Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Download 184.06 Kb.
bet20/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

„Geydelberg“ firmasi O‘zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. „Geydelberg― firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‗l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi „Tong― nashriyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi „Rastr“ va „Groteks“ nashriyotlari „Geydelberg― firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‗quv qo‗llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001-yilda O‘zbekiston-Germaniya-Rossiya hamkorligidagi „Namangan qog„oz“ qo‗shma korxonasi qurilib, ishga tushirildi. O‘zbekistonning Germaniya bilan hamkorligi boshqa sohalarda ham kengayib bormoqda.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2001-yil 2-5-aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shryoderning 2002-yil 9-10-may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston-Germaniya o‗rtasidagi o‗zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‗tardi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o‗rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997-yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo‗lsa, 2001-yilda bu ko‗rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari „Xobas TAPO―, „Xiva Karpet― va boshqalardir. 2003-yilda germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq- ovqat sanoati, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‗rsatdi, ulardan 40 tasi 100 foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbekistonga kiritilayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001- yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o‗rtasidagi savdo aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy
hamkoridir.
O`zbekiston va Fransiya o`rtasida do`stlik va hamkorlik bo`yicha o`zaro anglashuv muhiti yaratilgan. Ikki mamlakat o`rtasidagi diplomatik munosabatlar uzoq asrlarga borib taqalsa ham, ularning hozirgi samarali shakli O`zbekiston davlati mustaqilligiga erishganidan keyin boshlandi.
Hozirgi zamon o`zbek-fransuz munosabatlari poydevoriga davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari davomida asos solingan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaga ikki bor, ya‘ni 1993 yilning 27-30 oktabri va 1996 yilning 21-25 aprelida tashrif buyurdi. Mamlakatimizga javob tashrifi bilan Fransiya Prezidenti F.Mitteran 1994 yilning 25-27 aprelida keldi. Bo`lib o`tgan uchrashuvlar chog`ida davlat rahbarlari yaqin kelajak va istiqboldagi ikki tomonlama munosabatlarga doir ko`plab masalalarni muhokama qildilar. Har ikki tomonning davlatlararo munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirishga bo`lgan intilishlarining tasdig`i sifatida muhim tarixiy ahamiyatga ega hujjatlar imzolandi. Bular "O`zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o`rtasidagi do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi shartnoma", "Investitsiyalarni qo`llash va o`zaro himoya qilish to`g`risida"gi, "Madaniy, ilmiy va texnik hamkorlik to`g`risidagi hukumatlararo bitimlar", ikki mamlakat "Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi Hamkorlik to`g`risidagi bitim", "Fuqarolarning erkin harakat qilishlari to`g`risidagi bitim", "Havo transportlari sohasida hamkorlik to`g`risidagi
qo`shma deklaratsiya" va boshqalar.
Mamlakatimiz rahbarining
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling