Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Download 184.06 Kb.
bet21/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Parij Xartiyasini imzolashi respublikamizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik „Kredit Kommersial de Frans“ banki o‗rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta‘minlash ko‗zda tutildi. Taniqli „Elf-akiten“ neft-kimyo konserni, „Texnip“ firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‗rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta‘minlab turgan „Kredit kommersial de Frans“ banki zavod qurilishini ham mablag‘ bilan ta‘minladi. O‘zbekiston bu bankka mablag‘ qo‗ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‗lib turibdi.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‗rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
1994-yil 9-12-iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo‗ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig`i – bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to‗g`risida suhbatlar bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi a‘zolari kun davomida dehqonlar va chorvadorlar xo‗jaligida bo‘ldi, ular bilan suhbatlashdi, ko‗p narsalarni o‗rganishdi. Safar natijasida O‘zbekiston va Gollandiya o‗rtasida davlatlararo munosabatlar prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo‗jaligi texnologiyasi, urug` va nasllari, mehnat usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urugiari ekilib, mo‘1 hosil yetishtirilmoqda.
O‘zbekistonning Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‗rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‗ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyig‘ina bo‗lib qolmay, O‘zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat – Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995-yil oktabrda Jenevada ,,O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar― mavzusida konferensiya bo‗lib o‗tdi. 1995-yil noyabr oyida esa Londonda o‗tgan
„O‘zbekistonda biznes― konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtutgartda bo‘lib o‗tgan „Buyuk ipak yo‗li merosi: O‘zbekiston― ko‗rgazmasi O`zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o‗rniga va salohiyatiga berilgan katta baho bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining Davosda har yili o‗tadigan jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etishi va anjumanda so‗zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va hukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniyalarning rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O‘zbekiston bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O`zbekiston o`zining sharqiy yo`nalishdagi tashqi siyosatida Osiyo qit‘asining Yaponiya, Hindiston, Xitoy va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar va manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e‘tibor berdi. Xavfsizlik va barqarorlikka doir ham mintaqaviy, ham global darajadagi tahdidlarni bartaraf etish bo`yicha qarashlar va yondashishlardagi o`xshashlik mazkur aloqalarning rivojida muhim omil bo`ldi.
O‘zbekiston Sharqning rivojlangan mamlakatlaridan biri – Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaponiya 1991-yildayoq O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992-yilda o‗zaro diplomatik aloqalar o‗rnatildi. 1994-yil 16-19-may kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‗ldi. Safar paytida ,,O‘zbekiston bilan Yaponiya o‗rtasida munosabatlarning asosiy prinsiplari haqida― qo‗shma bayonot, tashqi ishlar bo‗yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi mashhur
„Panasonik― konsernida bo‗ldi va uning rahbariyati bilan O‘zbekistonda filial ochishga
kelishildi. Respublikamiz shaharlarida „Panasonik― mahsulotlarini sotish yo‗lga qo‗yildi. Yaponiya O‘zbekistonga 156,1 mln AQSH dollari hajmida beg`araz yordam berdi.
O‘zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur „Mitsui―, „Mitsubisi―, „Itochu―,
„Sumitomo―, „Tomen―, „Marubeni―, „Nishe Ivai― korporatsiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko‗rsatmoqda. Ular bilan O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‗rtasida hamkorlik to‗g`risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o‗nlab firma va kompaniyalari Ko‗kdumaloq, Sho‗rtan neft-gaz konini o‗zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodini ta‘mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta‘mirlashda o‗z sarmoyalari bilan qatnashdi.
O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e‘tibor berayotganligi sababli 1999-yil aprel, 2001-yil may oylarida Yaponiyaning „Keydzay Doyukay― Korporativ rahbarlar uyushmasining prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu uyushma Yaponiyadagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalarning 1600 ga yaqin rahbar xodimlaridan tashkil topgan. „Keydzay Doyukay― uyushmasi tashabbusi bilan Yaponiya O‘zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda.
Yaponiya hukumatining „Taraqqiyotga rasmiy yordam― dasturi doirasida O‘zbekistonda telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta‘lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 873,2 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg`i-energetika va to‗qimachilik sohalari uchun O‘zbekistonga 812 mln AQSH dollari miqdorida kredit berdi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 2002-yil 28-31-iyul kunlari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‗ldi. Yaponiya bosh vaziri
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling