Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao


Download 184.06 Kb.
bet29/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‗ldi. Safar kunlarida “O‟zbekiston Respubiikasi bilan Hindiston Respublikasi o`rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to`g„risida” shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to‗g`risida, havo yo‗llari to‗g`risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‗g`risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Prezidenti 1. Karimovning 1993-yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi chog`ida ikki mamlakat o‗rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‗g`risida bitim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‗g`risida bitim imzolandi. O‘zbekiston bilan Hindiston o‗rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning
„TATA Projekts LTD― firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o‗rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo‘lgan zamonaviy mehmonxonaning ochilishi fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o‗rtasidagi hamkorlik munosabatlarini I. Karimovning 2000-yil 1-3-may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog`onaga ko‗tardi. Safar paytida O‘zbekiston Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog` kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O‘zbekiston bilan Hindiston o‗rtasida hamkorlik to‗g`risida Qo‗shma bayonot, jinoyat qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to‗g`risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta‘lim, axborot, bojxona sohalari bo‗yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar imzolandi.
O`zbekiston va Hindiston o‗rtasida o‗zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo‗shma korxona faoliyat ko‗rsatmoqda.
O`zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik o`rnatish hamda rivojlantirishga ham katta e‘tibor berilayotir. Janubi-sharqiy Osiyoning O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o`ziga xos o`rni shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o`nta rivojlanayotgan mamlakatni o`z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish sur‘atlari bo`yicha Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan so`ng to`plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqotishi mumkin.
O‘zbekistonning Tinch okean havzasi mamlakatlari – Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalari o‗rnatildi. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992-yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga egadir. Safar kunlarida O‘zbekiston va Malayziya o‗rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‗g`risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya o‗rtasida diplomatik aloqalar o‗rnatish bo‗yicha qo‗shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo‗yicha qo‗shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‗g`risida bitim imzolandi.
1995-yil 8-10-aprel kunlari Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respublikasi o‗rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to‗g`risidagi qo‗shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‗rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig`ida samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‗yish to‗g`risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‗lga qo‗yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.


201



Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling