar o’yinlari vaqtida sanoq bo’yicha mashqlar uchun imkoniyatlar ko’p. «Uy oldida nechta daraxt o’smokda? Gulpushtada nechta gul ochilgan? Mashinalar turadigan joydagi qizil mashinalar nechta? Qutidagi qalamlar nechta? Beshta tarelka, beshta qoshiq keltir. Nechta odam choy ichsa, shuncha piyola keltir (qo’y)». Istalganda katta bolalarga shunga o’xshagan ko’plab savollar berish mumkin yoki shunday topshiriqlar berish mumkinki, ularni bajarganda bolalar sanoq bo’yicha mashq qkilishsin. Ammo bolalarni predmetlarni qayta sanashga o’rgatishda ma‘lum qoidalarga amal qilishga to’g’ri keladi: qayta sanash vaqtida bola sonni tartibi bilan aytishi, har qaysi sonni bir predmetga mos keltirishi, qayta sanashda ham birorta ham predmetni qoldirmasligi va bir predmetni ikki marta qayta sanamasligi kekrak. Qayta sanashda sonni predmet surib quyilganda yoki qul tekkandan keyingina aytish kerak. Aks holda bola predmetni emas, balki o’z harakatlarini sanashi mumkin. Shu qoidalarni yaxshi o’zlashtirib olganidan keyingina predmetlarni ularga qo’l tekkizmay sanashi mumkin. Sanash malakasini bola uchun qiziqarli bo’lgan o’yin bilan mustahkamlash mumkin. Boladan ko’zlarini yumishini so’rang, o’zingiz esa bip necha marta chapak chaling yoki bolg’acha bilan stolni bir necha marta yping. Bola ko’zini ochib, siz necha marta chapak chalganingizni aytishi, miqdorini sanash, stolda qancha predmet turgan bo’lsa, shuncha marta chapak chalish, bolaning o’zi nechani o’ylagan bo’lsa, shuncha marta o’tirib- yoki sakrash va so’ngra shu sonni aytish, ular oldiga qo’ygan predmetlaringizni sanash, xonadagi bir xil predmetlarni (stullarni, pardalarni, piyolalar,gullarni va boshqalarni) sanash. Bola sanash ko’nikmalarini o’zlashtirganligini, sanash operatsiyalarini u qanchalik asosli bajarilishini qanday bilish mumkin? Buni amalga oshirish juda oson. Masalan, tugmalarni, yong’oklarni, no’xotalarni yoki boshqa predmetlarni qatorga qo’yish, yoki biror aniq rasm, geometrik figura shaklida yoyish va ular nechta ekanligini sanashni so’rash. Sanashni yaxshi o’zlashtirshan bola uchun bu topshiriq hech ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Chunki u bu sonni tashkil qiluvchi predmetlarning qanday joylashganligiga bog’liq emasligini biladi. Adabiyotlar: 1. Bikbaeva N.U., Ibraximova 3.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. T., 1995. 2. 1-4 sinflar uchun dastur. T. 1988y. www.pedagog.uz www.ziyonet.uz Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling