Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
Download 184.06 Kb.
|
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takayasi Okushimaga
Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo‗lib o‗tdi. Tashrif natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‗rtasida:
-do‗stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‗g`risida Qo‗shma bayonot; -iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi islohotlarni qo‗llab-quvvatlash to‗g`risida Qo‗shma bayonot; -ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „Mitsubisi―, „Mitsui―, „Marubeni―, „Nishe Ivai― korporatsiyalari bilan hamkorligi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan „Bank of Tokio-Mitsubisi― o‗rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat imzolandi. Yaponiyaning „Isuzu Motors― kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand avtomobil zavodida „Isuzu― rusumli avtobuslar, yuk, chiqindi tashish mashinalari, ko‗tarma kranlar ishlab chiqarilmoqda. I.A.Karimov Tokiodagi „Vaseda― va „Soka― universitetlarida bo‗ldi va mazkur universitetlarning faxriy doktori unvonlari berilgan. I. Karimov „Vaseda― universiteti rektori Takayasi Okushimaga va arxeolog olim Kyudzo Katoga O‘zbekistonning „Do`stlik ordeni“ni taqdim etdi. „Soka― universiteti hududida Alisher Navoiyning haykali o‗ratilgan. Safar natijasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‗rtasidagi hamkorlik yangi, strategik bosqichga ko‗tarildi. 1995-2010-yillarda Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan moliyaviy mablag‘lari miqdori 2,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda. O‘zbekistonda 10 dan ortiq O`zbekiston-Yaponiya qo‗shma korxonalari barpo etildi va faoliyat ko‗rsatmoqda. 2000-2010-yillarda Yaponiya granti asosida 206 nafar o‗zbekistonlik talaba ushbu mamlakatda ta‘lim olib, magistr darajasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2011-yil 8-10-fevral kunlari Yaponiyada amalga oshirilgan rasmiy tashrifi chog`ida Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan va Imperator Akixito bilan uchrashuvlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‗rtasida Qo‗shma bayonot, taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi, iqtisodiy hamkorlik to‗g`risida memorandum imzolandi. Shuningdek, Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan neft- gaz, kimyo, energetika, mashinasozlik, to‗qimachilik sanoatida Yaponiya texnologiyalari va investitsiyalarini jalb qilish to‗g`risida kelishuv hujjatlari imzolandi. 1992 yil 18 martda Toshkentda O`zbekiston va Hindiston o`rtasida diplomatik munosabatlariningo`rnatilishi to`g`risidagi bayonnoma imzolandi. Shu kundan boshlab ikki mamlakat o`zaro munosabatlari sifat jihatidan yangi pog`onaga ko`tarildi va doimiy ravishda faol siyosiy muloqot olib borilmoqda. Buning tasdig`i sifatida O`zbekiston va Hindistonda o`tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarni aytish mumkin. Ikki tomonlama munosabatlar rivojining muhim nuqtasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil mayda Hindistonga qilgan davlat tashrifi bo`ldi. Uning yakunlari bo`yicha 32 ta ikki tomonlama hujjat imzolanib, ular orasida ikki davlat munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarishga qaratilgan "Strategik sheriklik to`g`risidagi qo`shma bayonot" g`oyat muhimdir. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‗lga kiritgan dastlabki paytlardayoq, O‘zbekiston va Download 184.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling