Jeyms Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‗rtasida diplomatik aloqalar o‗rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo‗lib, AQShning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14-sentabrda AQSH davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‗yicha elchisi Strob Talbot O‘zbekistonda bo‗ldi va O‘zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbekistonning NATO „Tinchlik yo`lida hamkorlik“ dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o‗quv-mashq markazida tinchlikni ta‘minlash maqsadida
o‗tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‗linmasi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‗rtasida sarmoyalarni rag`batlantirish va o‗zaro himoya qilish to‗g`risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to‗g`risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent-Nyu-York o‗rtasida bevosita havo yo‗li ochildi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 1995-yilda BMT yubiley sessiyasi kunlarida AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. Uchrashuvda jahon va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, ikki davlat o‗rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‗g`risida fikr almashindi. Ikki mamlakat o‗rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga ko‗mak berish maqsadida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tuzildi. Palata savdo va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.
O‘zbekistonda 1996-yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta
,,O‘zbekiston-Amerika― qo‗shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‗rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntov AQShning Nyumont Mayning korporatsiyasi bilan hamkoriikda tog` jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi „Zarafshon-Nyumont― qo‗shma korxonasi bor. Bu korxonada 2002-yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996-yil 23-28-iyun kunlarida AQShda bo‗lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog`onaga ko‗tardi. I. Karimov AQSH Prezidenti
Do'stlaringiz bilan baham: |