Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


I. Karimov va Tennessi shtatining gubernatori T. Sandkvest


Download 184.06 Kb.
bet17/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

I. Karimov va Tennessi shtatining gubernatori T. Sandkvest o‗rtasida O‘zbekistonda „Gazomotors― va
„Gazkompressor― qo‗shma korxonalari tuzish to‗g`risida hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Kolorado shtatiga safari chog`ida I. Karimov va Kolorado shtati gubernatori R. Romer o‗rtasida hamkorlik to‗g`risida bitini imzolandi. 28-iyun kuni I.
Karimov „Nyumont Mayning― korporatsiyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, uning prezidenti R. Kembri bilan uchrashdi, muzokaralar o‗tkazdi. Uchrashuv chog`ida O‘zbekiston davlat geologiya qo‗mitasi bilan „Nyumont Mayning― o‘rtasida oltin konlarini qidirib topish borasida qo‗shma korxona tuzish to‗g`risida bitim hamda O‘zbekiston davlat geologiya qo‗mitasi, „Nyumont Mayning― va „Mitsui― korporatsiyalari o‗rtasida oltin konlarini birgalikda ishga tushirish sohasida bitim imzolandi.
Safar chog`ida imzolangan hujjatlar Amerika biznesi va sarmoyalarining O‘zbekistonga erkin kirib kelishi uchun yanada keng yo‗l ochdi. Ikki mamlakat o‗rtasidagi hamkorlik O‘zbekistondagi islohotlarni qo‗llab-quvvatiash, o‗zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo‗lidan bormoqda. O‘zbekistonda AQShning 28 ta kompaniya, firma va banki o‗z vakolatxonalarini ochgan. Bular qo‗shma korxonalar barpo etish, savdo-sotiqni kengaytirish ishiga ko‗maklashmoqda.
2000-yilda O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni
70 dan ortdi. AQSH sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo‗shma korxona sanoat, qishloq xo‗jaligi, to‗qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta‘lim sohalarida samarali faoliyat ko‗rsatmoqda. „Zarafshon-Nyumont―,
„O‘z-Teksako―, „O‘z-Keysmash―, „O‘z-Keystraktor―, „O‘z-Eksayd―, „BiEyay―ning Xo‗jaobod gaz ombori qurilishi, „ABB Lummus Global― bilan hamkorlikdagi Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbekistonning AQSH bilan savdo aylanmasi 300 mln AQSH dollaridan oshdi.
2001-yil 11-sentabr kuni xalqaro terroristlar AQShda sodir etgan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‗lib AQSH hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror koalitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‗lib chiqdi.
O‘zbekiston bilan AQSH o‗rtasidagi 1991-yildan 2001-yil sentabrgacha davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo‗lsa, 2001-yil sentabrdan 2002-yil apreligacha esa 20 taga yaqin ana shunday tashriflar amalga oshirildi.
2002-yil 11-14-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQShda bo‗ldi. AQSH Prezidenti
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling